|
ta’minlash korporativ boshqaruv kodeksining asosini tashkil qiladiBog'liq Korporativ siyosat pdfta’minlash korporativ boshqaruv kodeksining asosini tashkil qiladi.
Korporativ boshqaruv kodeksining asosiy tarkibini (3-ilovaga
qaralsin), odatda, tashkilotga tegishli tavsiyalar, korporativ
boshqamv
tamoyillari va eng maqbul mexanizm sifatida qaraladigan direktorlar
kengashining (kuzatuv kengashining) faoliyat texnologiyalari tashkil
qiladi. Bu tavsiyalar direktorlar kengashining quyidagi faoliyat
jihatlarini qamrab oladi:
26
- direktorlar kengashining maqsad va vazifalarini, jumladan,
kompaniyaning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqilishidagi asosiy
rolini va uni menejment tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilishni;
- direktorlar kengashi a’zolarini tanlash, tayinlash va bo‘shatish
tartib-qoidalarini;
-direktorlar kengashi a’zolari (umuman, kompaniya menejmentiga
oid va aksiyadorlaming manfaatlarini ifodalovchi xolis kengash a’zolari)
0
‘rtasida funksional vazifalami taqsimianishini belgilash va ta’minlash;
- direktorlar kengashi a’zolarining vakolat va majburiyatlarini;
- direktorlar kengashi bo'linmalari (ichki audit, mukofotlash va
boshqa qo'mitalar) tuzilmasini, ulaming vakolatlari va faoliyat tartib-
qoidalarini;
- direktorlar kengashining ishlash prosedurasini va kengash
a’zolarining javobgarliklarini.
Turli mamlakatlaming kodekslarida kompaniyalar tomonidan
mezon to‘plamlarini ishlab chiqish va muntazam yangilab borishga
asosiy diqqat qaratiladi. Bu mezonlar direktorlar kengashi a’zolari ega
boMishi lozim boMgan shaxsiy xususiyatlami va majburiy tarzda bu
mezonlar to‘g‘risida aksiyadorlarga batafsil ma’lumot taqdim etilishini
nazarda tutadi. Masalan, Braziliya kodeksi direktorlar kengashi a’zosi
|
| |