|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 10/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaNazorat savollari:
1. Mikroiqlim va agrofitoiqlim nima?
2. Issiqxona sabzavot ekinlari yorug’likka talabchanligiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
3.Yorug’lik tartibotini yaxshilashning qanday usullarini bilasiz?
4. Elektr yordamida qo’shimcha yoritish va elektr nurida o’sadigan ekin nima?
5.Me’yoridan ortiq yorug’likni kamaytirish uchun qanday choralar qo’llaniladi?
6.O’simlik hayotida issiqlik qanday ahamiyatga (rolga) ega?
7.Issiqxona sabzavot ekinlari issiqqa talabchanligiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi? 8. Issiqxonada haroratni ko’paytirish va pasaytirish uchun qanday choralar qo’llaniladi?
9. Issiqxona sabzavot o’simliklariga tuproq namligini yetishmovchiligi va uni me’yoridan ortig’i qanday ta’sir etadi?
10. Issiqxona sabzavot o’simliklariga havoning past va yuqori nisbiy namligi qanday ta’sir etadi?
11. Issiqxonada havoning nisbiy namligi qanday sozlanadi?
12. Issiqxonada qanday sug’orish usullari qo’llaniladi?
13. CO2 gazining issiqxona atmosferasidagi o’rtacha kontsentratsiyasi qanday va tabiiy atmosferada qancha?
14. O’simlik uchun qanday zararli gazlar mavjud va qanday kontsentratsiyada?
15. Karbonat angidrid gazi bilan o’simliklarni oziqlantirish qanday o’tkaziladi?
3-mavzu:Issiqxonalarda havo va tuproq namligini tartiboti.
Reja:
Sabzavot o’simliklarini havo va tuproq namligiga talabi.
Tayanch iboralar: Meyoridan ortiq namlik, namlikka talabchanlik, tuproq namligi, havoning nisbiy namligi, karbonat angidrid gazi, tomchilatib sug’orish, tuproq ostidan va impulьsli sug’orish usullari.
Namlik tartibotini sozlash usullari.
Sabzavot o’simliklarini havo va tuproq namligiga talabi. Suv o’simliklar uchun eng muhim modda hisoblanadi. U assimilyatsiya jarayonida qatnashadi va o’simlikni shakllanishida, qurilish materiali bo’lib xizmat qiladi hamda tuproqdan o’zlashtiriladigan mineral tuzlarni erituvchi hisoblanadi. Undan tashqari u yana barg haroratini boshqaruvchi bo’lib ham xizmat qiladi. Sabzavot o’simliklaridan yuqori hosil olish, ularni suv bilan faqat yetarli ta’minlangandagina erishiladi.
Himoyalangan yerlardagi sabzavot ekinlari, ochiq yerdagiga qaraganda katta barg apparatini shakllantiradi va juda yuqori hosil beradi. Bu ularda katta miqdorda suvni sarflanishiga sabab bo’ladi, shu bilan birga namlikni yetishmovchiligi va uni ortib ketishiga ham ular juda sezgirdir. SHu bois havo va tuproq namligi tartibotini harorat va yorug’likka binoan ustalik bilan boshqarish, himoyalangan yerlarda sabzavotlardan yuqori hosil olish uchun zaruriy sharoit hisoblanadi.
Suvga talab yoki uni o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladigan miqdori va o’simliklarni tuproqdagi suv tartibotiga talabchanligini, ya’ni tuproqdan suvni so’rib olish xususiyatini ajrata bilish zarur. Parlanadigan barg yuzasi kuchli rivojlangan ekinlarda suvga ehtiyoj ko’proq, ildiz tizimi yaxshi rivojlangan ekinlar suvli yaxshiroq so’rib oladi. Tuproqdan suvni jadal o’zlashtirilishi, tuproq namligiga, uni strukturasiga, nam sig’imiga, tuproq eritmasini kontsentratsiyasiga va boshqa omillarga bog’liq. O’simliklarga me’yorida suv tartibotini ta’minlashda, ularni barchasini, hamda o’simliklar yoshini va ekinlarni xususiyatlarini inobatga olish zarur. Tuproq namligiga eng yuqori talab, urug’lar unib chiqayotganda va hosil organlari shakllanayotgan davrda kuzatiladi.
Turli ekinlar uchun va o’simliklarni rivojlanish fazalarida tuproq va havo namligini maqbul darajasi bir xil emas. Bodring uchun ko’chat davrida tuproq aralashmasini namligi 80% NV dan (eng past namlikdan) kam bo’lmasligi, hosilga kirganda – 85-90%, pomidor, qalampir va baqlajon uchun ko’chat davridagi namlik – 70-75%, barglari kattalashayotgan davrda – 70-80% va hosilga kirganda – 80-85%, ko’kat ekinlar uchun – 80-90% NV tashkil qilishi kerak.
Himoyalangan yerlarda yetishtiriladigan sabzavot ekinlari orasida ko’katlar va bodring tuproq aralashmasini namligiga eng talabchandir. Ayniqsa barcha ekinlarni ko’chati tuproq namligini yuqori bo’lishini (90±5%) hoxlaydi.
Tuproqda namlikni yetishmovchiligi barg sathini qisqarishiga, hosilni kamayishiga olib keladi, mevalar dag’allashadi, mazasi va tovarlik sifatlari yo’qolaboradi. Tuproq quruqlashganda rediska, pekin karamida va salatda bevaqt gul poyalar chiqaboshlaydi. Me’yordan ortiq namlangan tuproqlarda sabzavotlar suvli, tarkibida qand va tuzlar kam bo’ladi; tuproq aeratsiyasi buziladi, tuproqda foydali mikroflora kamayadi, ildizni nafas olishi va o’sishi qisqaradi.
Havoning nisbiy namligi talabiga ko’ra sabzavot ekinlari quyidagi uch guruhga bo’linadi: past, o’rtacha va yuqori namlikni talab qiluvchi. Birinchi guruhga pomidor, qalampir, loviya (ko’chat yetishtirishda ham va keyinchalik ularni o’stirishda ham – 60±5%). Ikkinchi guruhga – salat, pekin karami, rediska, ukrop, ismaloq kiradi (o’suv davri boshida – 65±5% va hosil organlarini shakllantirish davrida – 80±5%). Uchinchi guruhga – bodring, seldir, baqlajon va tezlashtirib o’stiriladigan ekinlar kiradi (ko’chatlarni yetishtirish davrida – 70±5% va keyingi fazalarda – 90±5%).
Havoning nisbiy namligiga talab, haroratni o’zgarishiga qarab o’zgaradi. Past haroratda yuqori namlikni bo’lishi, mikroflorani faol rivojlanishiga va o’simliklarni kasalliklarga chalinishini kuchaytirishga imkoniyat yaratadi, yuqori haroratda havo namligini past bo’lishi o’simliklarni transpiratsiyasida (anamaliyali) xolsizlanish holatlarni yuzaga keltiradi, o’rgimchak kanani keng rivojlanishiga sharoit yaratadi. Namlikni ko’tarilishi o’z-o’zidan changlanadigan o’simliklarni changlanishini susaytiradi.
Harorat pastligida havo namligi yuqori bo’lishi, issiqxonani sovuq qismlarida (oyna, tarnovlarda) va o’simliklarni mevalarida suv tomchilariga o’xshash kondensatni (shudring tomchilarini) paydo bo’lishiga olib keladi. Bu holat yoritilganlik darajasini yomonlashtiradi va bodring mevalarida darzlarni paydo bo’lishiga va pomidor mevalarini ifloslanishiga olib keladi.
|
| |