Vitamin B12 ozuqa preparatlari
B12 vitamin tarkibida 3 valentli kobalt va boshqa radikallar bilan almashaoladigan omin hamda sian
gruppalarini saqlaydi. Bu vitamin suyakiligida qon yaxshilaydi, aminokislotalar va azot birikmalari
sintezida qatnashadi. Bu vitamin o‘simliklarda uchramaydi va uni inson va hayvon etkazib beradigan
yagona manba-bu mikroorganizmlardir. Bu vitaminni sanoat miqyosida ishlab-chiqarish uchun
mikroorganizmlarni mahsus tanlangan biotsenozi o‘stiriladi. Bu biotsenoz issiq metan big‘ish reaksiyasini
amalga oshirib, tarkibida sellyulozo parchalovchi, ammonifikatsiya qiluvchi, karbonsuvlarni big‘ituvchi,
sulfit qaytaruvchi va metan hosil qiluvchi bakteriyalar bor. Bu mikroorganizmlarni fermentatsiyasini
birinchi bosqichida (10-12 kun davomida) termofil ammonifikatorlarni va karbonsuvlarni bijituvchi
mikroorgaizmlarni jadal rivojlanishi kuzatiladi, bu jarayon past nordon sharoitda (pH 5,0-7,0) o‘tadi. Bu
biotsenozni boshqa guruh qatnashchilari bijish ishqoriy sharoitida (pH 7,0-8,5) o‘tganda rivojlanadi. Bu
davrda metan hosil qiluvchi bakteriyalar ko‘proq kuzatiladi. Ular biotsenozni boshqa ishtirokchilariga
qaraganda B12 vitaminini 4-5 marotaba ko‘proq sintez qiladilar. Metan hosil qiluvchi bakteriyalarni jadal
rivoji uchun asosiy substrat bo‘lib yog‘ kislotalari va tuban spirtlar hisoblanadi, shuning uchun ham bu
moddalarni ozuqa muhiti tarkibiga kiritilishi vitamin sintezini kuchaytiradi.
Ozuqa muhiti tayyorlash uchun odatda atsetono-butanol ishlab chiqarishidan qolgan bardadan
foydalaniladi. Barda tozalanib, unga koblt xlorid (4 g /m3) va 0,5 % metanol qo‘shiladi.
-6,5 gacha nordonlashtiriladi va unga 0,20-0,25 % sulfit natriy solinadi.
50-rasm. B12-vitamini konsentratini metan hosil qiluvchi aralash kulturalar yordamida olishning
texnologik chizmasi:
1-barda yig‘gich; 2-barda uchun nasos; 3-barda dekantatori; 4-quyiltirilgan bardani yig‘gich; 5-barda
dekantatorini yig‘gich; 6-barda dekantatori uchun nasos; 7-barda dekantatorini sovutish uchun muzlatgich;
8-metanolni yig‘ish uchun ulchamli idish; 9-metanolni me’yorlovchi nasos; 10-kobolt xlorid eritmasini
o‘lchovli yig‘gich; 11- kobolt xlorid eritmasini me’yorlovchi nasos; 12-metanli bijg‘ish uchun fermentator;
13-metanli brajka uchun nasos; 14-xlorid kislota uchun o‘lchovli yig‘gich; 15-xlorid kislota uchun
me’yorlovchi nasos; 16-natriy sulfid eritmasi uchun o‘lchovli yig‘gich; 17-natriy sulfid uchun
me’yorlovchi nasos; 18-metanli brajka, xlorid kislota va natriy sulfidni aralashtirgich; 19-yog‘
Bakteriyalarni sanoat sharoitida o‘stirish uchun dastlab ekuv meteriallari (250 m3 xajmli
apparatlarda) tayyorlab olinadi (15-20 kun mobaynida), keyin ekuv materiallari temir betondan yasalgan
xajmi 4200 m3 bo‘lgan fermenterlarga yuboriladi, mana shu joyda metanli bijg‘ish jarayoni o‘tadi. Yangi
tayyor bo‘lgan barda fermenter xajmidan 25-30 % lik miqdorda har kuni fermenterni tagiga yuborib
turiladi. B12 vitamini saqlagan suspenziya fermenterni tepa qismidan olib turiladi. Ishchi sikl davomida
fermenterdagi pH, uchuvchan yog‘ kislotalarini miqdori, ammoniyli azotni miqdori nazorat qilib turiladi
va doimiy ravishda harorat 55-570 c oralig‘ida ushlab turiladi. Bijg‘ish jarayonida 65% metan va 30% SO2
dan iborat bo‘lgan gaz aralashmasi hosil bo‘ladi va u issiqlik manbai sifatida ishlatilishi mumkin.
Fermentatsiya mahsuloti sifatida hosil bo‘lgan tayyor kultural suyuqlik, odatda 2,0-2,5 % quruq
modda va 1,1 – 1,7 mg/l B12 vitamini saqlaydi. quritish jarayonida vitamin parchalanib ketmasligi uchun
kultural suyuqlik xlorid yoki fosfor kislotasi yordamida pH 6,3.
SHunday qilib, tayyorlangan kultural suyuqlik, gazsizlantiriladi, vakuum – bug‘lantirgich
usqurmasida quyultirilib, purkagich - quritgichlar yordamida quritiladi (5-10% namlik qolguncha).
Tayyor mahsulotni fizikaviy xususiyatlarini yaxshilash maqsadida, kepak yoki makkajo‘xori uni
qo‘shib aralashtiriladi. 25-30 kg dan polietilen qoplarga solib qoplanadi va qog‘oz qopga solinadi. Tayyor
ozuqa preparatida B12 vitamini eng kamida 2,5 mg% bo‘lishi kerak, preparat 1 yil mobaynida quruq va
salqin joyda saqlanadi. Rossiyada chiqadigan preparat KMB–12 (konsentrat mikrobno‘y vitamin) deb
yuritiladi. Bu preparatda shuningdek B guruhiga kiruvchi boshqa vitaminlar va almashmaydigan
aminokislotalar ham bor.
|