3-rasm. Umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish modeli
Biz
taklif
etayotgan
shaxsga
yo‘naltirilgan
ta’lim
modeli
N.A.Alekseyev
tomonidan
ishlab
chiqilgan
tamoyillarga
asoslanadi
(4-rasmga qarang).
17
4-rasm. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish mexanizmi
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning asosiy tamoyillaridan biri o‘quvchining
individualligini tan olish, uning rivojlanishi uchun zarur va yetarli sharoitlarni
yaratishdir.
Shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyasi har bir ta’lim oluvchining
subyektiv tajribasiga, uni tahlil qilish, taqqoslash, ushbu tajribaning maqbul
mazmunini tanlashga maksimal darajada tayanish va o‘quvchining shaxsiy (individual)
tajribasini “madaniylashtirish”ni nazarda tutadi. Masalan, adabiyot darsida xorijiy
yozuvchilarni o‘rganayotganda, avval o‘quvchilar ushbu yozuvchi haqida qanday
ma’lumotga (kim, qaysi davrda yashab o‘tgan, qanday asarlari mavjud) ega
ekanliklarini bilib olgandan so‘ng, har bir ta’lim oluvchining javoblarini taqqoslab,
ularni tahlil qilib, keyin umumlashtirgandan so‘ng, olimning ismini aniq aytaman
(ko‘pincha o‘quvchilar uni o‘zlari topadilar). O‘quvchining shaxsiy tajribasini hisobga
olgan holda shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
ishlari tizimli va maqsadli amalga oshirilishi kerak.
Dars jarayonida o‘quvchining subyektiv imkoniyatlarini hisobga olgan holda dars
jarayoni uchun didaktik materialni ishlab chiqishda quyidagilarga amal qilnishi tavsiya
qilamiz: o‘quvchining dars materialining turi va shakliga qarab ma’lumotni
18
o‘zlashtirilishiga nisbatan shaxsiy (individual) ehtiyojini aniqlash; bilimlarni
o‘zlashtirishda o‘quvchiga didaktik materialni tanlash erkinligini berish; o‘quv
materialini o‘rganishning turli usullarini aniqlash, turli bilim vazifalarini hal qilishda
ulardan muntazam ravishda foydalanish.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning yakuniy maqsadi o‘quv jarayonini oqilona
tashkil etish orqali shaxsning ta’limiy salohiyatini kognitiv, emotsional va xulq-atvor
sohalarini inobatga olgan holda ta’minlashdir. Ta’limiy salohiyat shaxsning keyingi
rivojlanishi uchun ma’lum kafolatlar yaratadi, chunki faqat aqliy salohiyat va uning
turli xil zaxira fondlari shaklida shaxsda to‘planishi (ma’naviy boylik) hayotiy
xavflarni cheklashi va yengib o‘tishiga imkon beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tizimida dars
samaradorligini belgilovchi mezonlarga quyidagilarni kiritish mumkin: muammoli
topshiriqlardan foydalanish; o‘quvchilarga ta’lim texnologiyasining turi, shakli va
usullarini mustaqil tanlash imkonini beradigan vazifalardan foydalanish; dars
davomida barcha o‘quvchilarda ijobiy emotsional munosabat hosil qilish; dars oxirida
o‘quvchilar bilan nafaqat ular o‘rgangan (o‘zlashtirgan), balki nimani yoqtirgan
(yoqtirmagan) va nima uchun ekanligini, ular yana nima qilishni xohlashadi va yana
nima qilish kerakligini muhokama qilish; o‘quvchilarni topshiriqlarni bajarishning turli
usullarini tanlash va mustaqil foydalanishga undash; o‘quvchining to‘g‘ri javobinigina
emas, balki uning qanday mulohaza yuritganligi, qaysi usuldan foydalanganligi, uning
BKM rivojlanishidagi taraqqiyot dinamikasi qanday ekanligini tahlil qilish; dars
oxirida o‘quvchiga qo‘yilgan baho hech bo‘lmaganda to‘g‘rilik, mustaqillik, o‘ziga
xoslik kabi parametrlarga asoslanishi kerak; uy vazifasi berilayotganda nafaqat
topshiriq mavzusi va ko‘lami aytiladi, balki uy vazifasini bajarishda o‘quv jarayonini
qanday qilib oqilona tashkil qilish kerakligi batafsil tushuntiriladi.
O‘qituvchi shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyasini tanlashda
o‘quvchilarning materialni o‘zlashtirishdagi individual xususiyatlarini (ko‘rib, eshitib
yoki ushlab ko‘rib axborotni qabul qilish oson), berilgan vazifaga individual (ba’zilari
ma’lum bir materialning barcha belgilarini tez va oson tushunishadi va saqlab
qolishadi, boshqalari faqat asosiy g‘oyani ajratishga moyil) yondashuvni, vazifa turini
tanlashda shaxs ehtiyoj va talablarini (ba’zi o‘quvchilar g‘oyalarni ilgari suradilar,
boshqalari bu g‘oyalarni asoslaydilar, ayrimlari ularni amalda amalga oshiradilar, ya’ni
zarur hisob-kitoblarni amalga oshiradi va hokazo) inobatga olish lozim.
Dissertatsiyada shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modeli, birinchi navbatda, bolaga
ta’lim jarayonida ko‘proq tanlov erkinligini beradi. Bu yerda o‘quvchi o‘qituvchining
tanlagan uslubiga moslashishi emas, balki o‘qituvchi turli xil ta’lim texnologiyalarini
egallagan bo‘lib, o‘zining texnika va ish usullarini bolaning ta’limiy bilim olish uslubi
bilan muvofiqlashtirilgan.
Modelning barcha tarkibiy qismlari uning tegishli komponentini aks ettiruvchi
aniq natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bu salbiy omillarni sekinlashtirishni,
jamiyat zaxiralari, subyektning shaxsini mustahkamlash va ulardan foydalanishni,
o‘quvchilarni rag‘batlar ko‘magida to‘g‘ri yo‘lga solish, tarbiyalash, ijobiy rag‘batlarni
kuchaytirish va faollashtirishni nazarda tutilgan.
19
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modeli faoliyatining natijasi ta’lim oluvchining
moslashtirilgan shaxsiyati, o‘zini faoliyatda anglashi, o‘zini takomillashtirishga
intilishiga olib kelishi aniqlangan.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va shaxsiy rivojlanishning semantik modeli maqbul
holatga erishishga qaratilgan (ta’lim ehtiyojlarini qondirish uchun) jarayon sifatida
tushuniladi. Shu bilan birga, rivojlanishni mavjud ko‘rsatmalarini hisobga olgan holda
istiqbollarni belgilash uchun sharoit yaratish deb hisoblash mumkin.
Dissertatsiyaning “
|