• 2 - BOB. LOGISTIK OQIMLAR. LOGISTIK OPERATSIYALAR, TIZIMLAR VA ZANJIRLAR 2.1. Logistik oqimlar
  • Mavzuni mustahkamlash uchun savollar




    Download 3.05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/92
    Sana18.04.2023
    Hajmi3.05 Mb.
    #52157
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
    Bog'liq
    DTS
    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
    1. Logistikaning umumlashgan ta’rifini bering. 
    2. Logistikaning tarixiy ildizlari nimalardan iborat? 
    3. Logistikaning asosiy sohalari nimalardan iborat. 
    4. Logistikaning vazifalari nimalardan iborat? 
    5. Logistikada oʻrganish va nazorat qilish ob’yekti nima? 


    17 


    18 
    2 - BOB. LOGISTIK OQIMLAR. LOGISTIK 
    OPERATSIYALAR, TIZIMLAR VA ZANJIRLAR 
    2.1. Logistik oqimlar 
    Logistikada tahlil qilish, oʻrganish va boshqarishning asosiy obʻekti 
    logistik oqimlari hisoblanadi. Ular oʻzaro bogʻliq boʻlgan - moddiy, 
    moliyaviy, xizmat koʻrsatish va axborot oqimlari majmuasini aks 
    ettiradi. Ushbu kompleks moddiy oqimlarga asoslangan boʻlib, ular 
    bilan barcha boshqa oqimlar tizimli aloqada boʻladi. 
    Demak, logistik oqimlar -

    moddiy oqimlar;

    axborot oqimlar;

    servis oqimlar;

    moliyaviy oqimlar.
    Eng umumiy kontseptsiyada (ma‘noda) m o d d i y o q i m - bu 
    ishlab chiqarish korxonalariga kiradigan va ular ichida texnologik ishlov 
    berish siklidan oʻtadigan, asta-sekin tayyor mahsulotga aylanadigan xom 
    ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar boʻlib, uni iste‘molchilarga 
    yetkazib berish jarayonlari ham moddiy oqimlarni shakllantiradi. 
    Boshqacha soʻz bilan aytganda, moddiy oqimlar uch bosqichdan 
    oʻtadi: ishlab chiqarishgacha, ishlab chiqarish ichidagi va ishlab 
    chiqarishdan keyingi. Transport vositasi orqali tashiladigan material 
    oqimi mahsulot oqimi deb ataladi. Har qanday yuk tashish oqimi vaqt 
    birligidagi yuk hajmi va harakat yoʻnalishi bilan tavsiflanadi. 
    Logistik zanjirning asosida moddiy oqim, ya‘ni logistik jarayonning 
    boshidan oxirigacha harakatda boʻluvchi moddiy resurslar tashkil etadi. 
    Agar moddiy resurslar omborda saqlansa unda ular moddiy zahiraga 
    aylanadi.
    Moddiy oqim qoʻyidagilarni oʻz ichiga oladi:
    - marketing tadqiqotlari asosida ma‘lum turdagi mahsulotga 
    boʻlgan talab oʻrganiladi;


    19 
    - soʻng ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan 
    moddiy resurslarni qidirish va xarid qilish boshlanadi (joyi, xajmi, 
    sifati va bahosi);
    - agar resurs talabga mos kelsa u ishlab chiqruvchining xom-
    ashyo omboriga tashib keltiriladi;
    - soʻng mahsulot ma‘lum bir texnologiyaga amal qilingan 
    holda ishlab chiqiladi;
    - ishlab chiqarilgan mahsulot tayyor mahsulot omboriga tashib 
    boriladi;
    - soʻng tayyor mahsulot isteʻmolchiga yetkaziladi. 
    Jamoat yoʻlovchi transportida moddiy oqimlar yoʻlovchilar oqimi 
    deb tushuniladi. Ular shuningdek oʻziga xos xususiyatlarga ega va 
    hajmi, koʻlami (diapazoni), marshrutlari boʻyicha; shahar ichida, shahar 
    atrofi va shaharlararo aloqalarda transport vaqti boʻyicha; 
    foydalaniladigan transport vositalari turlari boʻyicha; sayohat shartlari 
    boʻyicha tasniflanadi. 
    Yoʻlovchi tashishning eng muhim koʻrsatkichi ularning kunning 
    vaqti, haftaning kunlari va yilning fasllari boʻyicha intensivligidir. 
    Axborot, moliyaviy va serviz (xizmat) oqimlari moddiy oqimlarga 
    nisbatan ikkilamchi hisoblanadi, chunki ular moddiy oqimlarga xizmat 
    qilish uchun moʻljallangan. 
    Logistika sohasida moliyaviy oqim - bu sotib olingan xom ashyo, 
    yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar, shuningdek, moddiy 
    oqimning harakatlanishi va oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan korxonalar 
    va tashkilotlarning xizmatlari uchun toʻlovlarni toʻlash uchun 
    mablagʻlarning yoʻnaltirilgan harakatidir. Moliyaviy oqim, qoida 
    tariqasida, moddiy oqim tomon (unga qarama-qarshi) yoʻnaltirilgan. 
    U moddiy oqimidan oldinda boʻlishi yoki oldindan belgilangan vaqt 
    oraligʻida undan orqada qolishi mumkin (mos ravishda, oldindan toʻlash 
    yoki kechiktirilgan toʻlov bilan toʻlash bilan). Bir qator kitoblarda ushbu 
    oqim material oqimining ―boshlangʻichi‖ deb nomlanadi, chunki uni 
    ishga tushirish odatda moddiy oqim harakati boshlanishining muhim 
    shartiga aylanadi. 


    20 
    S e r v i s o q i m - bu moddiy oqimning harakatlanish yoʻli 
    boʻylab amalga oshiriladigan xizmatlarning murakkab ketma-ket 
    toʻplamidir. Bunday xizmatlarga transport, toʻldirish va qadoqlash, 
    saqlash, yuklash, ekspeditsiya, vositachilik (bojxona yaqinida), sugʻurta, 
    xavfsizlik, axborot xizmatlari kiradi. Ushbu pullik xizmatlar, qoida 
    tariqasida, muntazam, davriy va bir martalik boʻlishi mumkin. 
    Moddiy, moliyaviy va xizmat oqimlarini samarali logistik 
    boshqaruvi zarur ma‘lumotlarni yigʻmasdan, tahlil qilmasdan va 
    uzatmasdan amalga oshirib boʻlmaydi. 
    I n f o r m a t s i o n l o g i s t i k o q i m deb moddiy va moliyaviy 
    oqimlarni tashkil etish va ragʻbatlantirish, serviz oqimlarida xizmatlar 
    koʻrsatish uchun turli xil aloqa kanallari orqali uzatiladigan xabarlar, 
    ma‘lumotlar, hujjatlar (qogʻoz, elektron shaklda) oqimiga aytiladi. 
    Axborot oqimidagi ma‘lumotlarning oʻz vaqtida yoki toʻliq olinmasligi, 
    ularning noaniqligi yoki buzilishi oʻzaro bogʻliq oqimlarning harakatida 
    uzilishlarni keltirib chiqarishi va katta yoʻqotishlarga olib kelishi 
    mumkin. Masalan, hujjatlar, guvohnomalar, bojxona deklaratsiyalarini 
    notoʻgʻri toʻldirilishi moddiy oqimlar harakatining kutilmagan 
    kechikishiga olib kelishi mumkin. 
    Logistik menejment kengashi (CLM) axborot oqimlari qondirishi 
    kerak boʻlgan quyidagi talablarni joriy qildi: xabarlarning ishonchliligi, 
    toʻgʻriligi, toʻliqligi va oʻz vaqtidaligi; texnik jihatdan ma‘lumotlarga 
    osonlikcha kirish imkoniyati (kompyuterlar va ularning dasturiy 
    ta‘minotining mosligini anglatadi); axborot sifatini nazorat qilish. 
    Barcha tavsiflangan logistik oqimlari bir-biri bilan chambarchas 
    bogʻliq va yagona yaxlit boshqaruv tizimiga muhtoj. Ular oʻzaro 
    munosabatlarining asoslari ushbu rasmda tasvirlangan. 
     
    2.1-rasm. Logistik oqimlarning oʻzaro munosabatlari 

    Download 3.05 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




    Download 3.05 Mb.
    Pdf ko'rish