• Pedagogik mahorat kompetensiyasi Тажриба гуруҳи Назорат гуруҳи yuqori o‘rta past Tajriba guruhi Nazorat guruhi
  • -rasm. Umumta’lim maktab o‘qituvchilarining shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim




    Download 1,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/42
    Sana15.09.2024
    Hajmi1,1 Mb.
    #271175
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
    Bog'liq
    16971144520507304daraja

     
    6-rasm. Umumta’lim maktab o‘qituvchilarining shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim 
    texnologiyasidan foydalanish borasidagi BKM darajasi
    0
    20
    40
    60
    80
    100
    120
    140
    юқори
    ўрта
    паст
    Pedagogik mahorat kompetensiyasi
    Тажриба гуруҳи
    Назорат гуруҳи
    yuqori 
    o‘rta 
    past 
    Tajriba guruhi 
    Nazorat guruhi 


    22 
    Hosil bo‘lgan ko‘rsatkich qiymatlari “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxsga 
    yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalardan foydalanish” nomli trening dasturi 
    g‘oyalarining amaliyotga mosligi va maxsus metodika samaradorligini baholovchi 
    mezonning birdan hamda respondentlar tomonidan umumta’lim maktablarida shaxsga 
    yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanish borasidagi bilim, 
    ko‘nikma hamda malakalarning shakllanganlik darajasini baholash mezonining noldan 
    kattaligini tasdiqlaydi. Ya’ni, tajriba guruhida qayd etilgan natijalar nazorat guruhi 
    natijalaridan 15,6 % ga yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi.
    Demak, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik 
    texnologiyalar asosida dars jarayoniga kiritilgan o‘zgarishlarning maktab 
    o‘qituvchilarining pedagogik faoliyati va o‘quvchilarning ta’lim samaradorligiga 
    ta’sirini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari samarador ekanligi statistik 
    tahlildan ma’lum bo‘ldi. 
     
    XULOSA 
     
    “Umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim 
    texnologiyalaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish” mavzusida olib 
    borilgan ilmiy-nazariy va uslubiy-amaliy tadqiqotlar natijasida quyidagi nazariy va 
    amaliy ahamiyatga ega xulosalarga kelindi: 
    1. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining qobiliyatlari, xohish-istaklari, 
    qiziqishlari, ijtimoiy-psixologik jihatlarini e’tiborga olib, shaxsga yo‘naltirilgan 
    pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mexanizmlarini joriy etish orqali 
    maktab o‘qituvchilari pedagogik faoliyatining samaradorligini ta’minlash mumkinligi 
    aniqlangan.
    2.Umumiy o‘rta ta’lim tizimida davr talablariga to‘la javob bera oladigan, 
    raqobatbardosh va malakali pedagog kadrlarga ortib borayotgan ehtiyoj, ularning 
    pedagogik kompetensiyalarini doimiy takomillashtirib borish zaruratini yuzaga 
    keltirmoqda. Shundan kelib chiqib, shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim 
    texnologiyalarini dars jarayoniga tatbiq etish orqali umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quv 
    jarayoni mexanizmlari takomillashtirilgan. 
    3.Atrof-muhitning tarkibiy xususiyatlari va shaxsni rivojlantirish omillarining 
    o‘zaro bog‘liqligi tizim sifatida shaxsni rivojlantirish mezonlarining ikkita modelini 
    shakllantirishga imkon berishi aniqlangan: birinchi model standartga rioya qilish, 
    qoniqish, quyi tizimlarni ishlab chiqish, optimallashtirish yo‘nalishi bo‘yicha tuzilmani 
    rivojlantirish, yutuqlarning o‘sishi kabi mezonlar bilan bog‘liq; ikkinchi model shaxsni 
    rivojlanishiga yo‘naltirish mezonlari bilan tavsiflangan. 
    4.Tadqiqot natijasida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyalarini 
    ishlab chiqish va amalga oshirishda qo‘llaniladigan asosiy bosqichlarni shakllantirish 
    uchun asos yaratilgan: tashxis, ijobiy rivojlanish ko‘rsatmalariga asoslangan yangi 
    muhitni loyihalash; olingan loyihani dars mavzusiga muvofiqligini tahlil qilish; 
    shaxsni rivojlantirishga erishish uchun vositalarini ishlab chiqish; amalga oshirish
    nizoli vaziyatlarni aniqlash va bartaraf etish.


    23 
    5.Umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim 
    texnologiyalaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish modelining maqsadli, 
    texnologik va nazorat komponentlarini kompetensiyaviy, innovatsion, integrativ
    diagnostik, refleksiv yondashuvlar asosida amaliyotga joriy etish mazkur jarayonning 
    natijaviyligini ta’minlagan.
    6.Ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltiruvchi yondashuv asosida ta’lim 
    oluvchilarning shaxsiy va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim 
    mazmunining insonparvarlik g‘oyalariga asoslanishi, ta’lim muassasalarida 
    o‘qitiladigan fanlarni pedagogik g‘oyalarga moslashtirilishi, ta’lim mazmunida 
    o‘quvchilar o‘zlashtiradigan bilim, ko‘nikma va malakalar mohiyatining aks etishi, 
    ta’lim mazmunining ijtimoiy-pedagogik tajribalarga asoslanishi kabi tamoyillar 
    shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mexanizmini 
    takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.
    7.Tadqiqot maqsadini amalga oshganlik darajasini o‘rganish, umumta’lim 
    maktab o‘qituvchilarining o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishda shaxsga 
    yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda dars jarayonining 
    tashkiliy-pedagogik bosqichlarini takomillashtirish yo‘nalishida o‘tkazilgan tajriba-
    sinov ishlari ijobiy natija berdi. Ta’lim sifati oshdi, yuqori o‘quv natijalariga erishildi. 
    Tajriba sinov yakunida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyalarini
    takomillashtirishga
    qaratilgan taklif, tavsiya va model asosida umumta’lim maktab 
    o‘qituvchilarining kasbiy faoliyati samaradorligida ijobiy dinamika ta’minlanganligi 
    kuzatilgan.

    Download 1,1 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




    Download 1,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Umumta’lim maktab o‘qituvchilarining shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim

    Download 1,1 Mb.
    Pdf ko'rish