Namlik tartibotini sozlash usullari




Download 16,04 Mb.
bet11/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Namlik tartibotini sozlash usullari. Himoyalangan yerda havo namligi shamollatishni kuchaytirish, sug’orishlar sonini kamaytirish va tuproq yuzasini yumshatish hamda haroratni oshirish yo’llari bilan sozlanadi. Havo namligini ko’paytirishga esa shamollatishni kamaytirish, sug’orishlarni ko’paytirish va issiqxona ichidagi o’simliklarga suv purkash orqali erishiladi. O’rta Osiyo sharoitida bahor faslida himoyalangan yerda havoning nisbiy namligi ko’p bo’lishidan ko’ra yetishmasligi seziladi. Bu ayniqsa, bodring ekinida namoyon bo’ladi. Bu davrda shamollatishni kamaytirish havoni qizib ketishiga olib keladi, shu bois faqat o’ylab havoni namlash, qurilma ustini soyalash va shamollatishni birgalikda bog’lab olib borish kerakli havo namligi sharoitlarini yaratishga imkon beradi.
Tuproq namligini ko’paytirishga sug’orishning turli usullarini qo’llash, sug’orish soni va jadalligini ko’paytirish, sug’orishlar vaqtini o’zgartirish bilan erishiladi. Sug’orish uchun foydalaniladigan suv kam nordon reaktsiyali bo’lishi, uning tarkibidagi quyuq qoldig’i 1 foizdan oshmasligi kerak. Suvning issiqligi esa 23-25°S bo’lishi kerak. Sovuq suv bilan sug’orilsa, xususan bodring va pomidorda, ildizlarini nobud bo’lishiga va o’simlikni so’lib qolishiga sabab bo’ladi. O’simliklar qish va erta bahorning oftobli kunlarida, tuproq yaxshi qiziganida ertalab sug’oriladi.
Tuproqli issiqxonalarda namlanadigan qatlam o’simliklarni yoshiga ko’ra, sukchakdagida 10-20 sm ni, so’kchak, tuvakcha va yashiklarda esa tuproqning qaliniligi to’liq namlanishi kerak. Bodring tez-tez sug’oriladi, ammo oz miqdorda, pomidor esa kamroq sug’oriladi, ammo suv katta me’yorda beriladi. Sug’orilganda tuproqda yetarli darajada namlik to’planshini ta’minlash kerak, ammo uni me’yoridan oriq namlanib ketishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
Sug’orishlarni o’tkazish muddati bir necha usulublarda: tuproqni termostatda quritib tortish orqali aniqlangan ko’rsatgichlari bo’yicha; ilmiy tashkilotlar tomonidan tuzilgan taxminiy sug’orish tartibotlariga asosan; quyosh radiatsiyasi darajasini ko’rsatuvchi integratorlar yordamida aniqlanadi. Oxirgi uslub O’zbekistonda hozircha qo’llanilmayotir.
Himoyalangan yerlarda sug’orishlarning quyidagi asosiy usullari qo’llaniladi: yomg’irlatib, shlanga orqali, tuproq ostidan, tomchilatib va impulsli. Hozirgi davrda Yevropaning sanoatlashgan issiqxonalarida tuproq va o’simliklarni bir vaqtda namlaydigan, yomg’irlatib sug’orish usuli keng tarqalgan. Bunda barg tarkibida namlik (suv) ko’payadi va parlanish kamayadi. Yomg’irlatib sug’orish barg haroratini pasaytrib, o’simlikni qizib ketishidan saqlaydi. Yomg’irlatib sug’orish avtomatlashtirilgan tizim yordamida amalga oshiriladi. Yomg’irlatib sug’orish moslamasi, o’simliklarni oziqlantirishda, zararkunanda va kasalliklariga qarshi eritmalarni purkashda ham foydalaniladi.
Bunday yerlarda qo’lda va shlanga orqali sug’orish asosiy avtomatlashtirilgan sug’orishga qo’shimcha sifatida hamda tasodifiy (avariyali) xolatlarda qo’llaniladi. U bundan tashqari, yer ustki qismi ho’llanganda, ekinlarni rivojlanishiga salbiy ta’sir etadigan o’simliklar uchun ham qo’llaniladi. SHlang yordamida sug’orilganda krandagi suv shlang orqali egatlarga quyiladi (yo’naltiriladi), ko’kat sabzavotlarni sug’orish shlanga uchiga o’rnatiladigan va olib qo’yiladigan to’rlar (setka) yordamida olib boriladi. Bu usulda sug’orish chegaralangan holda o’tkazilishi kerak, chunki u ko’p mehnat talab etishi bilan birga egat tubini yuvib ketadi, tuproqni zichligini oshiradi va havoni namlanishini ta’minlamaydi.
O’zbekistonda issiqxonalarni qurishda yomg’irlatib sug’orish moslamasi o’rnatilmagan, o’rnatilganlari esa ishga yaroqsiz holatiga kelgan. SHuning uchun yomg’irlatib sug’orish usulidan deyarli foydalanilmaydi. O’zbekiston issiqxonalarida asosiy sug’orish usuli hozircha shlanganli bo’lib qolmoqda.
O’simliklarni sug’orish me’yori o’simlik turi va yoshiga, quyosh radiatsiyasining jadalligiga, tuproqning suv-fizik xususiyatlari va boshqa omillarga bog’liqdir. O’zbekistonda qish davrida sug’orish kam o’tkaziladi (pomidor har oyda 3-4 va bodring 6-8 marta sug’oriladi), bahor va kuz faslida jadallashtirilib pomidor kun oralatib, bodring esa zarurat bo’lganida har kuni sug’oriladi. Qish davrida sug’orishning to’liq me’yori u darajada yuqori bo’lmay – 5-7 l/m2 ni tashkil etadi, issiq va quyoshli kunlarning boshlanishi bilan bu me’yor 15 l/m2 gacha va undan ham oshiriladi. Yoz faslida havo namligini ko’paytirish uchun asosiy sug’orishlardan tashqari, bodring uchun havoni salqinlatadigan sug’orishlar kunning yarmidagi soatlarda o’tkazilib har m2 ga 0,5-1 l dan suv sarflanadi.
Bizni mamlakatimizda va chet ellarda so’nggi yillarda tomchilatib sug’orish usuli keng tarqalmoqda. Bunda suv yoki oziqali eritma nasos yordamida taqsimlagichdan kollektor orqali tarqatuvchi trubalarga, ulardan esa o’simliklar qatorlari orasidagi egatlar ustiga o’rnatilgan kapillyar trubalarga yuboriladi. Tomchilatib sug’orish tizimi odatda havoni namga boyituvchi tizim bilan qo’shib yig’iladi.
Tomchilatib sug’orishda suv aynan ildiz tizimi joylashgan qatlamga beriladi, bunda boshqa sug’orish usullaridagi kabi tuproqning barcha hajmi namlanmasdan, balki qisqa muddatda yer namligi 15-20 foiz NV ko’payadi. Tomchilatib sug’orishda suv uzoq muddat mobaynida beriladi, ammo tuproqni juda zahlab ketadigan davrlari kuzatilmaydi, tuproq namligini amplitudasi 4-5 foiz NV ga farq qiladi. Bunda tuproqdagi namlikni tegishli me’yorda saqlab turish va sug’orishni avtomatlashtirish mumkin. Tomchilatib sug’orishda tarkibida turli miqdorda suv va havosi bo’lgan tuproq mintaqalari (qatlamlari) almashib turadi, natijada ildiz muntazam ravishda kislorod bilan ta’minlangan bo’ladi. Uni eng muhim tomoni o’simlikni va tuproq yuzini namlamasligidir, shu tufayli zamburug’ kasalliklarini tarqalishi kamayadi.
Tomchilatib sug’orishda suv, havo va oziqa tartibotlari maqbulga yaqin bo’lib, mineral oziq elementlarini boshqarishga yaxshiroq imkon beradi.
U sun’iy substratlarda yetishtiriladigan kichik hajmli yangi qurilmalarda keng qo’llaniladi. Tomchilatib sug’orish hosildorlikni oshirishdan tashqari, suv va o’g’itni 20-30 foiz iqtisod qilishga sharoit yaratadi.
Tomchilatib sug’orishning kamchiliklari – qurishga ketadigan harajatlarning ko’pligi, suv sifatiga yuqori talab qo’yilishi, suv chiqadigan teshiklarini ifloslanib bekilib qolishlaridan iborat. Tomchilatib sug’orish tizimida katta diapazonli ishchi organlari bo’lgan turli xillari mavjud bo’lib, ular namlash jarayoni, suv sarfini boshqarish usuli, tizimlarni tozalash imkoniyati bo’lishligi bilan farqlanadi. Bunda quyidagi suv chiqaruvchi organlari: mikrotrubkalar, mikroteshikli trubkachalar va tomchilatgichlar ustunlik qiladi.
Tuproq ostidan va impulsli sug’orish usullari hozircha keng miqyosda qo’llanilmayapti. Ular ishlab chiqarish sinovidan o’tmoqda. Ularni muhim afzalligi tuproq namligini boshqarishni avtomatizatsiyalashtirish imkoniyatiga ega bo’lishi, suvni kam va aniq sarflashidir. Tuproq ostidan sug’orish usulida suv va mineral o’g’itlar eritmasi o’simlik ildiziga 30 sm chuqurlikka yotqizilgan trubalardan beriladi. Uni havo namligini kam talab etadigan tomatdosh va poliz ekinlari uchun qo’llaydilar. Impulsli sug’orishda suvni berish quyosh radiatsiyasining jadalligini hisobga olib avtomatik ravishda sozlanadi.



Download 16,04 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namlik tartibotini sozlash usullari

Download 16,04 Mb.