Qimmatli qog’ozlar statistikasi ko’rsatkichlari
Qimmatli qog’ozlar deganda korxona va tashkilotlarning (mulk turidan qat’iy nazar) mol-mulkida va shu mol-mulkdan olinadigan daromadda qimmatli qog’ozlar egasining hissasi borligini tasliqlovchi yuridik hujjat tushuniladi. Ular quyidagi turlarga bo’linadi: aktsiyalar, obligatsiyalar, veksellar, xazina majburiyatlari, bank sertifikatlari, optsion, fyuchers, depozit tilxatlari, varrant, privatizatsiya cheklari, kuponlar va boshqalar.
Qimmatli qog’ozlar bozoridagi jarayonlarni o’rganishda va baholashda ularning chiqarilishi, joylanishi (taqsimlanishi), muomalasi, daromadi va daromadliligi ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Statistikada bu ko’rsatkichlar faqat statistikada o’rganilmasdan, balki dinamika (zamon)da ham o’rganiladi.
Qimmatli qog’ozlarning chiqarilishi va joylashtirilishi bo’yicha, ularning soni va summasi ko’rsatkichlari statistik hisobotda alohida-alohida keltiriladi. Fond bozori bo’yicha ma’lumotlar statistik hisobotlarda ma’lum bir davrga keltiriladi. Ularga: sotilgan va sotib olingan qimmatli qog’ozlar soni; sotilgan va sotib olingan qimmatli qog’ozlar summasi. Bu ma’lumotlar emitentlar va qimmatli qog’ozlarning turlari bo’yicha alohida beriladi.
Foizlar, dividendlar va kupondan olingan daromad qimmatli qog’ozlarning daromad ko’rsatkichlari hisoblanadi.
Aktsiya bo’yicha daromad summasi dividendlar va aktsiyalarni sotib olish va sotish (kurs) narxlari farqining yig’indisiga tengdir. Dividend summasi va normasi quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:
D Iq PH ; I D
P
H
100 q
esa:
Aktsiyalarni sotib olish va sotish (kurs) narxlarni farqidan olinadigan daromad
k=Rkurs -Rsotib olish
Aktsiya bo’yicha jami daromad summasi dividendlar va aktsiyani sotib olish va
sotish narxining farqi yig’indisiga teng.
J.D=D+k
bu erda: D – dividend summasi; i d – yillik dividend stavkasi; R N – aktsiyani nominal bahosi; R k – aktsiyani kurs (sotish) bahosi; J.D – jami daromad summasi.
Misol. Nominal qiymati 1000 so’mga teng bo’lgan aktsiya sotib olingan. Yillik dividend normasi 40%. Bir yildan keyin aktsiya kursi 5% pasaydi va aktsiya sotib yuborildi. Jami daromadlilik darajasi aniqlansin.
1. D iд PH
100
40 100 400 100
so’m;
k=(Rkid)-Pc.o=10000,95-1000=-50 so’m
2. J.D=D+k=400-50--=350 so’m. iJ.D= 350 100 35000 35%
1000 100
Demak, aktsiya egasi (investor) har bir so’mlik qilgan xarajatiga (qo’yilmasiga) 35 tiyindan daromad olgan.
Obligatsiya, veksel, optsion va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha ham daromad va daromadlilik darajasi maxsus formulalar yordamida o’rganiladi (me’yoriy hujjatlarga qaralsin).
Qimmatli qog’ozlarni baholashda umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar ham qo’llaniladi. Ularga: aktsiyalarning haqiqiy qiymati; aktsiyalarning haqiqiy bahosi; birja indekslari kiradi.
Birja indekslarini ko’rib chiqaylik. Aktsiya baholari bo’yicha an’anaviy indekslar quyidagi formulalar bilan hisoblanadi:
Bitta aktsiya bo’yicha Guruh aktsiyalar bo’yicha
iP= Pk1
Pk0
Maxsus indekslar quyidagi formula bilan:
Pkj
iP= Pk1
Pk0
bu erda:
Рк1 va
Рк 0 – turli aktsiyalarning o’rtacha sotish (kursovoy) narxi; j –
ma’lum kompaniyalarning aktsiyalari soni (nomi); Rkj – j sondagi aktsiyalarni sotish narxi; N – aktsiyalar soni.
Dunyoga taniqli Dou-Djons indekslarini hammasi shu formula bilan hisoblangan.
Dou-Djons indekslari «Uoll Strit Djornel» jurnalining redaktori Dou nomi bilan bog’liq. U kishi bu indeksni birinchi bo’lib 1987 yilda 12 yil turli aktsiyalarning kursini qo’shib, olingan natijani 12 ga bo’lib hisoblagan.
Dou-Djons 4 ta indeksi mavjud: sanoat indeksi (30 ta yirik kompaniya bo’yicha); transport indeksi (20 ta); kommunal (15 ta); kompleks i=30+20+15=65. Bu indekslarni «Dou Djons end kompani» kompaniyasi hisoblaydi va chop qiladi.
|