|
-mavzu: Himoyalangan yerlarda yorug’lik tartiboti
|
bet | 15/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka 6-mavzu: Himoyalangan yerlarda yorug’lik tartiboti.
Reja:
Yorug’likni ahamiyati va issiqxona sabzavot o’simliklarini unga talabi.
Ekin o’stiriladigan inshoatlarda yorug’likni yaxshilash usullari.
Tayanch iboralar: Himoyalangan yer inshoatlar tushunchasi, ilitilgan yer, parniklar, issiqxona, gidroponika, aeroponika tuproqsiz muhit.
Yorug’likni ahamiyati va issiqxona sabzavot o’simliklarini unga talabi. Yorug’lik o’simliklar uchun energiya beruvchi manba hisoblanadi. Tarkibida xlorofill bo’lgan yashil o’simliklar, nurli energiya yordamida organik moddalarni yaratish va to’plash qobiliyatiga ega, u o’z navbatida hosilni shakllanishini ta’minlaydi. Yorug’lik yana nafas olishga, transpiratsiya va moddalarni xarakati uchun sarflanadigan energiya manbai hisoblanadi.
Issiqxona sabzavot ekinlarini o’sishi, rivojlanishi va hosildorligi uchun yorug’likni jadalligi va spektr tarkibi, hamda yorug’ kunning davomiyligi ham ahamiyatga ega. Quyoshdan tushadigan yorug’lik qanchalik ko’p bo’lsa, havo harorati va CO2 miqdori shunchalik (tegishli me’yorgacha) yuqori bo’lishi kerak.
O’simliklarni hayoti uchun FFR (fotosintetik faol radiatsiya) – fotosintezni ta’minlovchi 380 dan to 720 nm to’lqin uzunligidagi optik nurlanadigan maydon ayniqsa zarurdir. O’simliklarni tarkibida vitaminlarni ko’paytiruvchi va sovuqqa chidamliligi, poyasini cho’zilib ketishini oldini oluvchi uzun to’lqinli ultrabinafsha nurlarini (280 dan to 380 nm) ichiga olgan fiziologik faol radiatsiya va issiqlik keltiruvchi qisqa to’lqinli infraqizil (720 dan to 800 nm li) nurlar ham ahamiyat-li hisoblanadi.
Issiqxona ekinlarini yorug’likka talabi turlicha bo’lib u yetishtirish usullariga bog’liq. Bu belgilarga ko’ra himoyalangan yerdagi sabzavot o’simliklari quyidagi uch guruhga bo’linadi: 1) yorug’likka juda talabchan (minimal yorug’lik 5-6 ming lyuks va minimal yorug’likni davomiyligi ko’rsatilgan yorug’likni jadalligida sutkasiga 8-10 soat) – urug’ va ko’chat bilan yetishtiriladigan barcha ekinlar; 2) kam talabchan (sutkada 5-6 soat davomida 0,5-2 ming lyuks) – yetiltirish, tezlashtirib o’stirish va konservatsiya (o’sishdan to’xtab turish) qilinadigan barcha ekinlar, faqat uchinchi guruhga kiruvchi o’simliklardan tashqari; 3) yorug’liksiz yetishtiriladigan – tezlashtirib o’stirishga mo’ljallangan tsikoriy salati, rovoch va yetiltirib olinadigan sarsabil, romen-salati, porey-piyozi, gul va bryussel karamlari.
Eng minimal yorug’likda pomidorni o’sishi, gullashi va hosil berishi uchun – 5 ming lk, bodring uchun – 2,4 ming lk ni tashkil qiladi. Rediska, ismaloq, ukrop 4 ming lk yorug’likda o’sadi, piyoz bargini olish uchun – 1-2 ming lk kerak. Ko’chatlik fazada o’simliklar yorug’likka ayniqsa talabchandir. 25 kunlik bodring ko’chatlarini o’sishi va rivojlanishi uchun zarur minimal FFR (fotosintetik faol radiatsiya) – 3,9 ming lk, yoki 0,054 kal/sm2 min, 35 yoshlik ko’chatlar uchun – 3,3 ming lk, yoki 0,046 kal/sm2 min, 35 kunlik pomidor ko’chati uchun – 6,0 ming lk, yoki 0,084 kal/sm2 min, 50 yoshli uchun – 3,8 ming lk, yoki 0,053 kal/sm2 min tashkil qiladi.
Yorug’likni yetishmovchiligi o’simlik poyalarini bo’yiga cho’zilib va kelgusida bukilib egilib ketishiga olib keladi. Bunda ko’chatlar ochiq yerga ko’chirib o’tkazganda yetib qoladi. Past yorug’lik hosilni kamayishiga, mevalarni shakllanishini ushlab turishga va ularni tovarlik sifatini pasayishiga, mahsulot tarkibida qand va vitaminlarni kamayishiga olib keladi. O’simliklarni yorug’likdan unumliroq foydalanishi uchun har bir ekin uchun maqbul oziqlanish maydoni, o’simliklarga shakl berish usullarini, ekinlarni bag’azga olish usullarini tanlash zarur. Ekin o’stiriladigan inshootlarda yorug’lik sharoitlari yildagi davrlarga, inshootlarni konstruktsiyasiga (tuzilishiga), iqlim sharoitlarga va boshqalarga qarab o’zgaradi.
Quyosh yog’dusini davomiyligi (soat soni) faqat 2-3 marotaba ko’payishiga qaramasdan yozda tushadigan energiya miqdori qishdagiga qaraganda taxminan 10 marta kamroqdir. To’la bulutli vaqtlarda yer yuziga 20% gacha yorug’lik energiyasi yetib keladi. Quyosh radiatsiyasini spektral tarkibi mavsum va sutka davomida, ertalab, kechasi va qishda o’zgarib boradi, quyosh (nad gorizontom) ufqdan past turganda qizil va infraqizil, kunni yarmida va yozda – ultrabinafsha nurlari ko’proq bo’ladi.
O’zbekiston iqlimi serquyoshli va qisqa kunliroq bo’lishiga qaramasdan, quyosh yog’dusining davomiyligi Rossiyaning o’rta qismiga nisbatan yil davomida 1,5-2,0 marta, qish davrlarida – 3-4 marta, quyosh radiatsiyasining kattaligi esa 8-10 marta ko’proqdir.
Yorug’lik eng tanqis bo’ladigan oylar dekabr va yanvar hisoblanadi. Bu ikki oyda fiziologik faol radiatsiyaning gorizontal yuzaga tushadigan miqdori bo’yicha yevro-osiyo (materiki) qit’asi 8 ta yorug’lik mintaqalariga (0...7) bo’linadi. O’rta Osiyo va Zakav-kaziya yettinchi, Qrim va SHimoliy Kavkaz, Amur oldi va Uzoq SHarq – oltinchi, yorug’lik mintaqalariga mansub. Yettinchi yorug’-lik mintaqasida bodring va pomidor qishi bilan hosil berishi mumkin. Bodring ko’chatlarini oltinchi va yettinchi mintaqalarda hamda pomidorni yettinchi mintaqada elektr yordamida qo’shimcha yorug’likni qo’llamasdan tabiiy quyosh radiatsiyasi hisobiga yetishtirish mumkin. Boshqa mintaqalarda yorug’likka talabchan sabzavot o’simliklarini issiqxonalarda oktyabr-dekabr oylarida FFR yetishmasligi tufayli ko’chat usulisiz yetishtirish mumkin emas.
|
| |