• Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
  • “Pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari”
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi




    Download 1,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/42
    Sana15.09.2024
    Hajmi1,1 Mb.
    #271175
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
    Bog'liq
    16971144520507304daraja

    Tadqiqot 
    natijalarining 
    aprobatsiyasi. 
    Mazkur 
    tadqiqot 
    natijalari
    2 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan. 
    Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. 
    Tadqiqot doirasida jami 12 nomdagi 
    ilmiy ish, jumladan, O‘zbekiston Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik 
    dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda
    8 ta ilmiy maqola, jumladan, 3 tasi respublika va 5 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan. 
    Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. 
    Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob
    xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiya 
    hajmi 128 betni tashkil etadi. 
     
    DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI 
     
    Kirish
    qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning 
    maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti aniqlangan, ishning O‘zbekiston Respublikasida 
    fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, 
    tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, natijalarning ishonchliligi, nazariy 
    hamda amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, nashr etilgan ishlar, 
    shuningdek, dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. 


    10 
    Dissertatsiyaning birinchi bobi 
    “Pedagogik ta’lim texnologiyalaridan 
    foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari”
    deb nomlangan bo‘lib, unda umumta’lim 
    maktablarida 
    shaxsga 
    yo‘naltirilgan 
    pedagogik 
    ta’lim 
    texnologiyalaridan 
    foydalanishning nazariy-metodologik asoslari, umumta’lim maktablarida shaxsga 
    yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalardan foydalanishning dolzarb muammolari, 
    umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyalaridan 
    foydalanish mexanizmini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik jihatlari o‘rganildi. 
    Ma’lumki, zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra 
    shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va uning mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash 
    qobiliyatlarini takomillashtirish talab qilinmoqda. Ana shu maqsadga mos pedagogik 
    sharoitlar va imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim 
    deb nomlanadi. 
    Bu ta’lim o‘qitish muhitining o‘quvchi imkoniyatlariga moslashtirilishini, unga 
    ko‘ra ta’lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim hamda tarbiya jarayonini 
    to‘laligicha o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, qobiliyatini 
    rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini ta’minlash, tafakkuri va 
    dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi. Shunday ekan, sog‘lom va har tomonlama 
    barkamol avlodni tarbiyalash maktab ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning 
    saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, uning yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash 
    ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir. O‘qituvchi pedagogik jarayonni boshqarar 
    ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo‘lishi lozim. Shundagina o‘qituvchi 
    pedagogik hodisalarning mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat metodi, kasb 
    va texnologiyasini hamda professional pedagogikani tushunib yetadi. Pedagogik bilim 
    va mahorat egasi bo‘lgan o‘qituvchi, avvalo, pedagogika fanining metodologik 
    asoslarini, shaxs rivojlanishining qonuniyatlari va omillarini, “Ta’lim to‘g‘risida” 
    Qonunning mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi kerak. Shu sababli ular o‘z 
    mahoratlarini uzluksiz oshirishlari, bugungi kunning yuksak talablariga mos 
    zamonaviy bilim va tajribalarni o‘zlashtirishlari, ijodiy mehnat qilishlari lozimdir. 
    Qator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir-biriga 
    bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganib kelindi va u turli faoliyat doirasida edi. Bugungi 
    kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda keng 
    imkoniyatlar tug‘ildi. Nazariya va amaliyot birligining ta’minlanayotganligi pedagogik 
    texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yo‘l ochmoqda. 
    Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaga pedagogika fanining alohida 
    tarmog‘i sifatida qarash yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan 
    tizim, deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy 
    izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yo‘nalishlarini aniqlaydi. Bu yerda 
    izlanishning mohiyati – pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni o‘rganish 
    asosida modernizatsiya qilishdan iboratdir. Sababi, har qanday o‘quv-tarbiyaviy 
    jarayonni tashkil etish u yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi. Demak, pedagogik 
    texnologiya – amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning 
    loyihasidir. 
    Pedagogik tizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisi 
    bo‘lib, shaxsdagi muayyan sifatlarni shakllantirishga pedagogik ta’sir etishni 


    11 
    maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi (1-rasmga qarang). Binobarin, har bir 
    jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos ravishda 
    pedagogik tizim mavjud bo‘lishi kerak. Agar maqsad o‘zgarsa, tizim ham o‘zgarishi 
    shart. 

    Download 1,1 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




    Download 1,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

    Download 1,1 Mb.
    Pdf ko'rish