|
O‘zbekistonda hozirgi kunda fermer, dexqon, axoli tomorqalari xamda tadbirkor va boshqalardagi mavjud issiqxonalar
|
bet | 3/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaO‘zbekistonda hozirgi kunda fermer, dexqon, axoli tomorqalari xamda tadbirkor va boshqalardagi mavjud issiqxonalar .
Issiqxonalar soni 57088 ta
|
Oynali 686 ta
|
Plyonkali 30611 ta
|
Eqilgan maydon 8239 ga
|
Pomidor 4560 ga
|
Bodring 2397 ga
|
Sitrus va boshq. 1282 ga
|
1.Mavsumdan tashqari davrlarda sabzavotlarni ishlab chiqarish va axolini sabzavot maxsulotlari bilan ta’minlash;
2.Himoyalangan inshootlarda ko‘chat tayyorlash xisobiga barvaqt sabzavot maxsulotlarini olish;
3.Ochiq yerda yetilmay qolgan sabzavotlarni o‘suv davrini uzaytirib, mevalarini shakllantirib yetishtirib olish;
4. sabzavot ekinlari maydonini shimoliy mintaqalarga surish va ularni xillarini ko‘paytirish.
Himoya qilingan joylarda sabzavotlarni yetishtirish uchun bu o‘ziga xos quyidagi xususiyatlarini bilish zarur: yilning obi-havo sharoiti qanday bo‘lishdan qat’iy nazar o‘simliklarni yetishtirish uchun maqbul sharoit yaratib beradigan texnik bazaning mavjudligi; inshoot va uskunalarning qimmatliligi; uncha kata bo‘lmagan joylarda inshootlarni ixcham joylashtirish; maydondan intensiv samarali foydalanish, xosildorlikni yuqoriligi, qo‘l mexnatini ko‘pligi va uni kamaytirish maqsadida mexanizatsiya, elektrofikatsiya va avtomatikadan foydalangan xolda bog‘lab olib borish; yetishtirish texnologiyasini murakkabligi va maxsus navlardan foydalanish; material xarajatlar va yetishtirilgan maxsulot tannarxini yuqoriligi; mexnatni tashkil etishning aloxida shakllari va ishchilarni yuqori malakasini talab etishi va boshqa xususiyatlari.
Himoya qilingan joy sabzavotchiligining o‘ziga xos xususiyatlari bilan birga, u ochiq yer sabzavtchiligi bilan chambarchas bog‘liq. Himoyalangan joy ochiq yerni ko‘chat va chirigan organik o‘g‘itlar bilan ta’minlaydi, ochiq yerdan esa ayrim yetilmay qolgan sabzavotlarni Himoyalangan joylarga ko‘chirib yetiltirish, mevalarni qizartirib olish uchun foydalaniladi. Ochiq va Himoyalangan joy sabzavotchiligini uzviy bog‘liqligi xar bir xo‘jaliklarda bu tarmoqlarni barobar rivojlantirishni taqozo etadi.
|
| |