Asosiy tushunchalar va ta’riflar




Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/92
Sana18.04.2023
Hajmi3.05 Mb.
#52157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
DTS
1.3. Asosiy tushunchalar va ta’riflar 
Logistika – iste‘molchi talablarini koʻproq qanoatlantirish 
maqsadlarida xomashyo, yarimfabrikatlar, tayyor mahsulotlar va tegishli 
axborotlarni jamlash, saqlash, ishlab chiqarilgan joydan isteʻmol joyiga 
tashish va uzatishning texnologik va tejamkor samarali operatsiyalarini 
rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish jarayonidir.
Logistika – keng ma‘noda mikro va makro tizim oldiga qoʻyilgan 
maqsadlarga erishish uchun moddiy, axborot va moliyaviy oqimlarni 
boshqarish va optimallashtirish haqidagi fan.
Logistika – tor ma‘noda menejmentning umumlashgan vositasi 
boʻlib, moddiy va servis oqimlar hamda ularga ergashgan axborot va 
moliyaviy oqimlarni samarali boshqarish orqali biznesning strategik
taktik va operativmaqsadlariga erishish imkoniyatini beradi.


14 
AQSH logistika menejmenti kengashi (Council of Logistics 
Management, CLM) olimlari va mutaxassislarining fikriga koʻra, 
―logistika - bu isteʻmolchilar talablarini toʻliq qondirish uchun ishlab 
chiqish, tayyor mahsulotlar, xizmat koʻrsatish va unga tegishli 
ma‘lumotlar kelib chiqish joyidan isteʻmol (shu jumladan import, 
eksport, ichki va tashqi harakatlar) qilishgacha oqim xarajatlarni 
pasaytirish, xom ashyo zahiralari oqimi, yakunlanmagan materiallar 
nuqtai nazaridan samarali rejalashtirish, bajarish va boshqarish 
jarayonidir‖. 
CLMning aynan shu ta‘rifi 2004 yilda Moskvaning "Infra-M" 
nashriyoti tomonidan nashr etilgan "Korporativ logistika" kitobida 
keltirilgan. Kitobning ilmiy muharriri, iqtisod fanlari doktori V.I. 
Sergeeva. 
Yevropa logistika assotsiatsiyasi (European Logistics Association - 
ELA) esa 1994 yildagi terminologik lugʻatida logistikaning quyidagi 
ta‘rifini e‘lon qildi: ―bu bozor talablarini minimal operatsion va kapital 
xarajatlar yordamida iste‘molchi talabini qondirish maqsadida ishlab 
chiqarish va tarqatish orqali mahsulotlarni loyihalashtirish va xarid 
qilishdan yakuniy qismigacha tashkil etish, rejalashtirish, nazorat qilish 
va targʻib qiluvchi tashkilotdir‖. 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining savdo va rivojlanish boʻyicha 
konferentsiyasi (UNCTAD) ―logistika - bu mahsulotlarni ishlab 
chiqarish joylaridan iste‘mol joylariga arzon va samarali yetkazib 
berishni tashkil etish va amalga oshirish jarayoni; yoʻl davomida yuzaga 
keladigan barcha transport va boshqa operatsiyalar ustidan nazorat; yuk 
egalariga tegishli ma‘lumotlarni taqdim etish‖ deb hisoblaydi. 

Download 3.05 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish