§. Quduqlarni sementlashda 1oydalaniladigan asbob-uskunalar




Download 0,89 Mb.
bet7/10
Sana31.05.2024
Hajmi0,89 Mb.
#258251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Burg\'ilash mashinalari va uskunalari (A.Aminov va b.)


§. Quduqlarni sementlashda 1oydalaniladigan asbob-uskunalar

Quduqlarni sementlashda quyidagi asbob-uskunalardan foy- dalaniladi: sementlash agregatlari, sement qorishtirgich mashi- nalar, sementlovchi kallaklari, quyuvchi tiqinlar va boshqa mayda uskunalar (yuqori bosimli kranlar, eritmalarni taqsimlaydigan moslamalar, yupqa metall shlanglar).





    1. SEMENT QORISHTIRGICH MASHINALARI



ementlash agregatlari sementlarni qotirishga, sement erit- malarini quduqqa haydashga, sement eritmalarini quvur tashqi bo‘shlig‘iga bosishga mo‘ljallangan. Undan tashqari, se- mentlovchi agregatlar sement ko‘priklarini, neft vannasini o‘rnatishda hamda burg‘ilash quvurlar birikmasining germe- tikligini sinashda foydalaniladi. Bu sementlovchi agregatlar avtomashinaga o‘rnatilgan.
Ochiq platforma avtomashinalariga mustahkamlovchi quvurlar birikmasiga sement eritmalari haydash uchun mo‘ljallangan yuqori bosimli porshen nasosi, sement eritmasini tayyorlash jarayonida sement qorishtirgichiga suv uzatishga mo‘ljallangan rotatsion nasos, o‘lchash bloki, nasosga tok uzatuvchi dvigatel kabi usku- nalar joylashtirilgan.
ement eritmasini quduqqa haydash va qotirish uchun ish- latiladigan sementlash agregati sxemasi 36-rasmda tasvirlan- gan.
Sement qorishtirgich mashinalar. Hozirgi vaqtda neft va gaz quduqlarini sementlashda sement qorishtirgich mashina- laridan foydalaniladi. ement qorishtirgich mashinalarining har xil turlari mavjud: CM—10, 2CMH—20, CMP—20 va boshqalar. Bu yerda: 10, 20 sonlari qorishtirgich mashinasi bunkeriga joylashtirish mumkin bo‘lgan sementning tonna hisobidagi miqdori (38-rasm).
Misol sifatida 2CMH—20 konstruksiyasidagi sement qorishtirgich mashinasini ko‘rib chiqaylik. U sig‘imi 20 t, devorlarining qiyaligi 53˚ bo‘lgan yopiq metall bunker (7) dan va ikki dozalangan shnekdan tashkil topgan.
hnekning aylanishi avtomashinaning dvigateli orqali amalga oshiriladi. Ikki shnekning yuk tushiruvchi qismi bun-
98
kerning tashqarisiga chiqqan bo‘lib, qabul qiluvchi voronka- ga ulanadi. Keyin sement eritmasining ikkala oqimi birlashib, asosiy vertikal shnek orqali sement qorishtirgich mashinasi tomon yo‘naladi. Uning oxirgisi gidravlik qorishtirgich hisob- lanadi.
Qorishtirgichning eritma bosimini, sementlovchi agregatning unumdorligini, sement eritmasi zichligini tartibga solib turishga mo‘ljallangan regulatorlari mavjud.


S6-rasm. Sement eritmasini quduqqa haydovchi va qotirish uchun ishlatiladigan sementlash agregati sxemasi:


1 — o‘lchovchi bak; 2 — sementlash nasosi; S — quvvatni tanlovchi quti; 4 — avtomobilga uzatuvchi quti; 5 — dvigatel; 6 — rotatsion nasos; 7 — sement qorishtirgich;
8 — sementli bachok.
99

    1. QUDUQNI MUSTAHKAMLASHDA ISHLATILADIGAN USKUNALAR



Quduqlarni mustahkamlashda ishlatiladigan uskunalar bo‘lib, quduqlarni sementlash uchun tayyorlangan moslamalar, sement- lash agregatlari, sement aralash- tiruvchi mashinalar, blok manifold va sementlash kallagi (boshchasi) kabi moslamalar hisoblanadi. Quduqlarni sementlash vaqtida sement haydayotgan agregatdagi sement qorishmalarini bir nuqta orqali quduqqa o‘tkazish va se- mentlash tiqinini bir vaqtning o‘zida ushlab turish hamda quduqni germetik bosim ostida saqlash va- zifasini bajaradi. Bundan tashqari, quduqni yuvish va sementlash ish- larini amalga oshiradi.
Quduqlarni sementlashda
ishlatiladigan uskunalar quyida- gilardir:

  • sementlash agregatlari;

  • sement aralashtirgich mashi- nalar;

  • sementlash uskuna kallagi;

  • sementlash tiqini va boshqa jihozlar (yuqori bosimga chidamli kranlar, eritmani taqsimlovchi moslama, egiluvchan metall shlang-

S7-rasm. Sementlash uskunasi uchi: 1 — korpus; 2 — ostki ajratuvchi tiqin; S — yonlama o‘tkazish tarmog‘i; 4 — salnikli to‘xtatgich; 5 — yuqoriga ajratuvchi tiqin; 6 — korpus qopqog‘i; 7 — krestovina; 8 — bog‘lovchi.
lar va boshqalar).
ementlash uskunasi uchining tuzilishi 37-rasmda tasvirlangan.
Hozirgi vaqtda sementlash uskuna uchlarining ЦFЗ, FCK, FЦ5-150, CNMY, 2FYЦ-500 turlari
mavjud.

Tuzilishi bo‘yicha bu uskuna uchlari bir-biriga o‘xshash. 2FYЦ-400 sementlash uskunasi uchi quduqni sementlash vaqtida
100

400 mPa bosim ostida ishlashi kuzatiladi. Bunda bog‘lanuvchi tizma bilan uskuna uchining bog‘lanish diametri 141 mm dan
168 mm gacha bo‘ladi. Bu uskuna uchida 7 ta bog‘lanuvchi moslama mavjud. hulardan 2 tasi tiqinni ushlab turish vazifasini bajaradi.



    1. SEMENTLASH KALLAKLARI



ementlash kallaklari burg‘ilash quduqlarni yuvishga va se- mentlashga mo‘ljallangan moslama. Quduqqa tushiriladigan mustahkamlovchi quvurlar birikmasi maxsus sementlovchi kal- laklar bilan jihozlangan.
Hozirgi vaqtda ЦF3, FЦK, ЦF5-150, CHMY, 2FYЦ-400 kabi sementlovchi kallaklar qo‘llaniladi. Bu yerda yuqorida qayd etilgan 2HYЦ-400 sementlovchi kallagi to‘g‘risida tushuncha beriladi (37- rasm).
U quduqlarni sementlashda 400 kgk/sm2 bosimda quduq og‘zini obvyazka qilishga mo‘ljallangan. Obvyazka qilinadigan quvurlar birikmasining diametri 141 mm dan 168 mm gacha bo‘ladi.



    1. SEMENTLASH AGREGATLARI



ementlash agregatlari yordamida sementni suv bilan aralash- tirish, sementli eritmani quduqqa haydash, haydalgan sementli eritmani quduqdan tashqaridagi oraliqqa (quvur bilan quduq de- vori orasidagi oraliq) haydash, bundan tashqari sement ko‘p- riklarini qo‘yish vazifasini bajardi.
Burg‘ilash quduqlarini sementlashda quyidagi sementlovchi ag- regat turlari qo‘llaniladi: 4ЦA—100, ЦA—300, 5ЦA—320, 6ЦA— 320, ЦA—320M, 3ЦA—400, 3ЦA—400A va boshqalar (bu yerda: 100, 300, 320, 400 va boshqa sonlar yuqori bosimni bildiradi).
ementlash agregatlari Rossiya, Xitoy va Polsha davlatlarida ishlab chiqariladi.
Agregatlarning quduq usti bilan tutashishi va markazlashti- rish uchun blok-manifold ishlatiladi. Blok-manifold agregatlar- ning haydovchi liniyasini biriktiruvchi yuqori bosimli kollektor- lardan tashkil topgan. Bu kollektorlar bir-biri bilan qo‘shilib, quduqni ustidagi uskuna uchi bilan bog‘lovchi 2 ta liniyani hosil qiladi va manifold liniyalari orqali quduqqa sementni yoki tampon materiallarini haydash vazifasini bajaradi.
101

S8-rasm. Sement qorishtirgich mashinasi — kCMH-k0:
1 — qorishtirgich massasi; 2 — tarqatuvchi quticha; S — kardan vali; 4 — tushirish shneki; 5 — shnek transportyorining uzatuvchi vali; 6 — shnekli transportyor; 7 — bunker; 8 — qorishtirgich tuzilmasi; 9 — qabul qiluvchi voronka; 10 — ko‘targich.


ement qorishtirgich mashina 2CMH-20 Rossiyada ishlab chiqarilgan ЗNЛ-131 avtomashinasining ustiga o‘rnatilgan platfor- madan iborat bo‘lib (38-rasm), unda quyidagi moslamalar mavjud:

  1. yuqori bosimda haydalayotgan suyuqliklarni quduqqa haydovchi kollektorlar;

102

  1. agregatlarni suyuqliklar bilan ta'minlovchi kollektorlar;

  2. platforma. Markasi: БM-700, БM-700A, БM-700-1.

ement aralashtiruvchi mashinalarning markasi: CM-10, 2CMH-20, CMM-20. Bu yerda: 10, 20 — mashinaning bunkeriga ketadigan sement miqdori (tonna); 2 — shneklar soni.
Uning yuqori yon tomon qismidan tiqinli kran o‘tadi, qolgan ikki tarmog‘i stoporga ulangan bo‘lib, sementlovchi tiqinni ush- lab turishga xizmat qiladi.
ementlovchi kallak korpus (2) dan, ajratuvchi tuzilmali qopqoq

  1. dan, uch yurmali kran va manometrdan, ikki stoporli vint (7) dan; tiqinli kran (5) dan; sementlovchi tiqin (6) dan; obvyazka elementlari (1) dan, nakidkali gaykalardan tashkil topgan (39-rasm).

S9-rasm. Quduq og‘zini sementlash kallagi kГY[-400.


Kallak korpusi 7 ta tarmoqqa ega bo‘lib, undan to‘rttasi pastki qismda joylashgan va burchakli uch yurmali kran bilan ulangan.





    1. SEMENTLOVCHI TIQIN

Mustahkamlovchi quvurlar birikmasini sementlashda burg‘ilash eritmasi va bosish suyuqligini sement eritmasidan ajratishga mo‘ljallangan sementlovchi tiqinlar ikki pog‘onali sementlashda keng qo‘llaniladi (40, 41-rasmlar).


103


  1. rasm. Sementlash tiqinlari:

a — ostki; b — yuqori; d — yuqorigi qismning seksiyali tiqini; e — shu tiqinning ostki qismi; ƒ — pog‘onali sementlash jarayonida ostki pog‘ona uchun yuqori tiqin; g — sementlash muftasining ochish tiqini.
1 — rezina manjetlar; 2 — metall qismi; S — membrana; 4 — gayka; 5 — pichoq;
6 — to‘xtatish halqasi; 7 — joylashish o‘rni; 8 — kalibrlangan shtiftlar;
9 — joylashish boshchasi.

boshlang‘ich holat oxirgi holat



  1. rasm. Pastki ajratuvchi tiqin:

1 — mustahkamlovchi tizma; 2 — rezinali manjet; S — tiqin joylashish o‘rni; 4 — klapan; 5 — gayka; 6 — mufta; 7 — «to‘xtash» halqasi. Ishlatilgan materiallar: cho‘yan, aluminiy va rezina.
Burg‘ilash eritmasini va haydovchi suyuqlikni, himoya quvurlarini sementlash vaqtida sementli eritmadan ajratib turish vazifasini sementlash tiqini bajaradi.
104

    1. QUDUQLARNI SEMENTLASH JARAYONINI NAZORAT QILISH STANSIYASI



ementlash jarayonini va texnik parametrlarni nazorat qilish CKЦ-2M stansiyasi yordamida amalga oshiriladi. U o‘ziyurar la- boratoriyadan, o‘ziyurar manifold (1 YБM-700) dan, sementlovchi agregat ishini boshqaruvchi va nazorat qiluvchi apparatlardan, sement qorishtirgich mashinalardan tashkil topgan.
Laboratoriyada quduq og‘zidagi bosimlar, nasos haydagan erit- maning umumiy miqdori, quduqqa uzatilgan sement eritmasining miqdori; sement eritmalarining zichligi va boshqalar qayd qilinadi. Tayyorgarli k ishlari v a sementlash jarayonlar i: Quduqlarni sementlashdan oldin sementlovchi agregatlar va se- mentlash mashinalari o‘z joylariga mukammal qilib joylashtiriladi. Har bir konkret ishda mahalliy sharoitlar hisobga olinadi (yerning relyefi, asbob-uskunalarning joylashishi, burg‘ilashning
aloqa yo‘li, suv gidrantlarning joylashishi).
Undan tashqari quyidagi jihatlar e'tiborga olinadi:

    1. sement qorishtirgich mashinalariga borish yo‘llarini bego- na predmetlardan tozalash;

    2. suv idishlarini va suv yuritmalarini sement qorishtirgich mashinalariga yaqin joyga joylashtirish;

d) mashinalar oralig‘ida ishchi xodimlarning o‘tishi uchun bo‘sh joy qoldirish.
ement eritmalarini haydashdan oldin gidravlik qarshiliklar ta'sirida sodir bo‘lgan bosimlar bartaraf qilinadi.
Bu bosimlar quduqdagi gil eritmalarining yopishqoqligiga va siljishning statik kuchlanishiga bog‘liq. ementlash jarayonining boshlanishidagi bosim quduq yuvishning oxirgi bosimiga teng bo‘ladi.
ementlash jarayonining boshlang‘ich bosimini pasaytirish uchun sement qorishtirgich mashinalari navbatma-navbat o‘chirilib turiladi.
Ish vaqtida nasoslar va haydovchi quvur yuritmalar sement qoldiqlaridan tozalanadi.
Quvur tashqi bo‘shlig‘ida sement eritmasining eng ko‘p ko‘tarilish tezligini olish uchun bosish suyuqligini yig‘ishda se- mentlash agregatining bekor turishi kamaytiriladi.
ementlash agregatining o‘lchash blokiga tushadigan suyuqlikning tezligi uning quduqdan chiqarilishidagiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.
ementlash jarayonida mustahkamlovchi quvurlar birikmasi tarqatiladi, tarqatishning miqdori sementlash jarayonida quduq og‘zini obvyazka qilishda qo‘llaniladigan mustahkamlovchi quvurlar birikmasining uzunligiga bog‘liq.
105
Odatda, 1—2 m3 suyuqlikni haydash jarayoni bir-ikki sement- lash agregati bilan « top-zarba» degan ishora paydo bo‘lganga qadar davom ettiriladi.
« top-zarba» ning gidravlik bosimi jarayonining oxirgi bosi- miga nisbatan 10—20 kgs/sm2 yuqoriroq bo‘ladi. Bunday bosim- larni ko‘tarish talab qilinmaydi.
Gaz quduqlarini sementlashda yengillashtirilgan va og‘irlash- tirilgan sementlar yordamida sementlash jarayonining oxirida gidravlik bosimlar tenglashtiriladi (quduq tashqi bo‘shlig‘idagi sement yuvish eritmasi bosimi bilan yuvish eritmasi bosimi tenglashadi).
Teskari to‘sqichlar bilan jihozlangan burg‘ilash quvurlar bi- rikmasida sement eritmalari bosilgandan keyin sementlovchi kallaklarning bosimi nolga tushiriladi.
Yuqori haroratli quduqlarda bosimning ko‘tarilishini bartaraf
etish uchun sementlovchi kallaklardagi kran ochiq qoldiriladi.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Sementlashda ishlatiladigan uskunalarning vazifalarini aytib bering.

  2. Sementlash tiqinining tuzilishi va vazifasini tushuntirib bering.

  3. Sementlash agregatlari turlari va ishlash tamoyili qanday?

  4. Sement aralashtiruvchi mashinalar qanday vazifani bajaradi?

  5. Sementlash tiqinlari qanday ko‘rinishlarda ishlab chiqariladi?


  1. Download 0,89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Quduqlarni sementlashda 1oydalaniladigan asbob-uskunalar

Download 0,89 Mb.