|
§. Ne1t va gaz sanoatida burg¹ilash uskunalarining tarkibi va ularning majmuasi
|
bet | 2/10 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #258251 |
Bog'liq Burg\'ilash mashinalari va uskunalari (A.Aminov va b.) §. Ne1t va gaz sanoatida burg¹ilash uskunalarining tarkibi va ularning majmuasi
AYLANTIRIB BURG¹ILASH TEXNOLOGIYASI
Hozirgi kunda burg‘ilash uskunalari neftgaz sanoatidagi quduqlarning asosiy qismini aylantirib qazishga mo‘ljallangan. Aylantirib burg‘ilash texnologiyasi quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
quduq chuqurligini chuqurlashtirib borish uchun tog‘ jins- larini kesib o‘tuvchi asboblarga aylantirishni to‘g‘ri o‘q bo‘ylab uzatish;
parchalangan tog‘ jinslarini quduqni yuvish orqali yuqoriga olib chiqish;
neft va gaz quduqlarini burg‘ilash tizimlarining ortib borishi natijasida quduqni chuqurlashtirishga imkon yaratilishi;
11
yer osti dvigatellarini, burg‘ilarni va boshqa uskunalarning tizmalarini tushirib ko‘tarish;
yuvuvchi suyuqliklarni tayyorlash, qayta ishlash va toza- lash;
quduqlarni mustahkamlashda mustahkamlovchi quvurlarni tushirish.
Yuqoridagilardan tashqari, qo‘shimcha jarayonlarni bajarish uchun mashina, uskuna, mexanizm va dvigatellar kerak bo‘ladi. Burg‘ilash uskunalari ishlab chiqaradigan zavodlar, firmalar, aksionerlik jamiyatlari, korxona va tashkilotlar yuqoridagilarni hisobga olib, jamlangan holda burg‘ilash uskunalarining majmua- sini ishlab chiqarmoqdalar.
Burg‘ilash majmuasi zamonaviy talablarga muvofiq quyidagi qismlardan tashkil topgan:
Burg‘ilash qurilmasi — bir vaqtning va bir joyning o‘zida barcha ishlarni texnologik bajaruvchi mashina, mexanizm va uskunadir:
burg‘ilash uskunasi — tal mexanizmi, nasoslar, chig‘ir, ver- tlyug, rotor, uzatma, yoqilg‘i-moylash mexanizmi, dizel-elektr- stansiya, havo-uskunasi;
burg‘ilash jihozlari — minora, poydevor, yig‘ma karkas panel ayvon;
ishbay hajmiy mexanizmli uskunalar — burg‘iga kuch uza- tish regulatori, tushirib-ko‘tarish jarayonini avtomatlashtirish, quvurlarni pnevmatik ushlovchi qurilmalar, burg‘ilash kalitining avtomatikasi, yordamchi chig‘ir, pnevmatik qotiruvchi, ta'mirlash uchun kran, burg‘ilashni nazorat qilish nuqtasi, boshqarish pulti va boshqalar.
Burg‘ilash eritma va qorishmalarini tayyorlovchi, toza- lovchi va qayta ishlov beruvchi uskunalar — tebranma g‘alvir, qum va gil ajratgich, uzatish nasoslari, kimyoviy reagent-kom- ponentlar, suyuqliklar va yuvuvchi aralashmalar uchun si- g‘imlar.
D. Manifold — so‘ruvchi, uzatuvchi, burg‘ilash shlangi.
E. Burg‘ilash uskunalari va ishchi xodimlar uchun isitish- sovitish sistemasi — issiqlik generatori, isitish radiatori, sovitgich va boshqalar.
Burg‘ilash uskunalarining tarkibi va majmua namunalari uchun kerakli ma'lumotlar bilan tegishli adabiyot va internet orqali yana- da chuqurroq tanishishingiz mumkin.
12
Burg‘ilash uskunalarining texnik tavsifi 3—5-jadvallarda be- rilgan.
S-jadval
Ilgakka ruxsat etilgan yuk, kN
|
1000
|
1250
|
1600
|
2000
|
2000
|
3800
|
4000
|
5000
|
6500
|
8000
|
Burg‘ilash diapa- zoni, m
|
1000
1600
|
1250
2000
|
1600
2500
|
2000
3200
|
2500
4000
|
3200
5000
|
4000
6500
|
5000
8000
|
6500
10000
|
8000
12500
|
Tal sistemasining eng yuqori osnast- kasi
|
4×5
|
4×5
|
4×5
|
5×6
|
5×6
|
6×7
|
6×7
|
7×8
|
7×8
|
7×8
|
Kanat diametri, mm
|
22,25
|
22,25
28
|
25,28
|
28,32
|
28,32
|
32,35
|
35,32
|
35,38
|
42,38
|
42,44
|
Mustahkamlovchi quvurlarni ko‘tarish tezligi, m/s
|
0,1
0,2
|
0,1
0,2
|
0,1
0,2
|
0,1
0,2
|
0,1
0,2
|
0,1
0,2
|
0,1
0,2
|
0,1
0,2
|
0,1
0,2
|
0,1
0,2
|
Yuksiz elevatorning ko‘tarish tezligi, m/s
|
1,5
|
1,5
|
1,5
|
1,5
|
1,5
|
1,5
|
1,5
|
1,4
|
1,4
|
1,4
|
Ko‘tarishda agre- gatga keladigan quvvat, kW
|
240
330
|
300
440
|
440
550
|
550
670
|
670
900
|
900
1100
|
1100
1475
|
1475
2200
|
2200
2500
|
2500
2350
|
Rotor stolining o‘tish diametri, mm
|
460
560
|
520,7
560
|
560
|
560
|
560
|
700
|
750
|
950
|
950
|
1260
|
Rotor valiga uzati- layotgan quvvat, kW
|
180
|
180
370
|
370
|
370
|
370
|
370
|
440
|
500
|
540
|
540
|
Rotor stoliga ruxsat etilgan statik yuk, kN
|
2000
|
3200
|
3200
|
3200
|
3200
|
4000
|
4000
|
5000
|
6300
|
8000
|
Rotor stoliga uzati- layotgan aylantirish momenti, kN
|
20
|
50
|
50
|
50
|
50
|
80
|
80
|
80
|
120
|
120
|
Asosiy burg‘ilash nasosi
|
1
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
3
|
Nasosga uzatilayotgan quvvat, kW
|
300
375
|
475
|
475
600
750
|
475
600
750
|
475
600
750
|
600
750
950
|
600
750
950
|
950
1180
|
1180
|
1180
1840
|
Nasosdan chiqayot- gan bosim, MPa
|
20
|
21
25
|
25
32
|
25
32
|
25
32
35
|
25
32
|
25
32
35
|
32
40
|
40
|
40
105
|
Ruxsat etilgan quvurlar tizmasi majmuasi uzunligi, m
|
18
|
18
25
27
|
18
25
27
|
25
27
36
|
25
27
36
|
25
27
36
|
25
27
36
|
25
27
36
|
25
27
36
|
27
36
|
Poydevor balandligi (poldan), m
|
4
|
4,4
5,5
|
4,4
5,5
|
5,0
5,5
|
5,0
6,0
|
6,0
|
6,9
8,0
|
7,5
8,0
|
7,5
8,0
|
8,5
|
13
4-jadval
Parametrlar
|
Burg‘ilash uskunasining sinflari
|
БY-50
|
БY -80
|
БY -125
|
БY -200
|
БY-250
|
Normal yuk ko‘tarish, t
|
50
|
80
|
125
|
200
|
250
|
Maksimal yuk ko‘tarish, t
|
110
|
140
|
200
|
320
|
450
|
Eng katta tal sistemasining ostnastka (moslama)si
|
4×5
|
4×5
|
5×6
|
6×7
|
6×7
|
Ilgak ko‘tarish soni
|
4
|
4
|
6
|
6
|
6
|
Rotor stoli teshiklarining diametri, mm
|
460
|
460
|
560
|
560
|
560
|
Minora balandligi, m
|
40
|
42
|
42—53
|
53
|
54
|
5-jadval
Parametrlar
|
Burg‘ilash uskunalarining turlari
|
Ypaлmam ЗД-67
|
Ypaлmam 200-ДF
|
Ypaлmam 300-ДF
|
Ypaлmam 300-S
|
Chuqurlik, m
|
5000
|
6500
|
3000
|
8000
|
Ilgak, nominal yuk ko‘tarish, t
|
200
|
200
|
800
|
300
|
Ilgakning maksimal yuk ko‘ta- rishi, t
|
225
|
320
|
400
|
400
|
Baraban chig‘irining quvvati, kWt (ot k.)
|
728
(990)
|
1471
(2000)
|
2721
(3700)
|
2317
(3150)
|
Ilgakning yuqoriga ko‘tarish tezligi, m/s:
eng kichigi
|
0,18
|
0,185
|
0,10,2
|
0,10,2
|
Eng kattasi
|
1,58
|
1,76
|
1,8
|
1,8
|
BURG¹ILASH USKUNALARIGA QO¹YILADIGAN TALABLAR
Burg‘ilash uskunalariga qo‘yiladigan talablar geolog-texnolo- gik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, qaziladigan joyning iqlimi, neftgaz mahsulotining miqdori, ishlatishda energiya ta'minoti va qazish davrida texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan holda ta'minlanadi.
Ishlatish va ta'mirlashda quyidagi texnik-texnologik talablar- ga javob bera olishi kerak:
Texnik talab — ish vaqti unumdorligi yuqori, oson ta'mirlanadigan, texnologik nazorat qilish qulay va ishdan chiqqan qismlarni tez va oson almashtirish imkoniyati yaxshi bo‘lishi.
14
Texnologik talab — burg‘ilash uskunalarida kam ishchi kuchi va xomashyolar tayyorlash oson bo‘lishi. Ushbu talab- larni qondirish uchun quyidagi ko‘rsatkichlarga e'tibor berish kerak:
oddiy usulda tayyorlash qulay va materiallarning iqtisodiy tejamkorligi;
tayyorlangan detallarni qayta ishlash qulay va optimal ko‘rsatkichga ega bo‘lishi;
qismlarni yig‘ishda, yechishda, ta'mirlashda o‘rniga-o‘rin almashtirish oson va qulay detallardan tayyorlanishi;
barcha qismlar davlat normalariga va eng yuqori sifatli qilib tayyorlanishi;
kichik ta'mirlashda chiqindilar kam chiqib, ishning yengil- lashtirilishi;
umumiy texnologiya oson, sodda, pishiq, qulay, iqtisodiy va yuqori sifatli bo‘lishining ta'minlanishi.
Iqtisodiy talab — tayyorlanadigan barcha qismlar eng yaxshi, ishlatish qulay, samaradorligi yuqori, texnologik talab- ga mos detallardan, kam ashyoli mashina va uskunalar ishlab chiqarish.
Ijtimoiy talab — har bir ishchi xodimlar hayotining xavf- sizligini ta'minlay bilish va xavfsiz ishchi joylari va uskunalarga ega bo‘lish.
Maxsus talab — tayyorlangan uskuna shunday bo‘lsinki, uni ishlatganda barcha o‘lchamlari, konstruksiya sxemasi, elektr ta'minoti, ish sharoitini to‘g‘ri tashkil etadigan majmuada bo‘lish.
Yuqoridagi talablardan boshqa bir qancha talablar ham bo‘lib, ular ishchi xodimlarning madaniy va kasbiy mahoratiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Burg‘ilash uskunalari majmua holda ishlab chiqarilishini nazarda tutib ular bilan birma-bir chuqurroq tanishib o‘tamiz.
NAZORAT SAVOLLARI
Burg‘ilash uskunalarini ta'mirlash, tiklash va ishga tushirish kursining neftgaz quduqlarining burg‘ilash tarixiga bog‘liqligi.
Qanday fanlar orqali ushbu fanni tushunish osonroq kechadi?
Sizningcha, uskuna, qurilma jihozlarning bir-biridan farqi nimada?
Metallarning ko‘rsatkichlarini qanday yo‘llar orqali aniqlash mumkin?
15
Texnik-texnologik talablarning sanitar talablariga qanday bog‘liqligi bor?
Siz qanday usul orqali tejamkor uskuna yaratgan bo‘lar edingiz?
|
| |