|
Sinchli plyonkali yopqichlar
| bet | 6/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaSinchli plyonkali yopqichlar. Ularda plyonka uchun, simlar, plastmassa trubalar, tol novdalari, yog‘ochlar yoki reykalar va boshqalardan tayyorlangan sinchlar tayanch vazifasini bajaradi. Ular sinchning konfiguratsiyasiga ko‘ra chodirsimon (shatrov’e) (ikki nishabli) va arkasimon (yarimdoirasmon, tonnelsimon)larga bo‘linadi.
Chorpoyalar (kozelok) kundalang kesimi 30x30 mm li yog‘och burslardan tayyorlanadi. Uzunligi 1-1,2 m bo‘lgan yog‘och burslar mix yoki bolt yordamida biriktiriladi.
Chorpoyalar (kozelki) egat bo‘ylab 1,2-1,5 m oraliqda o‘rnatilib, asosining orasidagi masofa 75-85 sm, orasi ochilgan tirgovuchlarni pastki qismi tuproqqa 20-35 sm botirib kiritilganidan keyin yopqichli qurilmaning balandligi 4560 sm ni tashkil etadi. Yog‘och burslarning yuqori uchki qismiga yog‘och bag‘azlar (reyka) o‘rnatib birnecha chorpoyalar (kozelki) biri ikkinchisi bilan birlashtirilib yaxlit inshoot shakliga keltiriladi. Bag‘az (reyka) va chorpoyalar (sinchlar) ustiga plyonka yopilib, uning pastki qismi tuproq bilan bostiriladi. Inshoot yon tomon plyonkalarini ochish va bosh hamda oxirgi tomonlarini ochib qo‘yib shamollatiladi.
Yog‘och uchburchaklar (sinchlar) kesimi 40x40 mm bo‘lgan yog‘och burslardan tayyorlanadi. Uning tomonlari 80 sm uzo‘nlikda bo‘lib - shakli teng tomonli uchburchak. Uchburchakning uchki qismi qarshisidagi kundalang taxtachaga uzunligi 80-85 sm bo‘lgan reyka bilan biriktiriladi. Uning pastki qismi uchburchakning asosidan 30-35 sm chiqib turadi. U tuproqqa qadaladi va bu uni xolatini mahkam bo‘lishini ta’minlaydi. Uchburchaklar 1,2-1,5 m oraliqda o‘rnatilib ular bir-biri bilan sim yoki kanop ip bilan biriktiriladi. Sinchlar o‘rnatib bo‘lganidan so‘ng ustiga plyonka yopilib, plyonkaning chetlari tuproq bilan bostiriladi.
Xozirgi vaqtda respublikada Himoyalangan yer maydoni 3050 ga.ni tashkil qildi. Shundan oynavand issiqxonalar 500 ga. ni plyonkali issiqxonalar,750 ga. ni, vaqtincha plyonka bilan qoplangan kurilmala 1770 ga. ni tashkil qiladi. parniklarni maydoni yildan-yilga kamayadi. Bunga asosiy sabab ulardan foydalanishga sarflanadigan xarajatlar boshqa inshootlarga qaraganda ancha ko‘pligidir.
Oxirigi yillarda O‘zbekistonda Himoyalangan yerlarda 50 ming tonnadan ortiq sabzavot maxsulotlari yetishtirilmokda. Ularning 60% vaqtincha plyonka bilan qoplangan qurilmalar yetishtiriladi.
Respublikada Himoyalangan yer inshootlarining asosiy maydoni Toshkent viloyatida joylashgan bo‘lib, Samarkand, Jizzax, Buxoro va Namangan viloyatlarida xam sabzavotchiligini rivojlantirishga kata axamiyat berilmokda.
Tibbiyot korxonalarining tavsiyalariga ko‘ra O‘zbekiston sharoitida axolii jon boshiga 7.6 kg, Shundan 4,1kg pomidor, 3,3 kg bodring va 0,2 kg ko‘kat sabzavotlari mavsumdan tashqari davrlarda is’temol qilishi lozimligi ta’kidlangan. 1980 yilda O‘zbekistonda xar jon boshiga 2,8 kg sabzavot to‘g‘ri kelgan. Xozirgi vaqtda ularni is’temol qilish me’yori 3,0-3,5 kg.ga to‘g‘ri keladi.
Shu boisdan axolini mavsumdan tashqari davrlarda sabzavot maxsulotlari bilan to‘la ta’minlash maqsadida respublikada Himoya qilingan yer maydonlarini 2,0-2,5 barobarga kengaytirish, xosildorlikni oshirish. Inshootlar maydonidan unumli foydalanish, mavjud Himoyalangan yer inshootlarini qayta kirib yangilash, issiqxona xo‘jaliklarini markazlashtirish va ixtisoslashtirish, sabzavot va ko‘chat yetishtirishni keng sanoat asosida o‘tkazish, yangi zamonaviy texnologiyalar va navlarni ishlab chiqarish ga joriy etish,sabzavot xillarini ko‘paytirish xamda maxsulotlarni ishlab chiqarish ga sarflanadigan xarajatlarini kamaytirish vazifalari qo‘yilgan.
|
| |