|
-mavzu: Issiqxonalarda issiqlik tartibotini ta’minlash
|
bet | 13/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka 5-mavzu: Issiqxonalarda issiqlik tartibotini ta’minlash.
Reja:
Issiqxona sabzavot ekinlarini issiqlikka talabi.
Issiqlik tartibotini sozlash uslublari.
Issiqxona sabzavot ekinlarini issiqlikka talabi. Harorat o’simlik hayoti faoliyatidagi jarayonlarga, fotosintez jadalligini o’zgarishiga va transpiratsiya, mineral moddalarni o’zlashtirilishiga va boshqa fiziologik jarayonlarga katta ta’sir etadi.
Me’yordan juda past yoki yuqori harorat hujayralarda qayta tiklanmaydigan va o’simlikni nobud bo’lishiga sababchi bo’ladigan o’zgarishlarga olib keladi.
Butun organizm yoki uni ayrim qismlarini nobud qiluvchi harorat chegaralari biologik minimum (past haroratlar) yoki maksimum (yuqori haroratlar) deb yuritiladi.
Har bir ekinlarni hayotiy jarayonilarini o’tishiga ijobiy ta’sir etuvchi va yuqori jadallikda hosilni yig’ilishiga olib keluvchi haroratlarni maqbul harorat deb ataydilar.
Himoyalangan yerlarda, harorat tartibotini sozlashni iloji bo’lganligi haroratni biologik minimum va maksimum chegaralarigacha pasayishi yoki oshib ketishi kamdan-kam hollarda ro’y beradi. Bu yerda agrotexnik minimum yoki maksimum eng ahamiyatlidir. Bu kattalik harorat chegaralarini belgilaydi. Bu chegaralar atrofida hosilga katta ta’sir ettirmay haroratni 24 soatgacha pasayishiga yoki 6 soatgacha yuqori ko’tarilishiga yo’l qo’yish mumkin. Agrotexnik minimumdan past yoki agrotexnik maksimumdan yuqori bo’lgan haroratlar, o’simliklarni ayrim fiziologik funktsiyalarini buzilishiga olib keladi.
Maqbul harorat qiymati turli xil o’simliklar uchun bir xil emas, hattoki bir xil turdagi o’simlikda ham u yil va sutka davomidagi yoritilganlikga, o’sish va rivojlanish fazalarga, yetishtirish usullariga va boshqalarga qarab o’zgaradi. Doimo maqbul haroratni saqlab turish zarur, hatto favqulotdagi holatlarda ham pastki va yuqoridagi agrotexnik harorat chegaralaridan chiqish mumkin emas. Issiqlikka talabi bo’yicha himoyalangan yerdagi sabzavot ekinlarini yetishtirish usullarini hisobga olib uch guruhga bo’ladilar:
Issiqsevar o’simliklar (maqbul harorat 23±5°S). Ularga Qovoqdoshlar, Ituzumguldoshlar oilasiga mansub sabzavotlar, hamda urug’ va ko’chat uslubi bilan yetishtiriladiganlar loviya, barcha tezlashtirib o’stiriladigan sabzavot ekinlari kiradi.
Mo’’tadil haroratni talab qiluvchi o’simliklar (maqbul harorat 12±2°S). Ularga Karamsimonlar oilasiga kiruvchi sabzavot o’simliklari, urug’ bilan va ko’chat uslubi bilan yetishtiriladigan salat,ismaloq, ukrop, hamda qo’ziqorin kiradi.
Past haroratni talab qiluvchi o’simliklar (maqbul harorat 4±2°S). Ularga barcha yetiltirib olinadigan ekinlar va pomidordan tashqari barcha o’stirilmay ushlab turiladigan o’simliklar kiradi.
O’simliklar talab qiladigan issiqlik tartibotlariga rioya qilmaslik (buzish) ularni, o’sish va rivojlanishida (anomal) salbiy holatlar paydo bo’lishiga olib keladi. Harorat agrotexnik minimumdan pastga tushganda tovarlik sifatiga ega bo’lmagan generativ organlarni (bodring, gulkaram, salat, ismaloq) paydo bo’lishini tezlatuvchi xolatlar kuzatiladi; barra bodring mevalarida achchiq maza hosil bo’ladi; po’stidagi to’qimalarida kletchatkani paydo bo’lishini tezlashtiradi. Bu salat va ziravor o’simliklar bargini dag’allashuviga, kasalliklarni rivojlanishiga, ildiz tizimini nobud bo’lishiga olib keladi. Harorat maqbuldan oshib ketganda kraxmal va qand tarkibi kamayadi; gul changi bepusht bo’lib qoladi va poyalar bo’yiga uzayadi.
O’simliklarni issiqlikka munosabati boshqa omillarni va o’simliklarni o’zini holatiga ko’ra o’zgaradi. Yaxshi yoritilganlikda, yetarli namlik va unumdor tuproqlarda issiqlikka talab oshib boradi. Yorug’lik pasayganda issiqlikka talab ham kamayadi. Tunda fotosintez jarayoni to’xtaydi, ammo nafas olish davom etadi, harorat qanchalik yuqori bo’lsa, u ham shuncha yuqori bo’ladi. Tungi past haroratda o’simliklar organik moddalarni o’sish va meva organlarida to’plash uchun ko’proq saqlaydilar. SHu sabablarga ko’ra bulutli kunlarda ham haroratni pasaytirish kerak. Tungi va bulutli kun o’rtasidagi harorat farqi 7°S, quyoshli kunda 14°S atrofida bo’lishi lozim. Issiqsevar ekinlarni hosilga kirish davrida tungi haroratni biroz ko’tarish zarur (quyoshli kunga nisbatan 6-8°S ga pastroq), chunki kechasidagi soatlarda organik moddalar barglardan mevalarga tezroq siljiy boshlaydi, bu jarayon 20-22°S haroratda yaxshiroq o’tadi. Ildiz uchun tungi maqbul harorat, o’simliklarni yer ustki qismidagiga qaraganda 2-3°S yuqoriroq bo’ladi.
Har bir o’simlik o’suv davrining turli bosqichlarida issiqlikka talabi bir xil emas. Urug’ini unib chiqishi harorat vaqtida vegetativ o’sishdagi maqbul haroratdan 4-7°S yuqori bo’lganda yaxshiroq o’tadi. Nihollar ko’rinishi bilan murtaklarda zahirasidagi oziq moddalar sarflanib bo’lgach va o’simliklar ildizdan va yashil urug’ barglaridan oziqa olishga o’tganda, nafas olishni kuchaytiradigan ortiqcha issiqlik, yosh nihollarga oziqa yetishmasligiga sabab bo’lishi mumkin. SHu bois urug’ unib chiqqandan boshlab, to ikki haqiqiy barg paydo bo’lguncha (3-7 kun) harorat bulutli kunlarda katta yoshli o’simliklarga moyil haroratga qaraganda taxminan 7°S ga kamaytirish kerak. SHundan so’ng o’simliklarni vegetativ o’sishi kuchayganda haroratni yuqori bo’lishiga muhtoj bo’ladi. Yana ham yuqori harorat o’simlik gullaganda va hosilga kirganda zarur.
Katta yoshdagi o’simliklarda zahiradagi moddalarni yig’ilishiga maqbul haroratlar darajasini 1-3°S ga kamaytirish, mevalarni shakllanishi uchun esa uni shungacha oshirish orqali erishish mumkin. Gul changlarni hosil bo’lishi va changlanishi mevalarni pishishi uchun maqbul haroratdan pastroq bo’lganda yaxshiroq o’tadi.
Mevalarni yetiltirib olish uchun pastroq, ko’katlarni ildizmevalardan va piyozboshlardan tezlashtirib o’stirish uchun – yuqoriroq (20-22°S) harorat zarurdir.
|
| |