O‘z-o‘zidan alangalanish, o‘z-o‘zidan yonishning alanga bilan davom




Download 1,83 Mb.
bet5/9
Sana01.06.2024
Hajmi1,83 Mb.
#259022
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
fvx - YANGI 1234567

2.2 O‘z-o‘zidan alangalanish, o‘z-o‘zidan yonishning alanga bilan davom etishi
Alangalanish suyuq, yonuvchi moddalarni kizdirish chaknash xaroratidan yukorida xam davom ettirilsa, uning buglanishi jadallashadi va shunday bir vakt keladiki, unga alangan yakinlashtirilsa chikayotgan buglar chaknaydi va yoyonishda davom etadi. Suyuqlikning shu xolatdagi xarorati alanganlanish xarorati deb ataladi.
-O‘z-o‘zidan alangalanish.
-Agar yonuvchi suyuqlikni alangalanish
-Xaroratidan yukori bulgan xolatda xam kizdirish davom ettirilsa-yu, lekin ochik alanga yakinlashtirilmasa, ma’lum bir vaktda, ajralib chikayotgan bug‘lar o‘zidan-o‘zi alangalanib ketadi. Yonuvchi suyuqlikning ana shu xolatdagi xarorati o‘z-o‘zidan alangalanishxarorati deyiladi.
-O’z-o’zidan yonib ketish. Ayrim yonuvchi kattik moddalarni saqlash noto’g’ri tashkil etilgan xollarda yonib ketishi mumkin. Masalan, nam xolda poxol, paxta, toshkumir, moy artilgan latta va boshkalar. Bu jarayon o‘z-o‘zidan yonish xarorati ma’lum xaroratdagina bulishi mumkin.Yondirish manbayi haqida tushuncha
Yonuvchi modda bilan havodagi kislorodning o`zaro ta'siri natijasida juda tez kechuvchi va ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi kimyoviy reaksiyaga yonish deyiladi. Ko‘p hollarda yonish yonuvchi modda zarrachalarining nurlanishi bilan birga kechadi. Yong`in hosil bo`lishi va davom yetishi uchun yonuvchi modda (qattiq, suyuq yoki gazsimon), oksidlovchi modda (oddiy sharoitda oksidlovchi modda 124 vazifasini havodagi kislorod o‘tashi mumkin) va yondiruvchi manba (uchqun, ochiq alanga va cho‘qlangan narsa)mavjud bo‘lishi kerak. Shuni aytish kerakki, havodagi kislorod miqdori 15% dan yuqori bo‘lgandagina oksidlovchi vazifasini bajara oladi, undan past konsentrasiyada esa yonish sodir bo‘lmaydi. Bundan tashqari, oksidlovchi modda vazifasini tegishli sharoitlarda xlor, brom, kaliy va boshqa moddalar ham o‘tashi mumkin.
Xavfliligi bo‘yicha barcha modda va ashyolarni quyidagi turlarga bo`lish mumkin: yonmaydigan, yonish yoki yonish va portlash xavfi mavjud hamda portlash xavfi mavjud moddalar. Yonmaydigan modda va ashyolarning yonish yoki yong`inni uzatish xususiyatlari yo‘q. Masalan, g‘isht, metall, beton va boshqalar. Yonish xavfi mavjud modda va ashyolar havoda yonish va yong‘inni uzata olish xususiyatiga egadir. Masalan, yog‘och, Qog‘oz, paxta tolasi, mazut va portlash xossasiga ega bo‘lmagan changlar Yonish va portlash xavfi mavjud modda va ashyolar, qattiq va suyuq yonuvchi moddalar bilan birikkanda bir zumda alangalanib ketish xossasiga ega.
Bunday moddalarga vodorod angidridi, azot kislotasi va boshqalar hamda yonuvchi moddalar bilan aralashganda o‘zidan kislorod ajratib chiqaruvchi kislota tasirida, qizdirilganda yoki mexanik ta'sir ostida portlovchi birikmalar kiradi. Masalan, paxta yoki tamaki changi bilan selitra aralashganda shu hol ro‘y berishi mumkin. Shu bilan birga havoda tarqalgan holda portlovchi aralashmalar hosil qiluvchi changlar ham bunga mansubdir. Masalan, lub, tamaki va kanop tolalari changlari.
Yonish va portlash xavfi mavjud moddalarga o‘zi yonmaydigan, lekin suv bilan aralashganda parchalanib, gaz ajratib chiqaruvchi va bu gaz havo bilan birikkanda portlovchi birikma hosil qiluvchi moddalar ham kiradi (kalsiy karbid).
Portlovchi narsa va moddalar havo bilan aralashib, portlovchi birikmalar (yonuvchi gaz, vodorod, asetilen) hosil qiladi. Portlash xavfi mavjud moddalarga yonuvchi gazlar bilan .aralashganda portlash xavfini vujudga keltiradigan yonmaydigan gazlar ham kiradi (kislorod yonuvchi gaz bilan aralashganda portlashga olib keladi). Ayrim holda yonmaydigan va yonishni taminlay olmaydigan portlovchi gazlar ham bo‘lishi mumkin.
Masalan, balonlarda siqilgan holda saqlanuvchi karbonat angidrid gazi. Portlovchi moddalarga, shuningdek, havo bilan aralashgan holdagi noorganik moddalar ham (alyuminiy, magniy va boshqa moddalar kukunlari) kiradi. O‘ta qizigan jismlar (majburan alangalanish) yoki ekzotermik jarayonlar (o’z-o’zidan yonish) ma’lum hajmdagi yonuvchi aralashmani belgilangan haroratgacha qizdirishi mumkin, qachonki issiqlik ajralish tezligi (yonuvchi aralashma reaksiyasiga asosan), reaksiya yuz berayotgan zonadan chiqib ketayotgan issiqlik tezligiga teng yoki undan katta bo‘lsa, hamda manbaning issiqlik ta’sirining davomiyligi va quvvati belgilangan vaqt ichida yonish frontini hosil bo‘lishini va o‘z-o‘zidan tarqalishini taminlaydigan kritik sharoitlarni taminlasa, ular yondirish manbalari bo’la oladi. Ishlab chiqarishdagi yondirish manbalarini quyidagi ketma-ketlikda ko‘rib o‘tamiz: ochiq alanga, o‘ta qizigan yonuvchi mahsulotlar va ular orqali qizigan yuzalar; Mexanik energiyaning issiqlik ko‘rinishlari; kimiyaviy reaksiyalarning issiqlik ko‘rinishlari; elektr energiyasining issiqlik ko‘rinishlari.
Ishlab chiqarishda asosan ochiq olov yonuvchi pechlar, reaktorlar, bug‘ va gazlarni yondirishdagi mash’alalarda ishlatiladi. Ishlab chiqarishda ochiq olov ta’mirlash ishlarida ko‘pincha gorelka olovlari, ulash lampalari, mash’alalar yordamida muzlagan quvurlarni isitishda, yerni qizdirishda yoki chiqindilarni yondirishda qo’llaniladi.
Yuqori haroratli (800. 12000S va undan yuqori) qattiq, suyuq va gaz holatidagi moddalarning yonishi hisobiga, yuqori qizdirilgan mahsulotlarning yonishi gaz holatidagi mahsulotlarning yonishi hollarini ishlab chiqarishdagi yondirish manbalari turkumiga kiritish mumkin.
Dvigatellar va issiqlik o‘choqlarining ishlashida hosil bo’ladigan uchqunlar ham ishlab chiqarishda yondirish manbai hisoblanadi. Ular yonilg‘ilarning o‘ta qizigan qattiq zarrachalari yoki gaz oqimidagi to‘liq yonish natijasida hosil bo’ladigan uchqunlarni tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish sharoitida qattiq jismlarning to‘qnashuvi natijasida mexanik energiya issiqlik energiyasiga o‘tadi, (bunda uchqun chiqishi yoki chiqmasligi ham mumkin); o‘zaro bir-biriga ishqalanib harakat qilayotgan jismlarda; qattiq jismlarga kesuvchi asboblar bilan ishlov berilishida; hamda gazlarni siqishda va plastmassani presslashda jismlar xavfli haroratgacha qizishi mumkin: qattiq jismlarning to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan uchqunlar; mashinaga metall yoki toshlarni kelib urilishidan hosil bo‘lgan uchqunlar; mashinani harakatlanuvchi moslamalarining qo‘zg‘almas qismlariga urilishi natijasida hosil bo‘ladigan uchqunlar; mashina va apparatlardagi podshipniklarni o‘ta qizib ketishi shu guruhdagi yondirish manbalariga misol bo‘la oladi.
Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik ta‘siri ishlab chiqarishdagi yondirish manbaidir. Katta miqdorda issiqlik ajratib chiqaruvchi kimyoviy reaksiyalar o‘z ostida yong‘in yoki portlash potensial xavfini berkitib turadi, negaki bunda o‘zaro ta’sir qiluvchi yangi hosil bo‘layotgan yoki yaqin joylashgan yonuvchi moddalarning nazoratsiz qizib ketishi kuzatilishi mumkin.
Kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va saqlash sharoitida bunday birikmalarning ko‘p turi uchraydiki, ularning havo yoki suv bilan, shuningdek o‘zaro bir-biri bilan ta’siri yong‘in kelib chiqishining sababi bo‘lishi mumkin.
Yonish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: Chaqnash yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib, o‘chishi. Bunda yonishning davom etishi uchun aralashma tayyorlanishining imkoniyati yo‘q. Yonish - qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi.
Alangalanish yonishning alanga olib davom etishi. O‘z-o‘zidan yonish - moddalar ichida asosan organik moddalarda ro‘y beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi aralashmaning o‘z-o‘zidan yonib ketishi.
O‘z-o‘zidan alangalanish o‘z-o‘zidan yonishning alanga bilan davom etishi.
Portlash o‘ta tez yonish ximiyaviy jarayonining bosim va energiya hosil qilish bilan o‘tishi. Yonuvchi modda ma’lum haroratda o‘zidan yonuvchi parlar ajratib chiqarishi natijasida muqim alangalanish taminlansa, bu harorati alangalanish harorati deb yuritiladi. 2009 yil 30 sentabr kuni 226–sonli O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan. Ushbu Qonun qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 24 iyunda qabul qilinib, Senat tomonidan 2009 yil 28 avgustda ma’qullangan. Qonunning 10–moddasida tashkilotlarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari belgilangan. Unga asosan, tashkilotlar quyidagi tadbirlarni amalga oshirishlari zarur:
Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini belgilangan tartibda o‘z mablag‘lari hisobidan tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
tegishli organlarga yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish; yong‘in–texnik komissiyalarini tashkil etish; o‘z hududida sodir bo‘lgan yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashga doir ishlarni bajarish; yong‘in xavfsizligini taminlashni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish chora–tadbirlarini belgilash;
Belgilangan tartibda yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha axborot olish, shu jumladan yong‘indan saqlash xizmatining boshqaruv organlari va bo‘linmalaridan axborot olish huquqiga ega.
Tashkilotlar: Yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishi; yong‘indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi; yong‘in xavfsizligi chora–tadbirlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, shuningdek ularning bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlashi; yong‘inga qarshi targ‘ibot o‘tkazishi va o‘z xodimlariga yong‘in xavfsizligi chora–tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatishi; o‘ziga qarashli yong‘inga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yong‘inga qarshi suv ta’minoti manbalarini, shu jumladan yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini ishga yaroqli holda saqlashi, ulardan belgilanganidan boshqa maqsadda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi; yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalariga yong‘inlarni o‘chirishda, shuningdek yong‘in nazorati organlariga yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda, yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishida va yong‘inlar kelib chiqishida aybdor shaxslarni topishda belgilangan tartibda ko‘maklashishi; o‘z hududidagi yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida zarur kuchlar va vositalarni belgilangan tartibda berishi; yong‘indan saqlash xizmatining mansabdor shaxslari o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda ularning o‘z hududiga, binolar, inshootlarga va boshqa obyektlarga erkin kirishini taminlashi; o‘ziga qarashli obyektlarning yong‘in xavfsizligi holati to‘g‘risidagi, shu jumladan o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotning yong‘in xavfliligi haqidagi, shuningdek o‘z hududida sodir bo‘lgan yong‘inlar va ularning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda hujjatlarni yong‘in nazorati organlari mansabdor shaxslarining talabiga ko‘ra taqdim etishi; kelib chiqqan yong‘inlar, mavjud yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalaridagi nosozliklar to‘g‘risida, yo‘llar va tor ko‘chalarning holati o‘zgarganligi haqida yong‘indan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi; ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining faoliyatiga belgilangan tartibda ko‘maklashishi shart.
Tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin. Lekin yong‘in chiqishining oldini olish va o‘t o‘chirishda asosiy mas’uliyat kishilar zimmasiga tushishini hamda ularning yong‘inni o‘chirish texnikasining barcha talablarini to‘liq bajarilishiga bog‘liq ekanligini unutmaslik kerak.
Yong‘in fazalari agregat holatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
Qattiq holatda soda, quruq kul, tuproq
Aralash holatda suyuqlik bilan gazsimon ko‘piklar.
O‘t o‘chirish vositalari ta’sir qilish tamoyillariga ko‘ra:
Sovituvchi (suv, uglerod (IV) xlorid);
Yonish zonasiga kislorod kirishini izolyatsiya qiluvchi (poroshokli vositalar, ko‘piklar).
Korxona, muassasa va tashkilotlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash ishini tashkil qilish.
Ishchilar, xizmatchilar va muxandis–texnik xodimlarning ko‘pchiligi jalb etilgandagina korxona, muassasa hamda tashkilotlarda yong‘inga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish mumkin. Buning uchun har bir obyektda yong‘in–texnik komissiya tuziladi. Komissiyaga bosh–muhandis, texnik rahbar yoki rahbarning birinchi o‘rinbosari boshchilik qiladi, ularning vazifasi quyidagilardan iborat, yong‘inni oldini olish qoidalarining buzilishlarini va yong‘in chiqishiga olib keluvchi kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish; obyektiv yong‘inning oldini olish tartibini ishlab chiqish va ularni o‘tkazishda qatnashish.
O‘t o‘chirish uskunalari: qo‘lda ishlatiladigan birlamchi vositalar, bir joyda muqim o‘rnatiladigan va mexanik yoki avtomatik harakatga keltiriladigan uskunalar, har xil masofadagi hududlarda harakatlana oladigan ko‘chma uskunalar va boshqalarga bo‘linadi. Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga, tashkilot ishchi va xizmatchilari yoki ixtiyoriy yong‘in navbatchi azolari tomonidan ishlatishga mo‘ljallangan yong‘inga qarshi “qalqon” lardadagi oddiy asboblar va uskunalar kiradi. Ma’muriy binolar va sanoat korxonalarida, yonuvchi ashyolar va portlovchi moddalar saqlanadigan omborxonalar hududida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda o‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan asboblar o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Unda yong‘in xavfsizligi me’zonlariga ko‘ra quyidagi o‘t o‘chirish vositalari va asboblari zarur bo‘lganda oson olinadigan qilib osib qo‘yilgan bo‘lishi shart: ikki dona qo‘lda ishlatiladigan ko‘pikli va karbonat angidridli o‘t o‘chirgich, ikki dona bolta, ikki dona suv sepish elastik shlankalari va suv sepish stvoli, suv bochkasi, qum solingan quti, ikki dona konussimon chelak, ikki dona belkurak, ilgakli changaklar va mis uchli lom va h.k. (1.1–rasm)


Download 1,83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘z-o‘zidan alangalanish, o‘z-o‘zidan yonishning alanga bilan davom

Download 1,83 Mb.