|
Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti texnosfera xavfsizligi kafedrasi
|
bet | 2/9 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #259022 |
Bog'liq fvx - YANGI 1234567I-BOB YONISH JARAYONI.
1.1 Yonish jarayoni va portlashga xavflilik hususiyatlari
Yonish deb, yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish jarayonida bir moddadan ikkinchi moddaga aylanishi, katta miqdorda issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan hodisaga aytiladi.
Yonish bo‘lishi uchun asosan uch omil:
1) yonuvchi modda;
2) yondiruvchi muhit;
3) qizdirish jarayoni bo‘lishishart.
Yonuvchi modda deyarli hamma joyda bor: bular dar xil yog‘och mahsulotlari va jihozlari, qog‘oz mahsulotlari, ximiyaviy moddalar, yonuvchi suyuqliklar va umumiy har qanday organik moddalar yonadi. Yondiruvchi muhit bu bizni o‘rab turgan havo tarkibidagi kislorod bo‘lib, u ham hamma vaqt mavjud.
Ba’zi bir hollarda yonish jarayoni xlor, brom kabi oksidlovchilar muhitida ham ro‘y berishi mumkin. Endi qizdirish jarayoni bo‘lsa, yonish reaksiyasi vujudga keladi. Buning uchun ma’lum miqdorda qizdirish manbayi bo‘lishi kerak. Reaksiya boshlangandan keyin, reaksiya natijasida hosil bo‘lgan isiqlik yonishning davom etishini ta’minlaydi. Shuning uchun yonayotgan zona alangalanish manba’i va yonish zonasi hisoblanadi. Bu zona harorati qancha katta bo‘lsa, yonish shuncha tez bo‘ladi.
Yonish jarayoni asosan ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchisida qattiq jismlari yonish jarayonida yonayotgan modda havo muhitidan ajralgan holda bo‘ladi. Kislorod bilan birikish yonish zonasidagi issiqlik natijasida o‘tadi va bu birikkan modda (yoki yonish mahsuloti) qizigan holatda yuqoriga qarab yo‘naladi va o‘z o‘rniga havo bilan kislorodni kirishiga sababchi bo‘ladi va bu holat yonuvchi modda tamom bo‘lguncha davom etishi mumkiin. Bu yonish havo harakati natijasida yonish zonasini kislorod bilan ta’minlaganligi uchun diffuziya yonishi deb yuritiladi. Bunday yonish yog‘och, ko‘mir, sham va boshqalar yonganda kuzatish mumkin. Yong‘inlar ham asosan diffuziya tartibida bo‘ladi.
Yonish ikkinchi xil 1) yonuvchi gazlar, 2)yonuvchi suyuqliklar. Bunday yonish hajmiy yonish jarayonida o‘tadi, ya‘ni shu ma’lum hajmdagi modda baravar yonadi. yonish tezligi modda konsentratsiyasiga, haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bunday yonish yopiq hajmlarda yoki idishlarda bo‘lsa, portlash hodisasi ro‘y beradi. Yong' in xalq xo'jaligiga moddiy zarar keltiradi. Bir necha minut yoki soat ichida juda katta miqdordagi xalq boyliklari yonib, kulga aylanadi. Yong‘in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbonat angidrid va boshqa zararli hid hamda gazlar atmosferaga ko‘tarilib, havoning tarkibini buzadi. Bundan tashqari, kishilaming Jarohatlanishiga, hatto o‘limiga sabab bo'ladi. Bularning hammasi, yong inga qarshi kurash tadbirlari va ishlarning xavfsiz bajarish usullarini mehnat muhofazasi bilan birgalikda o'rganishni taqozo qiladi. Hozirgi paytda respublikamiz to'qimachilik korxonalarida yong'in havifini kamaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, korxonalarda yong'in chiqish xavfi kamaytirilgan va butunlay xavfsiz ishlaydigan elektr uskunalari ishlatilmoqda. O‘t o‘chirishning mexanizatsiyalashgan avtomatlashgan tizimlari tobora kengroq qo'llanilmoqda. va amalga oshirilinmoqda Lekin yong‘in chiqishining oldini olish va o‘t o‘chirishda asosiy masullyar kishilar zimmasiga tushishini hamda ulaming yong‘inni o‘chirish texnikasining barcha talablarini to‘liq bajarilishiga bog‘liq ekanligini unutmaslik kerak. To'qimachilik korxonalarida bu tadbirlar tartibli ravishda, yong‘in texnikasi haqidagi nizom, yong'in xavfsizligi qoidalari, yo'riqonoma va boshqa hujjatlar asosida olib borilishi shart.
Respublikamizning har bir fuqarosi jamoat va davlat mulkini koʻz qorachig‘iday saqlashi, asrab avaylashi, uni boyish haqida qayg‘urishi va o‘t o'chirish tadbirlari keng jamoatchilikka suyangan holda, sexlardagi har bir Ishchining ishtirokida olib boriladi. Yong‘in muhofazasini tashkil qilish kasbiy va İxtiyoriy turlarga bo‘linadi.
Kasbiy yongʻin muhofazasi o‘z navbatida, harbiylashtirilgan (yirik shahar va muhim obyektlarga xizmat ko‘rsatadi), harbiylashtirilmagan (tuman markazlari va yirik sanoat obyektlariga sizmiz ko‘rsatadi va tarmoq (ayrim birlashma va korxonalarga xizmat ko‘rsatadi) turlariga bo‘linadi. Yirik sanoat korxonalarida kasbiy yong‘in qismlari tashkil qilinadi. QM va Q 11-8980 Sanoat korxonalarining bosh rejalariga asosan ishlab chiqarishning yong‘in xavfiizligiga doir asosiy talablar va qoidalari. Materiallar va texnologik jarayonlarning yongʻin va portlash xavfsizligini baholash
Yongʻin xavfsizligi
1. Yongʻinga qarshi ishlarni tashkil qilish.
2. Korxona, muassasa va tashkilotlarda yong‘in xavfsizligini ta‘minlash ishini tashkil qiladi.
3. Yong‘inga qarshi kurash choralari.
4. Dastlabki avtomatik oʻt o‘chirish choralari.
Xavfsizligiga doir asosiy talablar va qoidalar sanoati korxonalaridagi yong'in muhofazasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
-har kun yongʻin xavfsizligi oldini olishni amalga oshirish;
-yongʻin chiqishiga yoʻl qoʻymaydigan tadbirlarni ishlab chiqish;
-ishchi-xizmatchilar, muhandis-texnik xodimlarga yong'inga qarshi kurash yuzasidan yoʻl-yoʻriqlar berish va ular bilan mashgʻulotlar oʻtkazish;
-hamma oʻt oʻchirish tizimlari va qurilmalari hamda yongʻin, aloqa va signalizatsiya vositalarining holatini nazorat qilish;
-qoʻriqlanayotgan obyektdagi yonayotgan narsalar va yongʻirmi oʻchirish.
Ishlab chiqarishda yuz beradigan yonishlarning kelib chiqish sabablarini ikki turga bo‘lish mumkin.
1. Ishlab chiqarish texnologik jarayonidan alanga manbayini chiqarib tashlab bo'lmaydigan va sexlarda yonuvchi yoki portlovchi moddalar yig‘ilib qolgan holat. Masalan, pardozlash fabrikasida matoning tuqish kuydirish jarayoni yuqori haroratda olib boriladi, yani kuydiruvchi yuza choʻgʻlanib turganda 100 mG min tezlikda mato o'tkaziladi. Mashinaning harakat qismlaridan birortasi to‘xtab qolsa yoki mato ozgina bo‘lsada, to'planib qolsa, darhol alangalanib yong‘in chiqishi mumkin.
2. Ishlab chiqarish texnologik jarayonidan yanovchi yoki portlovchi moddalarni chiqarib tashlab bo‘lmaydigan va alanga manbaini qo‘llashga yo‘l qo‘yilgan bolat. Masalan, xomashyo va tayyor mahsulot omborlarida, titish-savash sexlarida paxta va maomlar ko‘p miqdorda to‘planishi tabiiy. Lekin bu xonalarda ma'lum ehtiyot choralari ko‘rilmasdan ochiq alanga manbal ishlatilsa yong‘in chiqishi mumkin. To‘qimachilik korxonalari uchun xarakterli bo‘lgan yong‘inlarning sabablarini quyidagicha tasniflash mumkin:
-texnologik jarayonning buzilishi;
-mashina va apparatlardan texnik foydalanish qoidalariga rioya etilmasa;
-xomashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash qoidalarining buzilishi; mashina va apparatlarning aspiratsiya hamda changli havoni tozalash tizimlarining qoniqarsiz ishlashi;
-zaharliligi bo‘yicha zaharli (freon, brometil), kam zaharli (karbonat angidrid, azot), zaharsiz (suv, ko'pik, kukunli birikmalar).
Suv olovni o'chirishda eng keng tarqalgan moddadır. O‘zining quyidagi xususiyatlari tufayli o‘tni o‘chirishda eng afzal hisoblanadi. Issiqlik sig‘imi katta, yonayotgan yuzaga tushganda uning issiqligini yutib oladi. Yuqori haroratli yuzalarga tushgan suv tezda bug'lanadi. Bug‘lanish natijasida uning hajmi 1700 marta ortadi va vaqtincha yonayotgan yuzani qamrab olib havodagi kislorod miqdorini kamaytiradi. Suvning yuzalami ho'llash xususiyati yong‘inning tarqalmasligida katta rol o‘ynaydi. Uning sirt tarangligi kichik bo‘lganligi uchun yonayotgan moddlarning tirqish va teshiklariga tezda kirib ularni sovitadi.
Karbonat angidrid gazini yong‘in chiqqan hududiga yo‘naltirish u yerdag! havoning tarkibida kislorod miqdorini kamaytirish orqali yong‘in o‘chiriladi. Agar havodagi kislorod miqdorini 15% gacha tushirishga erishilsa, yonish susayadi. Korbanat angidrid gazi yong in o‘chog‘iga gaz holatida yoki suyultirilgan korbanat angidridi o‘t o‘chirish bolatida berilishi mumkin. Suyultirigan korbanat angidrid! o‘t o‘chirgichda u havo bilan reaktsiyaga kirishib harorati qorsimon modda hosil qiladi, bu yonayotgan buyumlar yusasini yaxshi sovutadi. Inert gazlardan azot va argon yonginni o‘chirishda ishlatiladi. Ular ham karbonat angidrid gazi singari havodagi kislorod miqdorini aralashtirib kamaytiradi va bu yong‘ini o‘chirishga olib keladi. Bu gazlar karbonat angidrid gazichalik samaralidir. Tutun gazlarda kislorod havodagidan birmuncha kam bo‘lib, taxminan 18- 19% ni tashkil qiladi. Bu gazlar oxirigacha yondirilsa, undagi kislorod miqdoriai 5-6% gacha tushirish mumkin. Bunday gazlar yong‘inni o‘chirishda bemalol qo'llanlishi mumkin. O‘t o‘chirishda samolyotlaming o‘z ish muddatini o‘tagan reaktiv yuritkichlarini ishlarish ham yo'lga qo'yilgan. Bular o‘t o‘chirish mashinalariga o‘matiladi va gazlari suv oqimi bilan birga yong‘in yuzalarida yo‘naltiriladi.
Har qanday gazsimon moddaning yong‘inga va portlashga xavfliligi alangalanish chegaralari, yonish harorati hamda alanganing o‘rtacha tarqalish tezligi bilan belgilanadi. Gazning havo bilan aralashib yonishi har qanday holatda ham amalga oshavermaydi, balki malum chegaradagi aralashma hosil bo‘lgandagina yonish ro‘y beradi. Shuning uchun ham aralashmalarning alangalanish chegaralari quyi va yuqori chegaralar sifatida belgilanadi. Quyi chegara deganda gazning eng kam miqdori alanga hosil qiladigan holat tushuniladi va mana Shu chegara sanoat korxonaning yong‘inga hamda portlashga xavflilik darajasini belgilovchi omil hisoblanadi. Havoning gaz bilan aralashmasi, yonish uchun etarli miqdorda yig‘ilgan bo‘lsa, ma’lum sharoitda qizdirilganda alangalanib ketadi, mana shu harorat yonish harorati deb ataladi.Bu harorat yonuvchi aralashma holati va boshqa omillar ta’sirida juda yuqorilashib ketishi mumkin (450°C dan 2000°C gacha). Ko‘pgina gaz aralashmalarining yonish tezligi ularning miqdori va gazning xususiyatiga bog‘liq. Gazlarning yonish tezligi 0,3-0,8 m/sek. bo‘ladi. Bundan vodorod bilan atsetilen gazi mustasno, ularning yonish tezligi 2,76 m/sek. va 5,6 m/sek.ni tashkil qiladi. Yonishning tez ketishi portlash deyiladi.Yonish qancha qisqa muddatda amalga oshsa, portlash kuchi Shuncha katta bo‘ladi. Havoning gaz bilan aralashmasi, Yonish uchun yetarli miqdorda yig‘ilgan bo‘lsa, ma’lum haroratgacha qizdirilganda alangalanib ketadi, mana Shu harorat yonish harorati deb ataladi. Bu harorat yonuvchi aralashma holati va boshqa omillar ta’sirida juda katta diapazonni tashqil qilishi mumkin. yonuvchi aralashma yonayotgan vaqtida alangina tarqalish tezligi aniqlanadi. Bunda yonayotgan zonaga o‘tish tezligi ma’lum yuzadagi Yonuvchi aralashma ma’lum vaqt birligida yonib, tutash zonaga o‘tishi belgilanadi. Ko‘pgina gazlarning aralashmalarining yonish tezligi ularning aralashmalarining miqdoriga va gazning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Gazlarning yonish tezligi asosan 0,3 ... 0,8 m/s ni tashqil qiladi. Bundan vodorod bilan atsetilen gazi mustasno bo‘lib ularning yonish tezligi 2,76 va 1, 56 m/s ni tashkil qiladi. Alanganing normal tarqalish tezligi gazlardagi fizik-kimyoviy xususiyat bo‘lib, ma’lum o‘zgarmas miqdor sifatida belgilanadi, chunki bu tezlikning nihoyatda ortib ketishi portlashni belgilovchi omil hisoblanadi.
Yonishning tez kechishi portlash deyiladi. Yonish qancha qisqa muddatda amalga oshsa, portlash kuchi shuncha katta bo‘ladi. Suyuqliklarda yonish faqat uning gazsimon (ya’ni bug‘ga aylangan) fazasida bo‘ladi. Bug‘ga aylanish jarayoni va tezligi suyuqlikning fizik va kimiyaviy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek bug‘ga aylanish jarayoni tashqi muhit haroratiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ma’lum harorat va bosimdagi suyuqlik pari hosil bo‘ladi. Bular miqdori harorat o‘zgarmagan holatda ortib yoki kamayib ketmaydi. Bu miqdordagi parni to‘yingan par deb ataladi. To‘yingan parlardan parcha aylanayotgan molekulalar soni suyuqlikka aylanayotgan molekulalar soniga teng bo‘lganligidan uning miqdori havo muhitida birxil saqlanib turadi. Bunday holatdagi suyuqlikning havo muhitiga nisbatan zichligini miqdoriy bosim deb yuritiladi. Yani agar havo tarkibidagi to‘yigan par miqdori 20% ni tashkil qilsa, unda bu aralashmaning miqdoriy bosimi qabul qilinadi. Bunda Ro-atmosfera bosimi. Odatda to‘yinganparning bosimi ma’lum haroratlar bo‘yicha har xil suyuqliklar uchun ma’lumotnomalarda beriladi.
Havo muhitida parlarning, Shuningdek gazlarning yonishi, ma’lum diapazon zichlikdagina ro‘y berishi mumkin. Havodagi yonuvchi par va gazning miqdori, umuman to‘yingan holatdagi miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin emas, Shuning uchun bu moddaning yonish chegarasini faqat harorat bilangina belgilash mumkin va bu miqdor yonuvchi moddaning alangalanishining yuqori chegarasi deb yuritiladi. Ammo suyuqlik va gazlarning havo muhitidagi zichligi to‘yinish nuqtasidan past bo‘lgan hollarda ham ma’lum haroratda alangalanish hodisasi ro‘y berishi mumkin. Shuning uchun ham har xil yonuvchi moddalar uchun zichlikning alangalanish chegarasini yonuvchi modda minimal miqdorda bo‘lgan holat uchun ham alangalanish harorat aniqlanadi va bu miqdor modda alangalanishining quyi chegarasi deb yuritiladi. Demak har qanday yonuvchi suyuqlikning yonish protsessi bo‘lishi uchun suyuqlik ma’lum haroratgacha qizdirilishi (bu haroratda albatta alangalanishning quyi chegarasidan kam bo‘lmasligi kerak) va bu vaqtda suyuqlikdan ajralib chiqayotgan parlar miqdori alangani davom ettira oladigan miqdorda bo‘lishi kerak. Suyuqliklarning ana shu xususiyatlari asosida suyuqliklar uchun chaqnash va alangalanish tushunchalari kiritiladi.
Suyuqliklar gazsimon muhitda yonib, bug‘ga aylanish jarayoni tezligi suyuqlikning fizik va kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, bug‘ga aylanish jarayoni tashqi muhit haroratiga ham bog‘liq. Ma’lum harorat va bosimdagi suyuqlik yuzasida suyuqlik bug‘ hosil bo‘ladi. Bu bug‘ miqdori harorat o‘zgarmagan holatda ortib yoki kamayib ketmaydi. Uni to‘yingan bug‘ deb ataladi. To‘yingan bug‘ga aylanayotgan molekulalar soni suyuqlikka aylanayotgan molekulalar soniga teng bo‘lganligidan uning miqdori havo muhitiga bir xil saqlanib turadi. Bunday holatdagi suyuqlikning havo muhitiga nisbatan zichligini miqdor bosimi deb yuritiladi yani, bug‘ning havo tarkibidagi to‘yingan miqdori 20% ni tashkil qilsa, unda bu aralashmaning miqdoriy bosimi 0,20 R deb qabul qilinadi.Bunda, R atmosfera bosimi. Agar to‘yingan bug‘ning miqdor bosimi ma’lum bo‘lsa, Shu haroratda havo muhitidagi zichligini aniqlash mumkin. Gazlarning yonishi, ma’lum havo muhitida ro‘y berishi mumkin. Havoda yonuvchi gazning hajmi, umuman to‘yingan holatdagi hajmdan ko‘p bo‘lishi mumkin emas, Shuning uchun moddaning yonish chegarasini faqat harorat bilangina belgilash mumkin va bu hajm yonuvchi moddaning yuqori chegarasi deb yuritiladi. Suyuqlik va gazlarning havo muhitidagi zichligi to‘yinish nuqtasidan past bo‘lgan hollarda ham ma’lum haroratda alangalanish hodisasi ro‘y berishi mumkin. Shuning uchun har xil yonuvchi moddalar eng kam miqdori uchun ham alangalanish harorati aniklanadi. Demak, har qanday yonuvchi suyuqlikning yonishi uchun u ma’lum haroratgacha qizdirilishi va bu vaqtda suyuqlikdan ajralib chiqayotgan bug‘ miqdori alangani davom ettira oladigan miqdorda bo‘lishi kerak. Suyukliklarning ana Shu xususiyatlari asosida ularning chaqnash va alangalanishi o‘rganiladi.
Chaqnash harorati deb, uncha yuqori bo‘lmagan haroratdagi suyuqlik yuzasida bug‘larning havo bilan aralashmasi hosil bo‘lib, aralashma tashqaridan qizdirilsa, yonib ketishi mumkin bo‘lgan haroratga aytiladi. Yonish va portlashga moyillik darajasini aniqlashdan maqsad ularda sodir bulajak yong’in va portlashlar oqibatida yuzaga keluvchi buzilishlarni va odamlarga xavfli va dahshatli ta’sirini oldini olishdan iborat. Bino va inshootlarni yonish va portlashga moyilligi, ularning qanday ashyolardan qurilganligiga va ularda mavjud ishlab chiqarishjarayonida ishlatiladigan yoki saqlanadigan xomashyolarning yonuvchanlik xususiyatlari bilan belgilanadi. Yong‘inlarni o‘chirishda quyidagi kuchlar va vositalardan foydalaniladi: Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari va uning quyi tizimlari, yong‘in xavfsizligi o‘quv markazlari, Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalarining shaxsiy tarkiblari;
-idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari
-harbiy bo‘linmalarning shaxsiy tarkiblari;
-tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlarining farmoyishlariga asosan tashkilotlarning texnik vositalari;
-suv sepish va yong‘inni o‘chirishga moslashtirilgan texnikalar;
Yong‘in o‘chirish avtomobillari asosiy, maxsus va yordamchi avtomobillarga bo‘linadi. Asosiy yong‘in o‘chirish avtomobillariga yong‘in joyiga yong‘in o‘chiruvchi moddalarni (suv, ko‘pik, kukun, gaz va boshqalar) uzatuvchi avtomobillar kiradi. Asosiy yong‘in o‘chirish avtomobillari umumiy qo‘llaniladigan (aholi punktlarida sodir bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish uchun) va maqsadli qo‘llaniladigan (neft omborlari, kimyo sanoati, aeroport va boshqa joylarda sodir bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish uchun) avtomobil turlariga bo‘linadi. Maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillariga yong‘inda maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan avtomobillar, yani shaxsiy tarkibni yuqoriga ko‘tarish, aloqa va yoritishni ta’minlash, qurilmalarni ochish, ajratish, tutunga qarshi kurash, mol-mulklarni himoya qilish, kuchlar va vositalarni boshqarish hamda yong‘inni o‘chirish vaqtida foydalaniladigan boshqa texnikalar kiradi. Yordamchi yong‘in o‘chirish avtomobillariga yonilg‘i quyish, texnik xizmat ko‘rsatish, suv tashish uchun mo‘ljallangan avtomobillar, yuk tashish avtomobillari, avtobuslar, traktorlar hamda yong‘in o‘chirish qismlari hisobiga kiritilgan yordamchi ish bajaruvchi boshqa avtomobillar kiradi. Yong‘inni o‘chirish vaqtida aloqa radiotarmoq, telefon, ovoz kuchaytirgich moslamasi, so‘zlashish qurilmasi, karnay va boshqalar orqali ta’minlanadi. Yong‘inni o‘chirishda yoritish ishlari yong‘in o‘chirish avtomobillarida olib borilgan moslama va qurilmalar yordamida ta’minlanadi.
Yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar olingach, davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘linmalari darhol yong‘in joyiga jo‘nab ketishi shart. Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari chaqirilgan joyga qisqa vaqtda kelishlari kerak. Yong‘in joyiga borilayotganda yong‘in o‘chirish ekipaji komandiri Markaziy dispetcherlik xizmati (bundan keyingi o‘rinlarda MDX deb yuritiladi) yoki qism dispetcherlik xizmati (bundan keyingi o‘rinlarda QDX deb yuritiladi) bilan muntazam aloqada bo‘lishi shart.
Yong‘inni o‘chirish yong‘in vaqtida quyidagi holatlar bo‘lishi mumkin: odamlarning ko‘pligi, yordamga muhtojligi, binolar qurilishining murakkabligi; tik va qiya yo‘nalishlarda texnologik qurilmalar, yonuvchi materiallar, ayvonlar, tuynuklar, derazalar, bo‘shliqlar va ventelyasiya tizmalari orqali olovning tarqalishi; haroratning tez ko‘tarilishi va issiq havo oqimlarining ochiq joylarga o‘tishi;
-modda va materiallarning issiqlik ta’sirida gaz-bug‘ havo aralashmasini hosil qilishi;
-tutun, zaharli gazlarning ajralishi va ularning tez tarqalishi;
-elektr kuchlanishi ostidagi asboblarning mavjudligi;
-bosim ostida turgan idish va asbob sig‘imlarining portlashi;
-bino, qurilma va texnologik uskunalarning buzilishi hamda qulashi;
-bino ichida ko‘p miqdorda ilmiy, moddiy va boshqa qimmatbaho boyliklarning mavjudligi. Yong‘inni quyidagi usullar orqali o‘chirish mumkin:
- kuch va vositalarni hal qiluvchi yo‘nalishga kiritish;
- yong‘in o‘chirish vositalarini uzluksiz ta’minlash;
- yonayotgan materiallar ustiga sovituvchi Yong‘in o‘chirish vositalarini uzatish;
Yong‘in maydonida yoki uning atrofida yonmaydigan gaz yoki bug‘ aralashmalarini hosil qilish va yong‘in jarayonini kimyoviy to‘xtatish; Yong‘inni o‘chirish vositalari yordamida yonayotgan material atrofida yoki yong‘in maydonida va havo orasida himoya qatlamini hosil qilish.
Yong‘inda odamlarga xavf solishini, portlash xavfini, olovning tez tarqalishini hamda yong‘in o‘chirishni ta’minlaydigan harakat hal qiluvchi yo‘nalish hisoblanadi. Kuch va vositalar hal qiluvchi yo‘nalishga kiritilgandan so‘ng boshqa yo‘nalishlarga joylashtiriladi. Yong‘inda harakatlarning hal qiluvchi yo‘nalishini ta’minlash uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Yong‘in insonlar hayotiga xavf solsa va ularni qutqarishga dastaklarni berish zarurati bo‘lsa, kuch va vositalar qutqaruv ishlarini bajarish uchun joylashtiriladi; portlash xavfi tug‘ilganda, yong‘in o‘chirish ekipajlarining harakati qayerda portlash xavfining oldini olishni ta’minlasa, kuch va vositalar o‘sha erga joylashtiriladi va kiritiladi; binoning bir qismi alanga bilan qoplangan bo‘lib, olov uning boshqa qismlariga yoki qo‘shni binolarga tarqalayotgan bo‘lsa, kuch va vositalar shu tomonga joylashtiriladi hamda olovning tarqalishi ko‘p zarar keltiradigan tomonga kiritiladi; yakka bino alanga bilan qoplanib, qo‘shni binolarga tarqalish xavfi bo‘lmasa, asosiy kuch va vositalar yong‘inning eng jadal sur’atlar bilan yonayotgan joyiga kiritiladi; bino alanga bilan o‘ralib yonayotgan joy muhim ahamiyatga ega bo‘lmasa va yaqin turgan binoga o‘tish ehtimoli bo‘lsa, kuch va vositalar ushbu bino tomonidan kiritiladi. Yonayotgan xonada va uning yonidagi xonalarda tutun, gaz bo‘lgan taqdirda yong‘in o‘chirish bilan birgalikda ushbu xonalardan gaz va tutunni chiqarib yuborish choralari ham ko‘riladi. Bunda tutunlarni tortish uchun maxsus tutun tortuvchi va shamollatuvchi qurilmalar, ventelyator va brezent qopchiqlardan foydalaniladi. Shaxsiy tarkib egallab turgan yong‘in o‘chirish uchastkasidan (bundan keyingi o‘rinlarda YOO‘U deb yuritiladi) faqat yong‘inni o‘chirish rahbari yoki boshlig‘ini ruxsati bilan YOO‘U dan ketishi mumkin. Yong‘inni bartaraf etish uchun birinchi navbatda ichki Yong‘in o‘chirish jo‘mraklari, o‘rnatilgan yong‘in o‘chirish qurilmalaridan foydalaniladi.
Nafas olishga yaroqsiz muhitda yong‘in o‘chirish ishlari himoyalovchi gazniqoblarda o‘tkaziladi, tutun tortgichlar va yoritish vositalaridan foydalaniladi hamda ko‘pik yoki sachratma suv berish yo‘li bilan yuqori haroratni pasaytirish choralari ko‘riladi. Yer osti inshootlarida yong‘in o‘chirish vaqtida nasos eng tarmoqlarini bir maromda ishlashi uchun nasos bosimi inshootning chuqurligiga mos ravishda pasaytiriladi. Zaxira yong‘in o‘chirish englari birinchi navbatda hal qiluvchi yo‘nalishda ishlayotgan dastaklarga tortiladi. Yong‘inni o‘chirish vaqtida qurilish inshootlari (ustunlar, tirgovuchlar, to‘siqlar) holati kuzatiladi va ular yuqori harorat ta’siridan himoya qilinadi. Yonayotgan tom va uning tagida shaxsiy tarkibning to‘planishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Zaruriyat tug‘ilganda, elektr va gaz tarmoqlarini uzib qo‘yish choralari ko‘riladi. Yong‘inni o‘chirish vaqtida binolarning bo‘shliqlari, shamollatish, axlat tashlash va boshqa tuynuklari tekshiriladi. Kuchaygan yong‘inni o‘chirishga «A» dastagi orqali suv beriladi, so‘ngra uni lafet dastakka almashtiriladi, yong‘in bartaraf etish oxirida esa yanada kichikroq dastakka almashtiriladi.
Bino inshooti bo‘shliqlarida va shamollatish tuynuklaridagi yong‘inlarga «B» dastagi va ko‘pik dastaklari orqali suv va ko‘pik beriladi. Birinchi etib kelgan yong‘in o‘chirish avtomobili orqali yong‘in joyiga yaqin o‘rnatilib hal qiluvchi yo‘nalishga suv beradi, keyingi kelgan yong‘in o‘chirish avtomobili esa yaqindagi suv manbaiga o‘rnatilib undan asosiy eng yo‘llari tortiladi.
Birinchi avtomobilda suv tugagach, suv berilayotgan dastak suv manbaiga o‘rnatilgan ikkinchi avtomobildan tortilgan asosiy yo‘lidagi suv ayirgichga ulanadi. Suvni bir-biriga oshirib berish holatida, kerakli Yong‘in o‘chirish avtomobillarining soni, asosiy eng yo‘llarini o‘tkazish usullari aniqlanadi. Quvvati kuchli nasosga ega bo‘lgan yong‘in o‘chirish avtomobillari suv manbaiga o‘rnatiladi va undan yong‘in joyiga asosiy eng yo‘li tortiladi. Yonayotgan xonani ko‘pik bilan to‘ldirishda yong‘inni o‘chirish rahbari quyidagilarni aniqlaydi: ko‘pik to‘ldiriladigan xonaning hajmini, ko‘pik o‘qishga xalaqit beruvchi to‘siqli qurilmalarni, kerakli miqdordagi ko‘pik hosil qiluvchi modda, ko‘pik dastaklari va ularni o‘rnatish joyini, ko‘pikning belgilangan yo‘nalishda harakatlanishiga sharoit yaratish uchun tutun tortish moslamalarini joylashish joyini. Ortiqcha suv quymaslik uchun quyidagilar zarur: ko‘pik, kukun, aralashmali suvlar va jo‘mrakli dastaklarning ishlatilishi; suv berishni o‘z vaqtida tugatish yoki dastaklarni tashqariga olib chiqish.
Portlash buyicha xavfli xonalarning guruxlari
V-1 bunga fakat avariya xolatidagina emas, balki oddiy ish sharoitida xam yonuvchi gaz yoki buglarning xavo bilan yoki boshka oksidlovchilar bilan kushilganda aralashma xosil kiladigan xonalar mansubdir. Masalan, engil alangalanuvchi va yonuvchi suyuklarni ochik idishlarda saklash, bir idishdan boshka idishga yoki apparatlarga kuyish ishlari bajarilayotgan va boshka xonalar.
V-1a-bunga oddiy foydalanish sharoitida yonuvchi gaz yoki buglarning xavo bilan yoki boshka oksidlovchilar bilan aralashmasi portlamaydigan, balki fakatgina avariya yoki buzilgan xoldagina portlash mavjud buladigan xonalar mansubdir.
V-16-yukoridagi V-klassiga mansub, lekin kuyidagi xususiyatlardan biri mavjud bulgan xonalar: Yonuvchi gazlarning pastki portlash chegarasi baland (15 foiz va undan ortik) va yul kuysa buladigan konsentratsiyalarda utkir xildi; avariya xolatlarida xonalarda umumiy portlash konsentratsiyasi tuplamaydi, balki maxalliy portlash konsentratsiyasigina tuplanishi mumkin; yengil alangalanuvchi yonuvchi gazlar va yonuvchi suyukliklar kam mikdorda saklanuvchi xonalar va ular bilan ishlash, xavo suruvchi shkaflarda yoki suruvchi zontlar ostida olib boriluvchi xonalar kiradi.
V-avariya yoki buzilish orkali tarkibida portlash xavfi vujudga keladigan gazlar, buglar va engil alanganlanuvchi suyukliklar mavjud bulgan tashki (xonalarda tashkarida urnatilgan) kurilmalar.
V-II-fakatgina avariya xolatida emas, balki meyoriy kiska ish maromida xam xavo va boshka oksidlovchi moddalar bilan portlash xavfi mavjud aralashmalar xosilkila oladigan, uchib yuruvchi chang va tolalar ajralib chikadigan xonalar.
V-III-yukoridagi V-III-klassiga xos, lekin normal ekspluatatsiya sharoitida xavfli xolat vujudga keltirmaydigan, fakatgina avariya yoki buzilgandagina xavfli xolat vujudga keltirishi mumkin bulgan xonalar. Tuqimachilik korxonalarining asosiy sexlarida tolali maxsuloti ishlatilishi va ulardan ajralib chikkan changning portlash xusussiyati yukligi va ular fakat yonishi mumkinligi tadkikotlardan ma’lum. Shuning uchun tukimachilik korxonalarining asosiy sexlarini yongin xavfi buyicha toifalanishi bilish katta axamiyatga ega.
|
| |