-rasm. O‘yin metodikasiga ko‘ra guruhlangan ta’lim texnologiyalari




Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/42
Sana15.09.2024
Hajmi1,1 Mb.
#271175
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Bog'liq
16971144520507304daraja

2-rasm. O‘yin metodikasiga ko‘ra guruhlangan ta’lim texnologiyalari 
Shaxs ijtimoiy muhitdan uzilgan holda mavjud bo‘la olmaydi. Bola yoshligidan 
o‘yin, mehnat va o‘qish faoliyatlarini tengdoshlari bilan birgalikda tashkil etish asosida 
ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit bolaga borliqni anglash uchungina 
emas, balki o‘zligini anglash uchun ham imkoniyat yaratadi. Bolaning doimiy ravishda 
jamoa orasida bo‘lishi, uning jamoa ta’sirida shakllanishi unda ijtimoiy faollikni 
yuzaga keltiradi. 
Ta’lim jarayonida shaxsiy yo‘naltiruvchi yondashuv to‘g‘risida bevosita so‘z 
yuritilganda uning ta’lim oluvchilarning shaxsiy va yosh xususiyatlarini inobatga olgan 
holda asosiy tamoyillari ko‘rib chiqiladi: ta’lim mazmunining insonparvarlik 
g‘oyalariga asoslanishi; ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fanlarni pedagogik 
g‘oyalarga moslashtirilishi; ta’lim mazmunida o‘quvchilar o‘zlashtiradigan bilim, 
ko‘nikma va malakalar mohiyatining aks etishi; ta’lim mazmunining ijtimoiy-
pedagogik tajribalarga asoslanishi. 
Ma’lumki, har bir davr o‘zining muhim hayotiy sharoitlari, ehtiyojlari va faoliyati, 
o‘ziga xos qarama-qarshiliklari, psixikasining sifat xususiyatlari va psixik jihatdan 
xarakterli yangi sifatlarning hosil bo‘lishi bilan ajralib turadi. Har bir davr o‘zidan 
oldingi davr tomonidan tayyorlanib, uning asosida shakllanishi va o‘z navbatida, 
o‘zidan keyingi davrning paydo bo‘lishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Ta’lim va tarbiya jarayonida bolani rivojlanish muammosi psixologik markaziy 
masalalardan biridir. Ta’lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazariyalar ishlab 
chiqilgan bo‘lib, ulardan biri – P.Ya.Galperinning aqliy xatti-harakatlar, bilimlar, 
malaka va ko‘nikmalarni bosqichma bosqich rivojlantirish nazariyasi bo‘yicha 


14 
bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga: motivatsiya; 
tushuntirish; moddiy formadagi xatti-harakatlarni bajarish; baland ovozda xatti-
harakatlar va vazifalarni bajarish; bajariladigan xatti-harakatlarni ichki rejada ovoz 
chiqarmay bajarish; faoliyatni fikran bajarish kiradi. 
Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turlari ajratiladi: 
xatti-harakatlarni o‘zlashtirish xatolar bilan kechadi, berilayotgan material yetarli 
darajada anglanilmaydi, ta’lim oluvchi ta’limning asl mohiyatini tushunib yetmaydi; 
materialni nisbatan dadil va to‘la tushunilishi material bilan bog‘liq 
tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi; 
tez, samarador va bexato xatti-harakatlarni o‘zlashtirilishini ta’minlab beradi. 
O‘quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun fikrlash xususiyatlarini 
shakllantirish zarur. Fikrlash operatsiyalari asosida dars jarayoni faollashtiriladi. Bu 
o‘qituvchining “Nima uchun?”, “Qanday maqsadda?”, “Sabablari qanday?”, “Natija 
nima uchun shunday bo‘ldi?” singari savollarning muhokamasi orqali amalga 
oshirilishi mumkin. O‘qituvchilarni evristik, muammoli vaziyatlarga tortish, tanqid, 
gumon holatlarini muhokama qilish, ulardagi muammolarni mustaqil holda topish va 
ularni yechish uchun o‘z loyihalarini tuzish va himoya qilish o‘quvchilar tafakkurining 
ma’nodor va unumdor bo‘lishiga xizmat qiladi. 
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi 

Download 1,1 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. O‘yin metodikasiga ko‘ra guruhlangan ta’lim texnologiyalari

Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish