1-rasm. Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari
Mazkur bobning keyingi paragraflari umumta’lim maktablarida shaxsga
yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb muammolari,
shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalaridan foydalanish mexanizmini
takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik jihatlariga bag‘ishlandi.
12
So‘nggi yillarda pedagogik ta’lim tizimining rivojida bir qator asosiy an’analar
ko‘zga tashlanmoqda. Ular:
qayta markazlashtirish an’analari bilan bog‘liq mintaqaviy ta’lim tizimining
rivojida yangi tashkiliy-boshqaruv mexanizmlari shakllandi;
pedagogik kadrlarni tayyorlashning ko‘p darajali tizimini tashkil etish yo‘lida
keng ko‘lamli pedagogik tajribalar olib boriladigan oliy pedagogik ta’lim
muassasalari – pedagogik universitetlarning yangi modeli tashkil etildi;
yangi tipdagi ta’lim muassasalarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq holda
pedagogik yo‘nalish mutaxassislari mehnatining mazmuni va xarakteri o‘zgarmoqda;
ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda o‘zgarishlarning ro‘y berishi iqtisodiy nuqtai
nazardan asoslangan va aniq maqsadga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlarni ishlab
chiqilishini taqozo etmoqda;
ta’lim sohasida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim bo‘g‘inlarida
mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlar doirasida nazoratsiz va
boshqarilmaydigan axborot jarayonlarini jiddiy tahlil etish zaruriyati yuzaga keldi.
Xalq ta’limi oldida turgan muammo – sifatli bilim berishgina emas, balki ularni
hal etish borasidagi ijtimoiy buyurtmani ham o‘zgartirishni talab qiladi. Juda ko‘plab
fundamental va amaliy fanlarni qayta yo‘naltirish shunga olib keldiki, endilikda
mazkur fanlarning ilmiy obyektlari, eng avvalo, ularning inson hayotidagi ahamiyati,
u tomonidan tashkil etiluvchi hayotiy faoliyat mohiyati, shaxsni shakllantirish
jarayonida ular tomonidan bajariladigan vazifalar nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Bu o‘z
navbatida ko‘p jihatdan pedagogik ta’lim tizimida jismoniy madaniyat, harakatning
ahamiyatini tushunishni taqozo etadi.
Zamonaviy sharoitda o‘quvchilarning ta’lim olish faolliklarini kuchaytirish,
o‘qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion
xarakterga ega pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunda amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, masofali o‘qitish,
blended learning (aralash o‘qitish) va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari
sifatida e’tirof etilmoqda.
O‘quv faoliyatining asosiy motivi – bu o‘quv-bilish motivi bo‘lsa, o‘quv
faoliyatining eng muhim motivatsiyasi esa o‘quvchida o‘zi tanlagan va asoslarini
o‘zlashtirayotgan kasbga bo‘lgan qiziqishi sanaladi. Ta’lim oluvchi o‘quv jarayonidagi
egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalaridan hissiy jihatdan qoniqa olishi lozim. Bu
vazifani hal qilishda o‘qitish jarayonida o‘yinli texnologiyalardan foydalanish alohida
ahamiyat kasb etadi (2-rasmga qarang). O‘yinli texnologiyalar, shuningdek,
o‘quvchilarning ijodiy qobiliyati va kreativ tafakkurini o‘stiradi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida pedagogik texnologiyalardan foydalanish
o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash samaradorligini ta’minlash bilan birga,
ularda ta’lim dasturlarini mustaqil ravishda loyihalashtira olish va ularni amaliyotga
muvaffaqiyatli tatbiq etish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Maktab bitiruvchisining
salohiyati u tomonidan to‘plangan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashdangina
iborat bo‘lib qolmay, balki, mavjud bilimlaridan turli murakkab hayotiy vaziyatlarda
maqbul yo‘l va samarali metodlarni tanlashda foydalana olishi muhim sanaladi.
|