Logistikaning tarixiy ildizlari




Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/92
Sana18.04.2023
Hajmi3.05 Mb.
#52157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
DTS
1.2. Logistikaning tarixiy ildizlari 
Qadimgi Yunonistonda logistics – «hisob-kitob sanʻati» yoki 
«fikrlash, hisoblash sanʻati» deb yuritilgan. Rim imperiyasida logistika 
deganda oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlash nazarda tutilgan.
Vizantiya imperatori Leon VI (866-912 yy.) davrida logistika 
armiya ta‘minoti va uning harakatini boshqarish sanʻati sifatida 
qaralgan. Nemis tadqiqotchisi G. Pavellakning ta‘kidlashicha, Vizantiya 
imperiyasida logistikaning vazifasi ―armiyaga maosh toʻlash, uni kerakli 
tartibda qurollantirish va taqsimlash, uning ehtiyojlari haqida oʻz vaqtida 
gʻamxoʻrlik qilish, ya‘ni shaxsiy qurolli kuchlar harakatlanishi va 
taqsimlanishiga rahbarlik qilishdan iborat‖ boʻlgan. Logistikaning fan 
sifatida rivojlanishi bu atamaning ikki xil ta‘riflanishi bilan tavsiflanadi.
Birinchi ta‘rif logistikaning harbiy sohada qoʻllanishidan kelib 
chiqqan. Harbiy logistikaning rivojlanishiga fransuz nazariyotchisi 
Antuan Anri Jomini (1779-1869 yy.) katta hissa qoʻshgan. Uning 
fikricha logistika – qoʻshinlarni boshqarishning amaliy san‘ati boʻlib, 
qoʻshinlarni joylashtirish, rejalashtirish, boshqarish va ta‘minlash, 
armiyaga transport xizmati koʻrsatishni nazarda tutadi.
Logistikaning dastlab harbiy sohada rivojlanishiga sabab shundaki
aynan qat‘iy intizomga va aniq tarkibiy tuzilmaga ega harbiy qismda 
individual va guruh manfaatlari butun harbiy tizim manfaatlariga 
boʻysinadi. Tizim manfaati uning elementlari manfaatlaridan ustunligi 
logistika konsepsiyasini belgilab beradi.
Ikkinchi ta‘rif nemis matematigi Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-
1716 yy.) tomonidan berilgan boʻlib, u bu atamadan ―xulosalarni 
hisoblash‖ yoki ―matematik mantiq‖ ma‘nosida foydalangan.
Transport – transport logistikasi obʻekti boʻlib, asosiy vazifasi – yuk 
va yoʻlovchi tashish. Uni uchta katta guruhga ajratish mumkin:
- ommaviy foydаlanish transporti – iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlari va aholining yuk va yoʻlovchilarni tashishga boʻlgan talabini 


13 
qondiradi. Ommaviy foydalanish transporti aholi va muomala sohasiga 
xizmat koʻrsatadi. Uni koʻpincha magistral (magistral – asosiy, bu 
holatda esa aloqa yoʻllari tizimidagi bosh yoʻnalish) transporti ham 
deyiladi;
- noommaviy foydalanish transporti – ishlab chiqarish tizimining 
qaysidir tarkibiy qismi hisoblanib, notransport korxonalariga tegishli 
barcha turdagi transport vositalari; 
- ishlab chiqarish ichida harakatlanuvchi transport.
Logistika fani oʻzining rivojlanish davrida bir necha bosqichlardan 
oʻtgan. Hozirda logistikaning quyidagi turlari mavjud:
 xarid logistikasi;
 ishlab chiqarish logistikasi;
taqsimot logistikasi;
 transport logistikasi;
 axborot logistikasi;
zahiralar logistikasi
 servis logistikasi. 

Download 3.05 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish