|
–rasm. O‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan asboblar
|
bet | 6/9 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #259022 |
Bog'liq fvx - YANGI 12345671.1–rasm. O‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan asboblar
Bunday qalqonlar ma’muriy binolarning hovli tomonidan, binoga kirish eshigiga yaqin joyda o‘rnatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan sexlar va omborxonalarga kirish eshiklariga yaqin joylarda o‘rnatiladi.
Ko‘pik tayyorlaydigan ko‘chma uskunalar. Bugungi kunda o‘t o‘chirish amaliyotida keng qo‘llaniladigan PS–1, PS–2, PS–3, PS–4 va PS–5 rusumli ko‘chma ko‘pik tayyorlash moslamalar mavjud. Ularning tuzilishi va ish uslubi bir xil, ammo bir–biridan ko‘pik ishlab chiqarish quvvati bilan farq qiladi. O‘t o‘chirish texnik vositalari va ularning vazifalari. Asosiy o‘t o‘chirish mashinalari o‘z navbatida umumiy va maqsadli qo‘llanishga mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi.
Olovda yonmaydigan turli xildagi moddalar: suv, gazlardan karbon ikki oksidi, azot, argon, suv bug‘lari, kimyoviy ko‘piklar, geteron kukunlar, galogen karbovodorod sovutgichlari va ularni uzatib beruvchi uskunalar va boshqa o‘t o‘chirish vositalari bo‘lib xizmat qiladi. Yong‘inni o‘chirishda suv va ko‘pik moddalarini ishlatish mumkin bo‘lmagan holatlarda o‘t o‘chirish vositasi sifatida yonmaydigan gazlardan foydalaniladi. Bunday gazlarga Karbon ikki oksidi, aruon, brometil, xlorbrommetanya va boshqalar misol bo‘la oladi. Yong‘inni oldini olish va uning dahshatli asoratini kamaytirishda bosh omil sifatida darakchi uskunalar va tezkor aloqa vositalari xizmat qiladi.
Yong‘inni oldini olish maqsadida uning kelib chiqish jarayonlarini nazorat qilishni passiv va aktiv usullarga bo‘lish mumkin. Passiv nazorat usuli inson tafakkuri va uning intizomiga bog‘liq bo‘lib, yong‘in o‘choqlarini aniqlash va o‘t o‘chiruvchilarni 01 raqamli telefon orqali (shahar sharoitida) va uzluksiz zang urish yo‘li bilan (dala, qishloq sharoitida) yordamga chaqirishdan iborat bo‘ladi. Afsuski bu usul yong‘inni dastlabki 0–5 daqiqa ichida emas, balki o‘chirishni boshlanish vaqti ancha kechikib qolishiga, ba’zan ochiq havodagi obyektlarni butunlay yonib, katta moddiy zarar keltirish bilan tugashiga sabab bo‘lishi mumkin.
Aktiv nazorat usuli esa yuqori aniqlik bilan ishlaydigan texnik vositalarni qo‘llashga asoslangandir. Bunda yong‘in o‘chog‘ini aniqlash va o‘t o‘chiruvchi xizmat yordamini chaqirish, odam omiliga bog‘liq bo‘lmasdan, avtomatik tezkor tarzda bajariladi. Shu maqsadda, xalq xo‘jaligining muhim obyektlarida qo‘llaniladigan, avtomatik va yarim avtomatik tartibda ishlaydigan o‘t o‘chirish tizimlarida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda yong‘inni dastlabki belgilarini aniqlab markaziy boshqaruv pultiga belgilangan xabarni yetkazib beradigan darakchilar o‘rnatiladi. Darakchilar qo‘riqlanayotgan xonalarda o‘rnatilgan bo‘lishi va qorovulxonada o‘rnatilgan qabul punkti bilan aloqa tarmog‘i orqali bog‘langan bo‘lishi kerak. Bunday tizimlarni ishlash qobiliyati doimiy nazorat ostida bo‘lib, yong‘inni kutish tartibida kechadi va shu sababdan bu tizimlar o‘rnatilgan obyektlarda yong‘inni kelib chiqish sabab va oqibatlari tezda bartaraf etilib, bino va inshootlar saqlab qolinadi. Yong‘in darakchilari tizimi asosan yong‘inni dastlabki belgilari bo‘lmish tutun, yorug‘lik yoki u yerdagi haroratni elektr xabarlariga aylantira oladigan xabarchi moslamalardan iborat bo‘ladi. Bu xabarchi moslamalar aloqa tarmog‘iga ulangan bo‘lib, qabul punktiga o‘ziga xos tovush yoki yorug‘lik signallari orqali darak beradi hamda avtomatik o‘t o‘chirish va tutun haydash uskunalarini zudlik bilan ishga tushirishni ta’minlaydi. Yong‘in datchilari o‘zlarining ishlash uslubiga binoan shartli ravishda 4 ta guruhga, ya’ni, issiqlik, yorug‘lik, gaz va tutundan ishlaydigan turlarga bo‘linadi. O‘zbekistonda ilk bor 1960 yilda haroratni ta’siridan yengil erib ketuvchi “Vuda” qorishmasi asosida ishlaydigan, DTL rusumli yong‘in daraklagichlari ishlab chiqarila boshlangan edi.
DTL bir marta qo‘llanishga mo‘ljallangan bo‘lib, xonaning harorati 72 S dan oshgandan keyin, uning markazida joylashgan, spiralsimon o‘tkazgichni aloqa zanjiriga bog‘lab turuvchi, haroratga o‘ta sezgir bo‘lgan maxsus qorishma erib ketishi oqibatida zanjir uziladi va nazorat pultiga yong‘in xavfi paydo bo‘lganligi haqida xabar beradi. Bitta DTL daraklagichi 15 m kvgacha yuzani qo‘riqlashga qodir (1.2–rasm).
|
| |