|
Depo binosi yaqinidagi havo zarbasi to’lqinining parametrlarini aniqlang
|
bet | 8/9 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #259022 |
Bog'liq fvx - YANGI 12345673.1 Depo binosi yaqinidagi havo zarbasi to’lqinining parametrlarini aniqlang.
Depo binosi yaqinida 200 metr masofada 60 tonna ogʻirlikdagi ETEN portlovchi moddasi portlashi sodir boʻldi. Depo binosi yaqinidagi havo zarbasi toʻlqinining parametrlarini aniqlang. Shok toʻlqini depo binosiga perpendikulyar yoʻnaltirilgan.
Yechim:
Portlovchi moddasi massasiga teng boʻlgan C, т., trotil massasini toping
K-TNT ekvivalent qiymati (1-jadval)
Havo zarba toʻlqinining oldingi qismidagi ortiqcha bosimni, kPa ni toping.
Havo zarbasi uchun kPa tezlik bosimini toping:
Bunda: -atmosfera bosimi, kPa.
Portlovchi qurilmaning harakat vaqtini, s ni aniqlang:
Aks ettirilgan toʻlqinning old qismidagi umumiy ortiqcha bosim, kPa:
1-jadval
Portlovchi modda
|
Trotil (TNT) ekvivalenti
|
Formula
|
Trotil(ТНТ)
|
1,0
|
|
Nitrat ammoniy
|
0,337
|
NH4NO3
|
TRNС
|
0,39
|
|
Porix
|
0,55—0,66
|
(KNO3, S, C))
|
Ammonal
|
0,99
|
NH4NO3 + ТНТ + Al
|
Tetril
|
1,15—1,25
|
|
Grksoden
|
до 1,3—1,6
|
|
Eten
|
1,39
|
|
Tritonal
|
1,53
|
ТНТ + Al
|
Nitrogelin
|
1,54
|
|
Egdn
|
1,6
|
|
Oktogen
|
1,7
|
|
Oktanitrokuban
|
2,38
|
|
3.2 Yongʻinlar xalq xoʻjaligiga katta moddiy zararini hisoblash
Yongʻinlar xalq xoʻjaligiga katta moddiy zarar keltiradilar. Yongʻin bir necha minut yoki soat ichida juda katta miqdordagi xalq boyliklarini yondirib kulga aylantiradi. Bundan tashqari, yongʻindan koʻriladigan zararlarning eng yomoni shuki, unda koʻplab kishilar jarohatlanadi va hatto oʻlishi ham mumkin. Yongʻin muhofazasini tashkil qilish kasbiy va ixtiyoriy turlarga boʻlinadi.
Kasbiy yongʻin muhofazasi oʻz navbatida harbiylashtirilgan, harbiylashtirilmagan va tarmoq turlariga boʻlinadi. Yirik transport korxonalarida kasbiy yongʻin qismlari tashkil qilinadi. Bu qismlar odatda korxona hududidan tashqariga joylashtiriladi.
Yongʻin xavfi kam boʻlgan hamda kichikroq korxona va muassasalarda yongʻin muhofazasi va obyektni qoʻriqlash xizmati birgalikda qoʻshib olib boriladi. Transport tizimidagi korxonalar uchun xarakterli boʻlgan yongʻinlarning sabablarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
-texnologik jarayonning buzilishi;
-mashina va apparatlarning texnik foydalanish qoidalarining buzilishi;
-xom ashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash qoidalarining buzilishi;
-mashina va apparatlarning aspiratsiya hamda changli havoni tozalash tizimlarining qoniqarsiz ishlashi;
-elektr uskunalarining notoʻgʻri oʻrnatilganligi va notoʻgʻri ishlashi;
-ishlab chiqarish sexlarida va korxona hududida oʻtirgan changlarni tozalash ishlari qoniqarsiz tashkil etilishi;
-ishlab chiqarish sexlarida va korxona hovlilarida alanga bilan bogʻliq ishlarni notoʻgʻri olib borish;
-oʻt oʻchirish va xabar berish vositalarining texnik jihatdan qoniqarsiz ahvoldaligi;
-korxona ishchi va xizmatchilarining hamda koʻngilli oʻt oʻchirish komandalarining tayyorgarligi qoniqarsiz ekanligi.
Korxonalarni yongʻin xavfi boʻyicha tasnifi, ularni loyihalash, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida katta ahamiyat kasb etadi va oʻtga chidamlilik darajasini, qavatlar sonini, binolar orasidagi masofalarni toʻgʻri tanlash muhim rol oʻynaydi. Korxonaning yongʻin xavfi boʻyicha toifasiga, binosining oʻtga chidamlilik darajasiga va hajmiga qarab ichki va tashqi oʻt oʻchirish vodoprovod tizimiga kerakli suvning sarfini, isitish tizimi, havo almashtirish va moʻtadillash, suv ta’minoti, yoritish, elektr uskunalari va oʻt oʻchirish vositalari turlarini tanlash mumkin.
Texnologik loyihalashning amaldagi me’yorlariga binoan barcha ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlarni portlash va yongʻin xavfi boʻyicha besh toifaga boʻlinadi (A, B, V, G, D).
Ishlab chiqarishning «A» va «B» toifalari portlash va yongʻin xavfi mavjud korxonalardir. Transport tizimidagi korxonalarda kimyoviy changi va ular bilan tabiiy changi aralashgan sexlar, yonuvchi va moylovchi moddalar saqlanadigan omborlar, chaqnash harorati 28°C va undan yuqori boʻlgan suyuqliklar ishlatiladigan sexlar kiradi.
Ishlab chiqarishning «V» toifasiga faqat yongʻin xavfi mavjud korxonalar kiradi. Bu toifadagi korxonalarga mexanik ta’mirlash, koʻprikqurilish, ishlab chiqarish sexlari, montaj, xom ashyo sexlari, mahsulot sifatini tekshirish va sh.oʻ. sexlar kiradi.
Ishlab chiqarishning «G» toifasiga yonmaydigan moddalar va materiallarni issiq, choʻgʻlangan yoki erigan holda ishlaydigan va ish jarayonida nursimon issiqlik ajraladigan uchqun va alanga chiqib turadigan, shuningdek qattiq, suyuq va gazsimon yoqilgʻi yoqiladigan sexlar kiradi. Ishlab chiqarishning «D» toifasiga yonmaydigan moddalar va materiallarni sovuq holatida ishlaydigan sexlar kiradi. Yongʻin, portlash, avariya, yer qimirlashi kutilmaganda va birdan mavjud boʻlgan xavfli vaziyatlarda korxonalardan barcha ishlovchilarni tezda va xavfsiz evakuatsiya qilish talab qilinadi. Bunda odatda, evakuatsiya qilish qisqa vaqt ichida barcha ishlovchilarni bino yoki xonadan tashqariga yoʻnaltirish kerak boʻladi. Transport tizimidagi korxonalarida mashinalar ancha zich joylashtirilishi tufayli va texnologik jarayonning birmuncha murakkabligi, ya’ni oʻtimlarning koʻpligi tufayli ham oʻziga xos murakkabliklarga ega. Xavfsiz evakuatsiya qilishda vaqt asosiy rol oʻynaydi. Evakuatsiyaga qoʻyiladigan asosiy talablar ana shundan kelib chiqadi. Bu talablar evakuatsiya yoʻlaklarining uzunligi, ularning soni, qulayligi, joylashtirilishi va shunga oʻxshashlardir. Eng uzoq ish joylaridan evakuatsiya, eshigigacha bo‘lgan masofa ishlab chiqarishning toifasiga, binoning oʻtga chidamlilik darajasiga va uning necha qavatli ekanligiga bogʻliq. Evakuatsiya zinapoyalari kishilarni xavfsiz evakuatsiya qilinishini, ularning tartibli harakatini, yongʻin vaqtida oʻt oʻchiruvchi qismlarning erkin harakat qila olishini ta’minlay olishi kerak. Bu maqsadda qurilgan zinapoya kataklari, odatda atrofi yopiq va tabiiy yoruqlik tushadigan qilib hamda yonmaydigan qurilish materiallaridan ishlatilgan holda quriladi.
Sexlardan evkuatsiya maqsadida chiqish eshiklari ikkitadan kam boʻlmasligi kerak. Bitta chiqish eshigi faqatgina sexdagi odamlar soni 50 tadan kam boʻlgan hollardagina boʻlishi mumkin. Evakuatsiya yoʻlaklari (zinapoya kataklari, yoʻlaklar, lift oldi maydonchalari) da pardozlash uchun yonuvchi materiallar ishlatish ta’qiqlanadi.
1-masala. Yongʻin xavfi tasnifi boʻyicha mexanika sexi «D» kategoriyasiga mansub. Binoning oʻtga chidamlilik darajasi IV. Bino bir qavatli uzunligi boʻyicha toʻrtga va eni boʻyicha ikkiga evakuatsiya chiqish joylari bilan ta’minlangan (1-rasm). Sexdagi ishlovchilar soni Ns=1446 kishi. Idora va muhandis texnik xodimlardan xizmat zarurati yuzasidan sexdagi ishlovchilar sonining 5% sexda boʻlishi mumkin. Evakuatsiya vaqtida mavjud chiqish joylarining 3 tasidan foydalanish mumkin. Odamlar oqimi harakati tezligini yoʻlning gorizontal qismlarida minimal deb qabul qilamiz. Yongʻin paytida odamlarni mexanika sexidan evakuatsiya qilish uchun zarur boʻlgan yoʻlakning kengligi va zaruriy eng qisqa muddati aniqlansin.
Sexdagi umumiy odamlar sonini hisoblaymiz:
ΣN=Nch + 0,05 · Nch= 1446 + 0,05 · 1446 =1518,3 kishi
Odamlar sonini chiqish jaylariga baravar taqsimlasak:
kishi
Odamlar oqimi harakati tezligi 1-jadvaldan olinadi va 20 m/min deb olamiz.
CHiqish joyigacha boʻlgan eng uzoq masofa l=60 m (1-rasm) deb olamiz.
Odamlarni evakuatsiya qilish vaqtini quyidagi formula yordamida aniqlaymiz:
daqiqa
Yoʻlakning kengligi
m
Mavjud 4 evakuatsiya chiqish joylarining har birining kengligini aniqlaymiz:
2-masala. Korxona xom ashyo ombori maydoni S=a·b=72·48=3456, m2 boʻlib, bir qavatli binoda joylashgan. Oʻtni avtomatik ravishda oʻchirishga moʻljallangan sprinkler kallaklari sonini toping.
Agar har bir sprinkler kallagi ΔS=9 m2 maydonga moʻljallangan boʻlsa, ombor maydoni uchun:
dona
3-masala. Benzin, benzol va atseton bugʻlaridan tashkil topgan havo-bugʻ aralashmasining pastki portlash chegarasi (PPCH) aniqlansin. Aralashmada benzin bugʻlarining miqdori R1=22%, benzolniki R2=12%, atsetonniki R3=8%, PPCHlari tegishlicha benzinniki N1=l,6%, benzolniki N2=1,8%, atsetonniki N3=1,3%.
4-masala. Benzol va etil spirtidan tashkil topgan aralashmaning mg/m3 lardagi PPCH ni aniqlang. Aralashmadagi benzol miqdori P=72%, etil spirti R2=28%, Benzolning molekulyar ogʻirligi M1=78,05 g/mol. Etil spirtiniki M2=46,055 g/mol, benzolning PPCH N1=l,8%, etil spirtiniki N2=3,56%.
Aralashmadagi har bir yonuvchi komponentning PPCH ni aniqlash uchun ularning kimyoviy birlikdagi konsentratsiyalarini ogʻirlik birliklariga aylantiramiz.
bu formuladan: g/m3
benzol uchun g/m3
etil spirti uchun g/m3
6-formuladan foydalanib aralashmaning PPCH ni aniqlaymiz:
g/m3
5-masala. Oʻlchamlari: boʻyi a=96 m, eni b=48 m va balandligi h=6 m boʻlgan yigʻuv sexi uchun tashqi va ichki vodoprovod quvurlarining diametrlarini, suv zaxirasi hovuzlarining sonini hisoblang. Bino qurilish konstruksiyalarining oʻtga chidamlilik chegarasi III kategoriyaga mansub.
Oʻt oʻchirish uchun zarur boʻlgan suv hajmi 3 soatlik sarf hisobidan olinadi va quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Vym= Vt+ Vi=3·600·10-3(qt+qi)=10,8(qt+qi), m3/c
qt=40m3/s (4.3-jadvaldan), qi=30 m3/s (7.4-jadvaldan)
Vym=10,8(40+30)=756, m3 .
Hovuzning hajmi m3
boʻlsa, hovuzlar soni
ta hovuz kerak ekan.
Tashqi vodoprovod quvuri diametrini aniqlaymiz.
m
Ichki vodoprovod quvuri diametri
m
Magistral quvur diametri
m
bu yerda: v - quvurdagi suvning tezligi, GOST boʻyicha toʻgʻirlab olamiz.
Tashqi va ichki oʻt oʻchirish vodoprovodlariga d=125 mm li, magistral vodoprovod quvuriga esa d=200 mm li quvurlar olamiz.
6-masala. Binoning oʻtga chidamdilik chegarasi aniqlansin. Bino maydoni G=2600 m2, oʻt oʻchirishga moʻljallangan suvning solishtirma sarfi q=90 l/s, suv sepish jadalligi J=0,1 l/m2s. Yongʻin boshlangandan statsionar oʻt oʻchirish vositalari ishga tushirilguncha ketgan vaqt Δτ0=5min=300 s.
Oʻtning me’yoriy davomiyligi
min
Tomning ogʻirligini koʻtaruvchi devor va ustunlarning oʻtga chidamlilik chegarasi
min
Bino tomining oʻtga chidamlilik chegarasini aniqlaymiz.
min
Toʻsiqlar uchun oʻtga chidamlilik chegarasini aniqlaymiz.
min
7-masala. Ta’mirlash korxonasi tayyor mahsulot omborining oʻlchamlari boʻyi a=72 m, eni b=48 m, balandligi h=6,0 m boʻlsa, uning shipiga oʻrnatilgan avtomatik oʻt oʻchirish tizim parametrlarini aniqlang. Ombordagi havoning harorati tx=27°C.
Diametri d=12 mm va suv sepish maydoni f=9 m2 boʻlgan sprinkler kallaklarini qabul qilamiz.
Tizimning ishga tushish chegaraviy vaqtini aniqlaymiz.
v - yumshoq materiallar uchun alanganing tarqalish tezligi v=0,25 m/s.
Sprinkler kallagining ishga tushish muddati
τ=1,1 · τ dat=1,1·120=132 s
τdat - datchikning ishga tushish muddati (2-3 min).
Yongʻinning tarqalish maydoni
Gyo=π(i · τ)2=3,14(0,12 · 132)2=787,8 m2
bu yerda i - alanganing tarqalish indeksi i=0,12
Sprinkler kallagining ishlash harorati
°C
vcx – solishtirma tezlik, materiallar uchun - 64,5 m3grad/m2s
Ss - omborning hajmi S=a·b·h=72·48·6,0=20736,m3
Ombor boʻyicha oʻrnatilishi kerak boʻlgan sprinkler kallaklari sonini topamiz.
dona
Sprinkler kallaklari va qatorlari orasidagi masofalarni aniqlaymiz.
m.
Хulоsа
О‘zbekistоn Respublikаsidа Fаvqulоddа vаziyаtlаr vаzirligi tаshkil etilgаn vаqtdа vаzirlik zimmаsigа fаvqulоddа vаziyаtlаr vа fuqаrо muhоfаzаsi sоhаsidа хuquqiy bаzаni tаshkil etish vаzifаsi yuklаtilgаn edi. Хоzirgi kungа kelib, bu sоhаdа хuquqiy bаzа tаshkil etilgаn vа sаmаrаli tаkоmillаshtirilgаn. Temir yо‘l kоrхоnlаridа fаvqulоddа vаziyаtlаrni оldini оlish mаqsаdidа,
“Yonish jarayoni. Yonuvchi tizim, uning turlari” ishlаb chiqilgаn. Ishlаb chiqilgаn ushbu rejа, tаlаb dаrаjаsidа ishlаb chiqilgаn bо‘lib, belgilаngаn tаrtibdа tаsdiqlаngаn, hаmdа yuqоri tаshkilоtlаr bilаn kelishgаn.
Yong‘in xalq xo‘jaligiga moddiy zarar keltiradi. Bir necha minut yoki soat ichida juda katta miqdordagi xalq boyliklari yonib, kulga aylanadi. Yong‘in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbonad angidrid va boshqa zararli hid hamda gazlar atmosferaga ko‘tarilib, havoning tarkibini buzadi.
Bundan tashqari, kishilarning jarohatlanishiga, hatto o‘limiga sabab bo‘ladi. Bularning hammasi, yong‘inga qarshi kurash tadbirlari va ishlarning xavfsiz bajarish usullarini mehnat muhofazasi bilan birgalikda o‘rganishni taqozo qiladi.
Inshootlarni loyihasini ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar inshootlar qurilishida qurilish me’yorlari va qoidalari hamda davlat standartlariga rioya qilmaslik; yong‘in nazorati, gazdan foydalanishni nazorat qilish xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan yong‘inni oldini olish tadbirlarining bajarilmasligi;ishchi xodimlarning yong‘in sodir etilganda o‘z vazifalarini bilmasliklari va vahimaga tushishlari;yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladigan qutqaruv vositalarining kamligi.mehnat intizomining pastligi;yong‘indan xavfli moddalarning saqlanish qoidalarining buzilishi;birlamchi o‘t o‘chirish vositalarining yetishmasligi, nosozligi;texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik
Ishchilar, xizmatchilar va muxandis–texnik xodimlarning ko‘pchiligi jalb etilgandagina korxona, muassasa hamda tashkilotlarda yong‘inga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish kerak.
Хulоsа qilib аytgаndа оbyektlаrdа “Yonish jarayoni. Yonuvchi tizim, uning turlari” dа yоn аtrоfdа jоylаshgаn kimyоviy hаmdа rаdiаtsiyаviy kоrхоnаlаrning tа’sirini, hududning хususiyаtlаrini, mаvjud kuch vа vоsitаlаrning imkоniyаtini inоbаtgа оlgаn hоldа, yong‘in xafvsizligini tо‘liq ishlаb chiqilishi mаqsаdgа muvоfiq deb hisоblаymаn.
|
| |