O‘zbekistonda Himoya qilingan joy sabzavotchiligining qisqacha tarixi, axvoli va rivojlanishi




Download 16,04 Mb.
bet4/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

1.2. O‘zbekistonda Himoya qilingan joy sabzavotchiligining qisqacha tarixi, axvoli va rivojlanishi. O‘zbekistonda himoya qilingan joy maydonlarini o‘sishi 60 yillarning oxiriga to‘g‘ri keladi. Bu davrgacha O‘zbekistonda himoya qilingan joy maydonlari juda kam edi. Qishki issiqxonalar umuman yo‘q darajada, faqat ko‘chat yetishtirish uchun parniklar mavjud edi. 60 yillardan boshlab zamonaviy issiqxonalarni yaratish va ularni qurish yig‘ma metall konstruksiyalarni maxsus zavoda tayyorlash, kimyo sanoatida esa yorug‘lik o‘tkazuvchi materiallarni ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng o‘simlik o‘stiriladigan inshootlarni maydoni yildan-yilga ortib bordi. 1965 yili respublikada atigi 3,7 ga qishqi issiqxonalar 24,4 ga.parnik bor edi. 1970 yilga kelib Himoyalangan joy maydoni 424,4 ga.ni (1965 yilda 28,1 ga) shu jumladan qishqi issiqxonalar 66,6 ga. ni vaqtincha plyonka bilan qoplangan qurilmalar maydoni 351ga. ni tashkil qildi. Keyinchalik Himoyalangan yer maydonlari tez suratlar bilan ortib bordi va 1980 yilga kelib ularni maydoni 1326 ga.ni, shu jumladan oynavand issiqxonalar 227,4 ga. ni plyonkali issiqxonalar 43,3 ga. ni, parniklar 30,4 ga ni va vaqtincha plyonka bilan qoplangan qurilmalar 1068 ga. ni tashkil qildi. Keyingi yillarda ularni maydonini 2,0-2,3 barobar oshirish masalasi qo‘yilgan edi. Bunda issiqxonalar maydonini 1070 ga. ga, shu jumladan oynavand issiqxonalarni zsa 500 ga, vaqtincha plyonka bilan qoplangan maydonlarni 1800 ga yetkazish ko‘zda tutilgan edi.
Mamlakatimizda issiqxona sabzavotlarining hosildorligi ancha past, u yorug‘lik bilan yaxshi ta’minlanmagan, rivojlangan davlatlarga nisbatan bir necha marta past. Shuning uchun sabzavot ishlab chiqarishni ko‘paytirishga, birinchi navbatda hosildorlikni oshirish hisobiga erishish mumkin.
Yuqori hosil olish va himoyalangan yer inshootlari samaradorligini oshirishga mavjud issiqxonalardan foydalanishda yo‘l qo‘yilayotgan quyidagi kamchiliklarni bartaraf etish hisobiga erishish mumkin, jumladan:

  • unumdorligi past tuproqlardan foydalanish. Mahalliy issiqxonalar tuprog‘i tarkibida atigi 8-10% organik modda bor xolos. Ularni tayyorlashda g‘ovaklik xususiyatini beruvchi materiallar qo‘llanilmaydi. Tuproqning g‘ovokliligi va suv o‘tkazuvchanligi past;

  • barcha issiqxonalarda tuproq ostidan isitishni yo‘qligi. Tuproq haroratini pastligi o‘z navbatda o‘simliklarni kasalliklarga chidamligini pasaytiradi;

  • registrlarni oynvand blokli issiqxonalarning ustunlarga payvandlab qo‘yilganligi va ularni tuproq yuzini isitishda foydalanolmaslik;

  • germetik yopilishini ta’minlashda oynali qoplamalar tirqishlarni mutloq (germetik) berkitishda surguchlardan cheklangan miqdorda foydalanish;

  • issiqxonalarda mikroiqlimni sozlovchi avtomatik moslamalarni yo‘qligi;

  • issiqxonadalarga issiqlikni issiqxonada harorat +10°S dan past tushganda kech berilishi;

  • o‘simliklarni zararko‘nandalariga qarshi himoyalashda biologik uslubdan chegaralangan holda foydalanish. Kasallik va zararkunandalarni ko‘p tarqalishi;

  • ko‘proq egatlab sug‘orish va chegaralangan holda tomchilatib va boshqa turdagi sug‘orishlarni ham qo‘llash. Mavjud ko‘pchilik tomchilatib sug‘orish moslamasi faqat toza suvni yetkazib beradi. Oson eriydigan o‘g‘itlar bo‘lmaganligi sababli oziqali eritmalar berish amalga oshirilmaydi;

  • oziqali eritmalar va kichik hajmli muhitda yetishtirishning chegaralanganligi;

  • tuproqni par yordamida yoki kimyoviy uslublarda zararsizlantirishni (sog‘lomlashtirish) deyarli qo‘llanilmasligi. Inshoot ichki qismini deyarli dezinfeksiya qilinmasligi;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari issiqxonalari tuprog‘i sho‘rlanganligi. Sho‘rlanishga qarshi eng samarali kurash usuli – bu inert, mineral substratlar va ularni organik maetriallar aralashmasini qo‘llagan holda kichik hajmli gidroponikaga o‘tishdir;

  • issiqxonalarni markazlashgan holda zaharli moddalar, o‘g‘itlar, navdor urug‘lar, oyna va boshqa materiallar bilan ta’minlanmasligi;

  • issiqxonalarni yaxshi saqlanishi va kelajakda uni rivojlantirishga qiziqmaydigan shaxslarga arendaga berish tajribasining mavjudligi;

  • informatsion ma’lumotlar bilan to‘liq ta’minlanmasligi. Issiqxona xo‘jaliklari mutaxassislari va fermerlar hozirgi zamon himoyalangan yer sabzavotchiligida ilm-fan va ilg‘or texnologiyalar erishgan yutuqlarni o‘zida aks ettirgan zamonaviy adabiyotlardan foydalana bilmasliklari, shu bilan birga navlar va duragaylarning yangi kataloglari bilan ta’minlanmaganligi.

Mavjud issiqxonalarning ko‘rsatilgan kamchiliklari, hosildorlikni ko‘p-aytirishni zarurligi, yetishtirilgan mahsulot xarajatlarini va tannarhini kamaytirish uchun himoyalangan yer inshootlari konstruksiyasini takomillashtirish yo‘llarini, ulardan foydalanish usullari va sabzavot ekinlari yetishtirish texnologiyasini o‘zgartirishni talab etmoqda. Bunday yo‘llarni (usullarni) asosiylar deb quyidagilarni hisoblash mumkin.

Download 16,04 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda Himoya qilingan joy sabzavotchiligining qisqacha tarixi, axvoli va rivojlanishi

Download 16,04 Mb.