|
Umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilganBog'liq 16971144520507304darajaUmumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan
pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish
bo‘yicha tajriba-sinov ishlari
” nomli uchinchi bobida umumta’lim maktablarida
shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mexanizmini
takomillashtirishga oid tajriba-sinov ishlarining mazmuni, natijalarining qiyosiy va
statistik tahlili berildi.
Umumiy
o‘rta
ta’lim
tizimida
shaxsga
yo‘naltirilgan
pedagogik
texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqot ishini olib borishda
asosiy e’tibor zamonaviy sharoitda pedagoglarning ta’lim mazmunini yangilash, uning
sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishdan iborat ijtimoiy-pedagogik ehtiyoj
mohiyatini anglay olishlari, shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalardan
xabardorliklari hamda ularni kasbiy faoliyatlari jarayonida samarali qo‘llay olish
malakasiga egaliklarini aniqlashga qaratildi.
Tadqiqotni olib borish davrida asosiy e’tibor amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya
etilayotgan maxsus dastur va metodikani sinovdan o‘tkazish maqsadida tajriba
maydonlarining tanlanishi, tajriba maydonlarida sinov ishlarini tashkil etish uchun
zarur shart-sharoitni yaratishga qaratildi. Tajriba maydonlari sifatida quyidagi
obyektlar tanlandi: Toshkent, Farg‘ona va Andijon viloyatlari umumta’lim
maktablari.
Shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tajriba maydonlarida tashkil etiladigan sinov
ishlarini olib borish uchun ikkita, ya’ni tajriba va nazorat guruhlari shakllantirildi.
Buning sababi sinov uchun taqdim etilayotgan maxsus dastur va metodikaning
samaradorligini qiyosiy o‘rganish uchun sharoit yaratish zarurligi bilan izohlanadi.
Chunki, tajriba guruhlarida dissertant tomonidan “tanlangan muammoning yechimini
kafolatlay oladi” - degan yondashuv asosida ishlab chiqilgan umumiy o‘rta ta’lim
tizimida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalardan foydalanishga doir
maxsus dastur va metodika sinovdan o‘tkazilsa, nazorat guruhlarida esa odatiy,
an’anaviy tarzda mavjud o‘quv dasturlariga muvofiq ish olib borildi. Sinov ishlari
yakuniga yetgach har ikki guruh respondentlari tomonidan qayd etiladigan
ko‘rsatkichlar o‘zaro qiyoslandi.
Mazkur shartni qanoatlantirish va sinov ishlarini olib borish uchun tajriba hamda
nazorat guruhlariga respondentlar jalb etildi. Shunga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim
tizimida
shaxsga
yo‘naltirilgan
pedagogik
texnologiyalardan
foydalanish
muammosining yechimini topish maqsadida shakllantirilgan guruhlarga jami 440 nafar
respondent jalb etildi. Sinov ishlariga jalb etilgan jami respondentlar o‘zaro tenglik
tamoyiliga ko‘ra tajriba va nazorat guruhlariga biriktirildilar. Natijada tajriba
maydonlaridagi tajriba va nazorat guruhlarida quyidagi holat vujudga keldi (1-jadval):
|
| |