3.1. ALT klassifikatsiyasi
ALTni klassifikatsiyalash asosida quyidagi asosiy masalalar yig„iladi:
− o„rnatilgan klassifikatsiya belgilari majmui bo„yicha ALTning yiriklashgan formallashgan
bayonini shakllantirish;
− sanoat va qurilish tarmoqlarining tashkilotlarida yaratilayotgan ALTlarni belgilash;
− ALTni yaratish va rivojlantirish jarayonida loyihalashni avtomatlashtirish darajasi,
loyihalashning avtomatlashtirilishi kompleksliligi va ALTning boshqa ko„rsatkichlari qiyma
tlarini
oshirishni rejalashtirish;
−
ALTni yaratish, funktsiya qilishi va rivojlanishi jarayonini mutaxassislar,
texnikaviy
vositalar, energiya,
informatsiya, moliya va boshqa resurslar bilan ta‟minlashning texnikav
iy
asoslangan me‟yorlarini ishlab chiqish uchun shartlarni berish.
GOST 23501.108-85 ga muvofiq ALTning formallashgan bayonini
− standart o„rnatgan klassifikatsiya belgilari bo„yicha ALT klassifikatsion
guruhlarining
kodlarini;
− klassifikatsion guruhlar nomlarini (keltirilgan kodlarga muvofiqligini);
− har bir klassifikatsion guruh kodi qaysi klassifikator, standart
yoki metodikaga muvofiq
aniйlanganligi bo„yicha ko„rsatmalarni o„z ichiga oladi.
ALTni quyidagi belgilar tavsiflaydi: turi, xili (raznovidnost), loyihalash ob‟yektining
murakkabligi; loyihalashni avtomatlashtirishning kompleksliligi;
tayyorlanadigan loyihaviy
hujjatlarning xarakteri va soni ALT texnikaviy ta‟minoti turidagi darajalar soni.
Uchta birinchi belgilar loyihalash ob‟yektining xususiyatlarini aks ettiradi, keyingi to„rttasi
tizimning
imkoniyatlarini, sakkizinchi belgi esa – ALT texnikaviy bazasining xususiyatlari
ni
ifodalaydi. Muayyan ALT haqida umumiy tushunchaga ega bo„lish
uchun u sanalgan belg
ilar
bo„yicha baholangan bo„lishi kerak. Ularni batafsil ko„rib chiqamiz.