15
Pedagogik faoliyatning aynan qanday shakllarda tashkil etilishi shaxsga yo‘naltirilgan
pedagogik texnologiyalarining ta’lim jarayoniga tadbiqi darajasini belgilab beradi.
Xususan, J.G‘.Yo‘ldoshev hamda S.A.Usmonovlar bu o‘rinda quyidagi dars
shakllarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining asosiy ko‘rinishlari
sifatida e’tirof etadilar: sho‘ng‘ish darsi;
musobaqa darsi; konsultatsiya darsi; ijod
darsi; sinov darsi; shubha bildirish darsi; ijodiy hisobotlar darsi; umumlashtirish darsi;
ilmiy-fantastika darsi; haqiqatni izlash darsi; “Paradokslar” darsi; seminar darsi;
ekskursiya darsi.
Mualliflarning fikrlariga qo‘shilgan holda, sanab o‘tilgan pedagogik ta’lim
texnologiyalari shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar shakllarini to‘la
ifodalamaganligini aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Bizning fikrimizcha, yuqorida
qayd etilgan majmuani quyidagi pedagogik ta’lim texnologiya shakllari bilan to‘ldirish
lozim:
muammoli darslar; dasturli o‘qitish; trening darslari; bahs-munozara darslari;
loyiha darslari; namoyish (taqdimot) darslari; rolli (yoki ishbilarmonlik) o‘yin darslari;
anjuman darslari.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim nazariyasi va amaliyotida shaxsiy faoliyatning kognitiv,
emotsional va xulq-atvor mexanizmlarining o‘zaro ta’sirini inobatga olishning ahamiyati
tobora ortib bormoqda. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv doirasida o‘qitishning har bir
bosqichining vazifalaridan kelib chiqib, ta’lim oluvchilarning kognitiv, emotsional va xulq-
atvorlariga qarab ta’sir ko‘rsatishning ba’zi usullaridan foydalanish muhimdir. Jumladan,
darsning bir bosqichida dinamik yondashuv foydali bo‘lib, ta’lim oluvchining bilim
doirasini kengaytiradi, boshqa bosqichda – xulq-atvorning yangi, konstruktiv harakatlarni
rivojlantirishga yordam beradi.
Shaxsga yo‘naltirilgan pedagogikaning mavjud modellarini uchta asosiy guruhga
bo‘lish mumkin: ijtimoiy-pedagogik, didaktik, psixologik.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasiga ko‘ra, har bir o‘quvchi o‘ziga xos
xususiyatlar, qadriyatlarga, atrofdagi dunyoga munosabatga, subyektiv tajribaga ega
bo‘lgan shaxsiy ta’lim makonining faol subyektidir. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv
sharoitida har bir o‘quvchi o‘qituvchiga noyob hodisa sifatida ko‘rinadi. O‘qituvchi
har bir o‘quvchiga o‘z salohiyatini ro‘yobga
chiqarishga, o‘quv maqsadlariga
erishishga va shaxsiy ta’lim trayektoriyasini rivojlantirishga yordam beradi (3 - rasmga
qarang).
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modeli o‘quvchiga ta’lim jarayonida tanlov
erkinligini ta’minlaydi. Uning doirasida o‘qituvchining belgilagan uslubiga mos
keladigan o‘quvchi emas, balki o‘qituvchi turli xil texnologik vositalarga ega bo‘lib,
uning texnikasi va ish usullarini bola ta’limining bilim uslubi bilan muvofiqlashtiradi.
Oxir-oqibat ta’lim natijalari bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarda namoyon bo‘lishini
anglab, ularning
ahamiyatini kamaytirmasdan, shaxsga yo‘naltirilgan yangi
didaktikaning
markazi
qobiliyatlarni
va
kognitiv
strategiyalarni,
qiymat
yo‘nalishlarini, o‘z-o‘zini tushunishni rivojlantirish bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz.
Aynan shu didaktik tamoyillar ta’limni shaxsga yo‘naltirilganligini ifoda qiladi.
Shundan kelib chiqib, biz dissertatsiyamiz doirasida umumta’lim maktablarida
shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mexanizmini
quyidagicha takomillashtirdik (3-rasmga qarang).