|
–rasm. Yong‘in darakchilari tizimi
|
bet | 7/9 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #259022 |
Bog'liq fvx - YANGI 12345671.2–rasm. Yong‘in darakchilari tizimi
DTL darakchilari atroflicha o‘rganilib, kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida 1984 yildan boshlab mukammallashtirilgan issiqlik ta’sirida ishlaydigan IP–101, IP–102, IP–103, IP–104 va IP–105 rusumli yong‘in darakchilari ishlab chiqarila boshlandi. Bularning barchasi qo‘riqlanayotgan muhitning harorati ko‘tarilgan zahoti yong‘in xavfi paydo bo‘lganligi haqida markaziy pultga avtomatik tarzda xabar berish uchun mo‘ljallangan. Bazi bir, asosan organik moddalar (torf, qipiq, paxta, bazi bir ko‘mir mahsulotlari, qora mollarning chiqindilari) o‘z-o‘zidan yonib ketish xususiyatiga ega. Chunki bu materiallar g‘ovak asosga ega bo‘lganligi sababli oksidlanishi mumkin bo‘lgan yuzasi juda katta bo‘lganligidan, agar bu moddalar ochiq joylarda ma’lum miqdorda yig‘ilib qolsa, ob-havo sharoiti ta’sirida qizib yonib ketadi.
Buning asosiy sababi organik moddalar namlanganda uning ichki qismida mikroorganizmlar rivojlanadi va ularning rivojlanishi natijasida issiqlik ajralib chiqadi, bu hodisani organik moddalarning o‘z-o‘zidan qizish protsessi deb ataladi. Bunday hodisalar bazi bir kimiyaviy moddalarda ham bo‘lishi mumkin. Masalan ishqoriy yer metallar, kalsiy karbid, so‘ndirilmagan ohaq uncha ko‘p bo‘lmagan suv ta’siridan qizib alangalanib ketishi mumkin. Bunday hodisalar ko‘pinchayong‘in chiqishiga bevosita sababchi bo‘ladi. Yonish jarayoni yonuvchi modda molekulalarining kislorod molekulari bilan birikish hodisasi hisoblanadi. Yonish jarayonini akademik N.N.Semyonov zanjirli reaksiya nazariyasi asosida tushuntiradi. Oksidlanish reaksiyasi odatda issiqlik ajralib bilan boradi va bu hodisa ma’lum sharoitda tezlashib ketishi mumkin.
Oksidlanishning mana shu tezlanish davri yonishga o‘tgan davriga to‘g‘ri kelib, buni o‘z-o‘zidan alangalanish hodisasi deb yuritamiz. O‘z-o‘zidan alangalanish issiqlik ta’sirida yoki zanjir asosida yuz berishi mumkin. O‘z-o‘zidan yonish issiqlik ta’sirida bo‘lganda reaksiya natijasida ajralib hiqayotgan issiqlik tashqi muhitga tarqalayotgan issiqlikdan katta bo‘lgan taqdirdagina vujudga keladi. Zanjir asosida bo‘lganda molekulalar zanjiri uzluksiz davom etishi va zanjirning tarmoqlari keskin ortib ketishi natijasida bo‘ladi.
O‘z-o‘zidan yonib ketishning issiqlik ta’sirida ro‘y berish holatini ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik idishda V hajmida yonuvchi gaz, yoki parlanib yonuvchi gaz holatida kelgan suyuqlik havo bilan birga to‘ldirilgan bo‘lsin. Shu xonadagi harrorat va atmosfera bosimida havo bilan to‘ldirilgan yonuvchi gaz yoki parlangan suyuqlik o‘rtasida hech qanday reaksiya bo‘lmaydi. Ma’lumki reaksiya jarayoni faqatgina harorat ko‘tarilishi bilan ro‘yobga chiqadi. Agar biz idish haroratini asta-sekin ko‘tara borsak, ya’ni idishni qirdirsak, unda aralashma harorati ham ko‘tarila boradi, bu bilan reaksiya tezligi ham ortaboradi va o‘z navbatida reaksiya natijasida ajralib chiqaytgan issiqlik ham ortaboradi. Berilayotgan issiqlikka nisbatan ajralib chiqadi. O‘z-o‘zidan alangalanish, o‘z-o‘zidan yonishning alanga bilan davom etishi. Ochiq havoda turgan o’z-o’zidan alangalanuvchi va o‘z-o‘zidan yonuvchi moddalar: Bunday moddalarga o‘simlik yog’larini, hayvon yog‘larini, tosh va pista ko‘mirini, temirning oltingugurtli birikmasini, alifni va boshqa erituvchilarni, shuningdek o‘z-o‘zidan yonib ketish haroratigacha qizdirilgan moddalarni kiritish mumkin.
Kimyoviy moddalarni o‘zaro bir-biri bilan aloqada bo’lishi natijasida yonishi ishlab chiqarishda ko‘p uchraydigan hodisadir. Bunday hodisalar asosan organik moddalarga oksidlovchilarning ta’siridan sodir bo’ladi. Oksidlovchilar sifatida xlor, ftor, brom, azot oksidlari, selitralar, xloratlar, permanganatlar va boshqa moddalar namoyon bo‘ladi. Oksidlovchilar organik moddalar bilan birikib yoki aralashib ketganda ularning yonishini keltirib chiqaradi.
Qizdirish yoki mexanik ta’sir orqali yonib ketish yoki portlash xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar: O‘z tabiatiga ko‘ra turg’un bo‘lmagan ayrim kimyoviy moddalar vaqt o‘tishi bilan haroratning, ishqalanish, urilish va boshqa ta’sirlar natijasida parchalanishi mumkin. Qoidaga ko‘ra ularga endotermik birikmalar va ularning ma’lum miqdordagi issiqlikni chiqarish bilan bog‘liq bo’lgan parchalanish jarayoni to‘g‘ri keladi.
Bu portlovchi moddalar selitralar, perekislar, gidroperekislar, ayrim metallarning karbidlari, atsetilenidlar, atsetilenlar, diatsetilenlar, pirofor va boshqalar. Ishlab chiqarish jarayonida texnologik belgilangan tartibni buzish, shunday moddalarni saqlash va ishlatish, ularga issiqlik manbaining ta’siri (masalan, isitish moslamalari va yonuvchi mahsulot tashuvchilar) va ayniqsa sodir bo‘lishi mumkin bo’lgan yong‘inning ta’siri, ularning portlab yemirilishiga olib kelishi mumkin. Elektr energiyasining issiqlik ko’rinishi ishlab chiqarishning yondirish manbai. Ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarda yonish portlash xavfi holatlari qisqa tutashuv, himoya qatlamalarning ochilib qolishi, elektr dvigatellarning ortiqcha qizib ketishida, elektr tarmoqlarining ayrim qismlari shikastlanganida, statik va atmosferadagi zaryadlarning razryadlanishidagi uchqun hisobiga vujudga keladi. Qisqa tutashuv natijasida elektr yoyi, uchqunlar hosil bo‘ladi va katta miqdordagi issiqlik ajralib chiqib, himoya qatlamini yonishiga, o‘tkazgichlarni va elektr mashina detallarining erishiga va erigan metall qismlarini sachrashiga olib keladi.
Elektr tarmoqlari va mashinalarining ortiqcha yuklanishi elektrodvigatellar mexanik yukini ko‘paytirib yuborish, shuningdek elektr tarmoqlariga mo’ljallanmagan qo‘shimcha iste’molchilarning ulanishi sababli hosil bo’ladi. Ulash joylaridagi qarshiliklar asosan apparat va mashinalarga o‘tkazgich va kabellarning sifatsiz ulangan joylarida yoki tok o‘tkazuvchi sim o‘ramlarini bir-biriga sovuq holatda o‘rash, orqali ulashida shuningdek yomon ulangan joylarda vujudga keladi.
Statik elektr zaryadining razryadlanishi chang , gaz va suyuqliklarni bir joydan ikkinchi joyga olib borishda, urilishda, maydalashda, changlatish va shunga o‘xshash mexanik jarayonlar ta’sirida hosil bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish qurilmalari, quvurlari, qurilish konstruksiyalarida katta miqdordagi elektr kuchlanishining hosil bo‘lishiga atmosferadagi tokning induksion va elektromagnit ta’siri yordam beradi. Konstruksiya va apparatlarning yorga ulanish sistemasining butunlay yo‘qligi yoki nosozligi, quvurlar orasidagi to‘siqchalarning yo‘qligi xavfli uchqunli razryadlarni yuzaga keltirish mumkin.
III-BOB. KURS LOYIHA ISHINING HISOBI
|
| |