Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti texnosfera xavfsizligi kafedrasi




Download 1,83 Mb.
bet4/9
Sana01.06.2024
Hajmi1,83 Mb.
#259022
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
fvx - YANGI 1234567

II-BOB YONUVCHI TIZIM, UNING TURLARI
2.1. Yonish sharti, yonishning turlari
Yonish turlari: yonish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
Chaqnash-yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib, o‘chishi. Bunda yonishning davom etishi uchun aralashma tayyorlanishining imkoniyati yo‘q. Yonish qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi. Alangalanish yonishning alanga olib davom etishi. O‘z-o‘zidan yonish-moddalar ichida asosan organik moddalarda ro‘y beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi aralashmaning o‘z-o‘zidan yonib ketishi. O‘z-o‘zidan alangalanish o‘z-o‘zidan yonishning alanga bilan davom etishi.
Portlash o‘ta tez yonish kimiyaviy jarayonining bosim va energiya hosil qilish bilan o‘tishi.
Yonuvchi modda ma’lum haroratda o‘zidan yonuvchi parlar ajratib chiqarishi natijasida muqim alangalanish ta’minlansa, bu harorati alangalanish harorati deb yuritiladi.
Bazi bir, asosan organik moddalar (torf, qipiq, bazi bir ko‘mir mahsulotlari, qora mollarning chiqindilari) o‘z-o‘zidan yonib ketish xususiyatiga ega. Chunki bu materiallar g‘ovak asosga ega bo‘lganligi sababli oksidlanishi mumkin bo‘lgan yuzasi juda katta bo‘lganligidan, agar bu moddalar ochiq joylarda ma’lum miqdorda yig‘ilib qolsa, ob-havo sharoiti ta’sirida qizib yonib ketadi.
Buning asosiy sababi organik moddalar namlanganda uning ichki qismida mikroorganizmlar rivojlanadi va ularning rivojlanishi natijasida issiqlik ajralib chiqadi, bu hodisani organik moddalarning o‘z-o‘zidan qizish protsessi deb ataladi.
Bunday hodisalar ba’zi bir ximiyaviy moddalarda ham bo‘lishi mumkin. Masalan ishqoriy er metallar, kalsiy karbid, so‘ndirilmagan ohaq uncha ko‘p bo‘lmagan suv ta’siridan qizib alangalanib ketishi mumkin. Bunday hodisalar ko‘pinchayong‘in chiqishiga bevosita sababchi bo‘ladi.
Yonish jarayoni yonuvchi modda molekulalarining kislorod molekulari bilan birikish hodisasi hisoblanadi.
Yonish jarayonini akademik N.N.Semyonov zanjirli reaksiya nazariyasi asosida tushuntiradi. Oksidlanish reaksiyasi odatda issiqlik ajralib bilan boradi va bu hodisa ma’lum sharoitda tezlashib ketishi mumkin.
Oksidlanishning mana shu tezlanish davri yonishga o‘tgan davriga to‘g‘ri kelib, buni o‘z-o‘zidan alangalanish hodisasi deb yuritamiz. O‘z-o‘zidan alangalanish issiqlik ta’sirida yoki zanjir asosida yuz berishi mumkin.
O‘z-o‘zidan yonish issiqlik ta’sirida bo‘lganda reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik tashqi muhitga tarqalayotgan issiqlikdan katta bo‘lgan taqdirdagina vujudga keladi. Zanjir asosida bo‘lganda molekulalar zanjiri uzluksiz davom etishi va zanjirning tarmoqlari keskin ortib ketishi natijasida bo‘ladi. O‘z-o‘zidan yonib ketishning issiqlik ta’sirida ro‘y berish holatini ko‘rib chiqamiz.
Faraz qilaylik idishda V hajmida yonuvchi gaz, yoki parlanib yonuvchi gaz holatida kelgan suyuqlik havo bilan birga to‘ldirilgan bo‘lsin. Shu xonadagi harrorat va atmosfera bosimida havo bilan to‘ldirilgan yonuvchi gaz yoki parlangan suyuqlik o‘rtasida hech qanday reaksiya bo‘lmaydi.
Ma’lumki reaksiya jarayoni faqatgina harorat ko‘tarilishi bilan ro‘yobga chiqadi. Agar biz idish haroratini asta-sekin ko‘tara borsak, yani idishni qirdirsak, unda aralashma harorati ham ko‘tarila boradi, bu bilan reaksiya tezligi ham ortaboradi va o‘z navbatida reaksiya natijasida ajralib chiqaytgan issiqlik ham ortaboradi. Portlashning boshlang‘ich fazasida havo tarkibidagi eng mayda zarralar hamda ularning ajratgan issig‘idan katta zarralar alangalanadi, shundan keyin zichlik etarli bo‘lsa, alangalanish hajmini oladi va portlash yuz beradi. Shuning uchun ham zichlikning quyi chegarasi asosida changlarning yong‘inga va portlashga qarshi xavfliligi aniqlanadi.
Alangalanishning quyi chegarasi 65 g/m.gacha bo‘lgan zichlikka to‘g‘ri kelgan changlar portlashga xavfli (oltingugurt changi, un va b.), bu chegara 65g/mdan ortiq zichlikka to‘g‘ri kelsa, unda yong‘inga xavfli changlar toifasiga kiradi (tamaki, yog‘och changi).
Yong‘in xalq xo‘jaligiga moddiy zarar keltiradi. Bir necha minut yoki soat ichida juda katta miqdordagi xalq boyliklari yonib, kulga aylanadi. Yong‘in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbonat angidrid va boshqa zararli hid hamda gazlar atmosferaga ko`tarilib, havoning tarkibini buzadi. Bundan tashqari, kishilarning jarohatlanishiga, hatto o‘limiga sabab bo`ladi.
Bularning hammasi, yong‘inga qarshi kurash tadbirlari va ishlarning xavfsiz bajarish usullarini mehnat muhofazasi bilan birgalikda o‘rganishni taqozo qiladi. Hozirgi paytda respublikamiz to‘qimachilik korxonalarida yong‘in havfini kamaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, korxonalarda yong`in chiqish xavfi kamaytirilgan va butunlay xavfsiy ishlaydigan elektr uskunalari ishlatilmoqda.
O‘t o‘chirishning mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan tizimlari tobora kengroq qo‘llanilmoqda. Lekin yong‘in chiqishining oldini olish va o‘t o‘chirishda asosiy masuliyat kishilar zimmasiga tushishini hamda ularning yong‘inni o‘chirish texnikasining barcha talablarini to‘liq bajarilishiga bog‘liq ekanligini unutmaslik kerak.
To‘qimachilik korxonalarida bu tadbirlar tartibli ravishda, yong‘in texnikasi haqidagi nizom, yong‘in xavfsizligi qoidalari, yo‘riqnoma va boshqa hujjatlar asosida olib borilishi shart.
Respublikamizning har bir fuqarosi jamoat va davlat mulkini ko‘z qorachig‘iday saqlashi, asrab avaylashi, uni boyitish haqida qayg‘urishi va o‘t o‘chirish tadbirlari keng jamoatchilikka suyangan holda, sexlardagi har bir ishchining ishtirokida olib boriladi.
Yong‘in muhofazasini tashkil qilish kasbiy va ko‘rsatadi), harbiylashtirilmagan tuman markazlari va yirik sanoat obektlariga xizmat ko‘rsatadi va tarmoq (ayrim birlashma va korxonalarga xizmat ko‘rsatadi) turlariga bo‘linadi. Yirik sanoat korxonalarida kasbiy yong‘in qismlari tashkil qilinadi. QM va Q 11-8980 «Sanoat korxonalarining bosh rejalari» ga asosan ishlab chiqarishning yong‘in xavfi bo‘yicha A, B va V toifalari uchun (to‘qimachilik korxonalari V toifasiga mansub) kasbiy yong‘in qismlarining xizmat ko`rsatish radiusi 2 km. dan oshmasligi kerak. Bu qismlar odatda korxona hududidan tashqariga joylashtiriladi. Yong‘in xavfi kam bo‘lgan hamda kichikroq korxona muassasalarda yong‘in muhofazasi va obyektni qo‘riqlash xizmati birgalikda qo‘shib olib boriladi. To‘qimachilik korxonalarida yong‘in muhofazasini tashkil qilish va yong‘in chiqishini ogohlantirish o‘t o‘chirish texnikasini hamda qurollarini aloqa va o‘chirish vositalarini jangovar holatda saqlash, yong`in chiqqan taqdirda ularni o‘chirishda faol qatnashish, xalq mulkini asrab-avaylab saqlash borasida targ`ibot va tashviqot ishlarini olib borishni taqozo qiladi. Korxona, muassasa va tashkilotlarda yong‘in xavfsizligini taminlash ishini tashkil qilish. Ishchilar, xizmatchilar va muxandis-texnik xodimlarning ko‘pchiligi jalb yetilgandagina korxona, muassasa hamda tashkilotlarda yong‘inga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish mumkin. Buning uchun har bir obyektda yong`in-texnik komissiyasi tuziladi. Komissiyaga bosh muhandis, texnik rahbar yoki rahbarning birinchi oyrinbosari boshchilik qiladi, ularning vazifasi quyidagilardan iborat: yong‘inni oldini olish qoidalarining buzilishlarini va yong‘in chiqishiga olib keluvchi kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish; obyektiv yong‘inning oldini olish tartibini ishlab chiqish va ularni o‘tkazishda qatnashish; ishchi xizmatchilar va muhandis-texnik xodimlar o‘rtasida yong‘inning oldini olish tartibi hamda qoidalari bo‘yicha ommaviy tushuntirish ishini olib borish.
Ipakchilik sanoati korxonalaridagi yong‘in muhofazasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
-har kun iyong‘inning oldini olishni amalga oshirish;
-yong`in chiqishiga yo‘l qo‘ymaydigan tadbirlarni ishlab chiqish;
-ishchi-xizmatchilar, muhandis-texnik xodimlarga yong‘inga qarshi kurash yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar berish va ular bilan mashg`ulotlar o‘tkazish; Hamma o‘t o‘chirish tizimlari va qurilmalari hamda yong`in, aloqa va signalizatsiya vositalarining holatini nazorat qilish; qo`riqlanayotgan obyektdagi yonayotgan narsalar va yong‘inni o`chirish. Yonish faqat ma’lum xarorat sharoitidagina mavjud bulishi mumkin. Barcha yonuvchi moddalarning tarkibida uglerod va vodorod mavjuddir. Issiklik ta’siri ostida yonuvchi moddalar parchalanib yukoridagi gazlar ajralib chikib, xavodagi kislorod bilan birikib alanga xosil kiladi.
Yonish fazalarining quyidagi xili aniqlangan chaqnash. Agar sekin-asta kizdirilayotgan yonuuchi suyuqlikka vakti-vakti bilan tashkaridan alanga ta’sir kildirsak, ma’lum bir xaroratga etganda, undan ajralib chikayotgan gazsimon maxsulot chaknaydi va shu zaxotiyok uchib koladi. Suyuqlikning ana shu paytdagi xarorati chaknash xarorati deyiladi. Chaknagan gazlarning tez uchib kolishining sababi, bu xaroratda suyuqlikdan ajralib chikayotgan gazlar alangani davom ettirish uchun etarli emasligidir. Chaqnash xarorati moddalarning yongin jixatidan xavfliligini aniklashda katta axamiyatga molikdir. Ayrim moddalardan ajralib chikuvchi bug‘ va gazlar kup mikdorda ajralib chikuvchi bug‘ va gazlar up mikdorda yig‘ilishi natijasida ochik alanga bilan birikib kuchli portlash paydo qilishi mumkin.

Download 1,83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti texnosfera xavfsizligi kafedrasi

Download 1,83 Mb.