|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
| bet | 5/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaSinchsiz yopqichlarda pastkam tayanch tirkagi bo‘lmaydi va ular to‘g‘ridan- to‘g‘ri o‘simlik ustiga yopiladi yoki ular uchun tuproqdan hosil qilingan o‘rkach (tuproq tupi) tayanch vazifasini bajarib, ular oralig‘iga o‘simlik eqiladi. O‘simlikni aynan o‘zini himoya qilishda engil, elastik va pishiq materialdan foydalanadi, o‘simlik o‘sishini hisobga olib uni tarang tortmasdan, halqobroq qilib yopiladi. Asalari changlatmaydigan ekinlar ustidan yopqich biroz sovuq kunlarda faqat ishlov berish vaqtida ochiladi, asalari yordamida changlanadiganlarda esa (qovoqdoshlar) tez-tez ochilib turiladi.
Plyonkani ko‘tarib turish uchun tirgak vazifasini tuproqdan yasalgan to‘p yoki o‘rkachyopgichlarni uchta turi: jo‘yaklar (ikki chetlari tuproq ko‘tarmali), o‘rkach (bir tuproq ko‘tarmali) va ekish egatlar (chuqur, tuproq ko‘tarmasiz) keng foydalaniladi. 80 sm oraliqda egatlar olinganida asosini kengligi 20-25 sm, balandligi 15-20 sm, bo‘lgan ikki tuproq uyumi yasaladi. Tuproq ko‘tarmasi ustiga plyonkaga tortilib yopiladi, ularni chetlari tuproq bilan bostiriladi. Yopilgan plyonka va tuproq sathi oralig‘ida 12-15 sm balandlikda bo‘shliq hosil bo‘ladi. Tuproq egatiga urug‘ yoki ko‘chat ekish mumkin. Egatlar orasida 40-50 sm kenglikda yo‘l qoldiriladi.
O‘rkach maxsus agregat yordamida quyidagicha yasaladi, agregat asosini kengligi 38-40 sm balandligi 25 sm va cho‘qqisini kengligi 7-10 sm bo‘lgan tuproq ko‘tarmasini (valikni) tayyorlab bir yo‘la ko‘tarmaning har ikki tomoniga urug‘ ekadi, ularni ustiga plyonka yopib chetlarini tuproq bilan bostiradi. O‘rkach yon tomonlariga eqilgan o‘simliklar qatorlari orasidagi masofa - 50 sm, yonidagi o‘rkachlarga ekib hosil qilingan lentalar oralig‘idagi masofa esa 90 sm bo‘ladi.
O‘simlik o‘sib plyonkaga etgan vaqtda u boshqa agregat bilan yig‘ishtirib olinadi Ekish jo‘yaklari poliz ekinlari seyalkasi SBU-2-4A moslamalari yordamida asosining kengligi 17 sm, chuqurligi 15 sm li jo‘yak olib, bir yo‘la eni 30-35 sm bo‘lgan plyonkani to‘shab chetlarini tuproq bilan bostirib ketadi. Nihollar hosil bo‘lganidan so‘ng plyonka har bir uyadagi o‘simlik ustidan but (X) shaklida kesib chiqiladi. Biroz vaqt o‘tganidan so‘ng o‘simliklar plyonka ostidan tashqariga chiqadi, ildiz bo‘yni atrofi tuproq bilan qumlanadi. Joyida qolgan plyonka mulcha vazifasini bajaradi.
|
| |