• 1.1. O’simliklar uchun havoning turli komponentlari (tarkiblarini) ahamiyati.
  • -mavzu: Issiqxonalarda havo gaz tartiboti




    Download 16,04 Mb.
    bet8/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    2-mavzu: Issiqxonalarda havo gaz tartiboti.


    Reja:

    1. O’simliklar uchun havoning turli komponentlari (tarkiblarini) ahamiyati.

      Tayanch iboralar: Микроиқлим, агрофитоиқлим, ѐруғликка талабчанлиk, қўшимча ѐритиш, Меyoридан ортиқ ѐруғлик, иссиққа талабчанлиk, ҳароратни кўпайтириш, тупроқ намлиги, ҳавонинг нисбий намлиги, kарбонат ангидрид гази.

    2. Havo-gaz tartibotini sozlash usullari.

    1.1. O’simliklar uchun havoning turli komponentlari (tarkiblarini) ahamiyati. Himoyalangan yerda kislorod, karbonat angidrid va suv parlari havoning eng muhim komponentlari hisoblanadi. O’simlik kislorod bilan nafas oladi, karbonat angidrid esa organik moddani sintez qilish uchun zarur.
    Havo tarkibidagi suv parlarining miqdori haroratga bog’liq. Havo qanchalik issiq bo’lsa, shunchalik suv parlari unda ko’p bo’ladi (15°S – 13 g, 35°S – 40 g/m3 ). Agar havo harorati 15° dan 40°S gacha ko’tarilsa va unda 13 g par bo’lsa, havoning nisbiy namligi 100 dan 33 foizgacha tushadi. Havo tarkibida 13 g par bo’lib, uni harorati 15° dan 5°S gacha pasaysa, ortiqcha 6,5g kondensat (shudring) ko’rinishida tushadi. Sovuqroq vaqtda kondensat (shudring tomchilari) oynalarda, uncha sovuq bo’lmaganda – barg va mevalarda yig’iladi.
    Havo tarkibida 21 foiz kislorod bo’lib, uni zahirasi muntazam ravishda o’simliklarning fotosintezi hisobiga to’lib boradi. SHuning uchun o’simliklarning pastki qismi kislorod yetishmasligini sezmaydi. Tuproq aralashmasidagi kislorod ildizlarni va tuproq mikroorganizmlarining nafas olishi uchun singadi. Kislorod ildiz tarqalgan yer qatlamida yetarli darajada bo’lishi uchun tuproq aralashmasi zichlashmagan g’ovak holatda bo’lishi kerak. Tuproqni qatqaloqlanishi, og’ir mexanik tarkib, me’yoridan ortiq namlanishi, zichlashib qolishi tuproq aralashmasi ichiga kislorod kirishini qiyinlashtiradi.
    35-50 foiz quruq modda uglerodni tashkil etadi, o’simliklar uni karbonat angidrid gazini (CO2) assimilyatsiya qilgan vaqtda havodan oladi. Atmosferadagi havo tarkibida karbonat angidrid gazi o’rtacha 0,03 foiz, uning 1 m3 hajmida 0,3 l yoki 0,57 g ni tashkil qiladi. 1 ga issiqxonada o’sayotgan bodring o’simligi, har kuni havodan 700 kg karbonat angidrid gazini yutadi. Buning uchun ularni ko’k qismiga 1 mln. m3 havo kirishi kerak. Havoning faqat surunkali harakati tufayli o’simliklar (CO2) karbonat angidrid gazini uzluksiz o’zlashtirish imkoniyatga ega bo’ladi, shamol tezligini oshishi bilan fotosintez jarayoni kuchayadi. Havo turg’un bo’lib qolganda gaz almashishi buziladi, karbonat angidridni (CO2) yetishmasligi fotosintez jadalligini susaytiradi, suv parlarini juda sekin ajralishi transpiratsiya jarayonini chegaralab qo’yadi. Bunday sharoitda o’simliklarni o’sishi sekinlashadi va ular kasallana boshlaydilar. Ko’pchilik hollarda havoni turg’un bo’lib qolishi qish faslida kuzatiladi. Issiqxonada havo xarakatini o’rtacha tezligi 0,3-0,5 m/sek, ayrim vaqtda 1-1,5 m/sek gacha yetadi. Havo harakati tezligi isitish va shamollatish yordamida o’zgartiriladi.
    Atmosferada CO2 zahirasi tirik organizmlarning nafas olishi, organik moddalarning parchalanishi, yonilg’ilarni yoqish hisobiga ko’payib (to’lib) boradi. Issiqxonalarda, biologik usulda isitiladiganlaridan tashqari, quyoshli kunlarda havo tarkibidagi CO2 gazining miqdori tabiiy miqdordan pasayib ketishi mumkin (0,01% gacha). Bu xususan gidroponli issiqxonalarda sodir bo’ladi, chunki unda foydalaniladigan substratlar CO2 ni o’zidan ajratmaydi.
    Havo tarkibidagi karbonat angidrid gazi miqdori o’simliklar uchun yetarli (qoniqarli) hisoblanmaydi. Uni miqdori ko’payib borishi bilan o’simliklarni sintez qilish faoliyati kuchayadi. Uni kontsentratsiyasi 0,15- 0,20% bo’lganda fotosintez jarayoni jadallashadi. Keyinchalik gaz miqdorini ko’payishi fotosintez jadalligi va nafas olishnisekinlashtiradi. CO2 gazi miqdori va harorat ko’tarilsa-yu unga mos keladigan darajada yorug’lik yetarli bo’lmasa samara bermaydi. CO2 gazning maqbul kontsentratsiyasi mineral o’g’itlar bilan oziqlantirish darajasi va havoning nisbiy namligiga ko’ra o’zgarib turadi. Havo tarkibidagi ortiqcha CO2 bo’lishi zararlidir. Masalan, havo tarkibidagi CO2 miqdori kechasi 0,15 foizdan 0,9 foizgacha ko’paytirilsa pomidor va rediska hosildorligi 4 baravarga kamayadi.
    Tuproq havosi tarkibidagi karbonat angidrid gazi ham o’simliklar uchun ma’lum darajada ahamiyatga ega. Uni zahirasi bu yerda ildizlarning nafas olishi va organik moddalarni mikroorganizmlar yordamida parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan SO2 hisobiga to’lib (ko’payib) turadi. Tuproq qatqalog’i va uni zichlashib qolishi tuproq va atmosfera o’rtasida gaz almashinuvini qiyinlashtiradi. Gazning yomon almashinishi natijasida karbonat angidrid gazi kontsentratsiyasi ildizlarga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Tuproqda ortiqcha karbonat angidrid gazining to’planishini oldi olish uchun uni o’z vaqtida yumshatib turish kerak.
    Issiqxonalarda havoni zararli gazlar bilan ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Masalan, pomidor mevasi pishishini tezlatadigan etilen gazini, issiqxona havosida bo’lishi maqsadga nomuvofiqdir. Etilen va atsetilen oz kontsentratsiyada (0,05 mg/m3 ) bo’lsa ham inson uchun zararlidir. Zararli gazlar-ning havo tarkibida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan kontsentratsiyasi (m3 havoda mg): oltingugurt ikki oksidi inson uchun – 5, o’simlik uchun – 0,2; azot dioksidi – 5 va 20; ammiak – 50 va 10; azot – 0,1 va 0,2; formaldegid – 5 va 0,7; uglerod dioksidi – 5 va 500.

    Download 16,04 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Issiqxonalarda havo gaz tartiboti

    Download 16,04 Mb.