|
Havo-gaz tartibotini sozlash usullari
|
bet | 9/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka1.2. Havo-gaz tartibotini sozlash usullari. Himoyalangan inshootlaridan ortiqcha karbonat angidrid va zararli gazlarni chiqarib yuborishning asosiy usuli shamollatishdir. Issiqxonalarnig harorati maqbuldan 2°S ga oshsa, uni shamollatish boshlanadi. Sovuq kunlarda yuqoridagi darchalar, oftobli issiq kunlarda esa eshiklari hamda yon tomondagi darchalari ochilib shamollatiladi. Havo tarkibida begona gazlar qozonxonada yonilg’ini to’liq yonmasligi, yaqin joylashgan korxonalarning ifloslangan havosi va boshqalar hisobiga ko’payishi kuzatiladi. SHuning uchun gaz tartibotini sozlashda shamollatish bilan birga ortiqcha gaz to’planishi oldini oladigan choralarini qo’llash zarur.
Issiqxonalarda CO2 yetishmovchiligi sun’iy ravishda to’ldiriladi. CHet ellarda CO2 bilan oziqlantirish issiqxona sabzavotchiligi texnologiyasining hal etuvchi zvenolaridan biri hisoblanadi. Buning uchun biologik va texnik manbalardan foydalaniladi. Texnik usullardan eng eskilari – bu quruq muzdan ( issiqxonaning 1 m3 hajmiga 10-20 g) va ballonlardagi suyultirilgan gazlardan (issiqxonaning 1000 m2 yuzasiga 60- 80 kg, bir ballonda 25 kg CO2 bo’ladi) foydalaniladi. Ammo, bu usullar ko’p mehnat talab etadi.
Generatorlarda gazni yoqish – nisbatan takomillashgan usul bo’lib, ular ikki tipda bo’ladi: majburlab tarqatmaydigan va ventilyatorlar yordamida majburlab tarqatiladigan. Ammo, ulardan faqat isitiladigan davrda foydalanish mumkin, yilning iliq vaqtlarida esa ulardan foydalanib bo’lmaydi.
CHet ellardagi zamonaviy issiqxonalarida SO2 ni ta’minlaydigan istiqbolli manbaga egadir. Bunda tarkibida oltingugurt va boshqa zararli chiqindilari bo’lmagan yonilg’i sifatida foydalaniladigan, tabiiy gazni qozonxonada yoqib undan chiqadigan gazlardan foydalanadilar. Bu chiqadigan gazlar ikki so’rib oluvchi vintelyatorlar yordamida saralab olinib, issiqxonaning oldi yoki orqa tomonlaridan magistral (yo’naltiruvchi) patrubkali (kalta truba) trubalar orqali o’simlik qatori bo’ylab joylashtirilgan tarqatuvchi plyonkali yenglarga yetkazib beriladi. Yenglar polietilendan tayyorlangan uzunligi 50 sm bo’lib va unda 20 sm oralig’ida diametri 4 mm bo’lgan to’rtta – perforratsiyalangan teshiklari bo’ladi.
CO2 bilan oziqlantirish mavjud grafikka asosan o’tkaziladi. CO2 bir soat mobaynida gektariga 60-80 kg sarflanadi. Oziqlantirish quyosh chiqishidan bir soat oldin tugatiladi. Yorug’lik 2 klk dan kam bo’lsa, oziqlantirish o’tkazilmaydi. Yorug’lik 10 klk gacha bo’lsa, CO2 kontsentratsiyasini 0,1% gacha, 10 klk dan yuqori bo’lganda – 0,2% gacha yetkaziladi. CO2 kontsentratsiyasi ko’payishi bilan haroratni ham CO2 bilan oziqlantirilmagan vaqtga nisbatan 2°S ga ko’paytiriladi. CO2 kontsentratsiyasini o’lchash uchun GOA (gazoanalizator optiko-akustik) tipidagi gaz analizatorlari qo’llaniladi.
|
| |