«turon-iqbol»




Download 0,89 Mb.
bet1/10
Sana31.05.2024
Hajmi0,89 Mb.
#258251
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Burg\'ilash mashinalari va uskunalari (A.Aminov va b.)


O‘ZBEKI TON RE PUBLIKA I OLIY VA O‘RTA MAX U TA'LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAX U , KA B-HUNAR TA'LIMI MARKAZI


A. M. AMINOV, A. M. MURTAZAYEV, Z. SUNNATOV
BURG‘ILASH MASHINALARI VA USKUNALARI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma

TO HKENT


«TURON-IQBOL» 2007

33.131
A59


Taqrizchila r:

T.P. Eshpo‘latov — «O‘zgeoburneftgazqazibchiqarish» AK «TT va BB» UK


direktor birinchi o‘rinbosari, texnika fanlari nomzodi,
N.N. Mahmudov — ToshDTU «Neft va gaz ishi» kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi.

A. M. Aminov va boshq.


Burg‘ilash mashinalari va uskunalari: Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. T.: «Turon-Iqbol» nashriyoti, 2007. — 112 bet.
BBK 33.131ya7kk

Burg‘ilash uskunalarini ta'mirlash, tiklash va ishga tushirish kursi bo‘yicha yozilgan ushbu qo‘llanmada neft va gaz yo‘nalishi sohasida tahsil olayotgan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun eng zarur ilmiy ma'lumotlar, amaliy ishlar natijalari uyg‘unlikda keltirilgan. Nazariy material mazmuni shu sohada ishlatilayotgan texnik-texnologik jarayonlarni va burg‘ilash uchun zarur bo‘lgan jihozlar, uskunalar, asboblar tizimini ta'mirlash, ishga tushirish tartibini amalga oshirish holatlari qisqa va tushunarli bayon qilingan.




A k705080000-56 - k007 M361(04)-k007



I BN 978-9943-14-051-6
© «TURON-IQBOL» nashriyoti, 2007-y.
2

KIRISH

O‘zbekiston neft va gaz sanoati ayni kunda mamlakat iqtiso- diyotining eng yirik tarmog‘i hisoblanadi va energetikaning muhim asosini tashkil etadi.


Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng neft va gaz sanoati yagona tarmoqqa birlashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I. A. Karimovning 1992-yil 8-iyundagi farmoni bilan
«Neft va gaz» konserni barpo etildi. Respublikamiz davlat iqtisodiyoti poydevorini mustahkamlash uchun yoqilg‘i energetika sanoatini rivojlantirib, iqtisodiy mustaqillikka erishish maqsadida ishlab chiqarish tarmoqlari ixtisoslashtirilib, 1993-yilda tashkil etilgan «O‘zbekneftgaz» milliy korporatsiya respublikamiz prezidentining 1998-yil 11-dekabrda UP-2154 sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyot tarmoqlarini va aholi ehtiyoj- larini o‘zimizda ishlab chiqarilgan energetika resurslari, sifatli neft mahsulotlari hisobiga ta'minlash masalasi hal qilindi. Bunga, asosan, Farg‘ona, urxondaryo, Buxoro, Qashqadaryo hamda Ustyurt regionlarida konlardan olingan neft va gaz mahsulotlari hisobiga erishildi. Aynan mavjud yirik neft va tabiiy gaz zaxiralari hisobiga mustaqillik yillarida respublikamizda neft, gaz va kon- densat ishlab chiqarish qariyb uch barobarga oshdi. Undan tashqari, yurtimizda Mendeleyev davriy jadvalining qariyb 100 dan ortiq elementlari mavjud.
Bugungi kunda respublikamiz neft va gaz sohasida jahonning eng rivojlangan kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqda. «Mu- borak neft va gaz» unitar sho‘ba korxonasi shimoliy O‘rtabuloqda neft va gazni qazib olish bo‘yicha Angliyaning «Bekir-xyust» kompaniyasi bilan, «Hovuzak» konini o‘zlashtirish bo‘yicha «Ite- ra» Rossiya-Angliya qo‘shma kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, Ustyurt gaz konlarini qaytadan
3
o‘zlashtirish bo‘yicha Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi, Hovuzak, hoda konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha «Lukoyl» neft kompaniyalari bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. 2006-yildagi milliy xolding kompaniyasining 10 yillik ko‘rgazmasida chet ellik hamkorlar bilan 100 dan ortiq shartnomalar tuzildi. Inson saxovatli ona-yer qa'ridan turli-tuman tabiiy boyliklarni qazib olar ekan, ular inson hayotining farovonligi yo‘lida xizmat qilaveradi. Pre- zidentimiz I.A. Karimov ta'kidlaganlaridek, bizdan keyingi av- lodlarga ozod va obod vatan qolmog‘i kerak.

4


  1. §. Yoqilg¹i, energetika vazi1alarini hal qilishda burg¹ilash uskunalarini ta'mirlash, tiklash va ishga tushirish kursining mohiyati




    1. MUSTAQILLIK TUFAYLI ERISHILGAN YUTUQLAR



Respublikamiz mustaqillikka erishgach, prezidentimiz
I. A. Karimovning farmoni bilan (1992-yil 8-iyun) «Neft va gaz sanoati konserni» tashkil etildi. 1993-yili konsern «O‘zbekneftgaz» milliy korporatsiyasiga aylantirilib, ishlab chiqarish tarmoqlari ixtisoslashtirilib, davlat hissadorlik birlashmalari tashkil etildi. 1999-yilda «O‘zbekneftgaz» milliy korporatsiyasi «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasiga, davlat hissadorlik birlashmalari aksiyadorlik kompaniyalariga aylantirildi. Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi muassasalar tashkil etildi: «O‘zgeoneftgazqazib- chiqarish» AK, «O‘zburg‘ineftgaz» AK, «O‘ztransgaz» AK, «O‘z- neftgazqurilish» AK, «O‘zneftmahsulot» AK, «O‘zneftniqaytaish- lash» AK, «O‘zneftgazmash» AK, «O‘zneftgazta'minot» AK, kor- xona, tashkilotlar va «O‘zLITIneftgaz», «IGRNIGM» ilmiy tekshirish institutlari va boshqalar.
Keyinchalik, 2003-yil oktabr oyiga kelib, bu aksionerlik kompaniyalari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Xolding kompaniyasi tasarrufida bugungi kunda uchta neftni qayta ishlash zavodi mavjud. Ular yiliga 10 milliondan ortiq tonna neft va kondensatni qayta ishlab berish quvvatiga ega.
Tabiiy gaz tarkibidagi ko‘plab qimmatbaho kimyoviy modda- larni ilg‘or xorijiy texnologiyalar asosida qurilgan « ho‘rtangaz kimyo majmuasi»da ajratib olinib, suyuq gaz, polietilen va boshqa mahsulotlarga aylantirilib, chet ellarga valuta hisobida sotilmoqda. Bugun O‘zbekistonda neft, gaz va kondensatni qazib chiqarish uch barobar ko‘paydi. Tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi ham 42 mln m3 dan 56 mln m3 ga yetkazildi. Respublika o‘z ehtiyojidan ortiqcha tabiiy gazni Ukraina, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi mus-
taqil hamdo‘stlik davlatlariga chiqarmoqda.
2004—2005-yillarda bu tarmoq strukturasini mukammallash- tirish bo‘yicha texnik jihozlanishi va qayta yangi asbob-uskuna
5
bilan qurollanishi, konlarni ishga tushirish hajmini jadallashti- rish va ularni oshirish (ko‘paytirish) uchun ulkan ishlar qilindi. Bu davr ichida MDH da neft va gaz qazib chiqarish kamayishi ro‘y bergan bo‘lsa, O‘zbekistonda neft, gaz qazib chiqarish barqarorlashdi va dinamik o‘sishga erishildi.
Bugun quduqlarni burg‘ilash uchun mukammallashtirilgan za- monaviy dastgohlar, aslaha, asbob-uskunalar yaratildi. Ular mexanizatsiyalashtirilgan hamda ko‘p jarayonlar avtomatlashti- rilgan, chuqurligi misol uchun, 5000 metr ((16 404,20 fut)
(5 468,07 yard)), 8000 metr ((26 246,72 fut) (8 748,91 yard))
bo‘lgan quduqlarni burg‘ilashga mo‘ljallangan. Qatlamlardan neftni chiqarib olish uchun pulunjerli nasoslar, elektr nasoslari ishlatilmoqda. Ko‘p jarayonlar kompyuterlar yordamida boshqarilmoqda.

    1. O¹ZBEKISTONDA NEFT VA GAZ SANOATINING RIVOJLANISH TARIXI

Manbalarning darak berishicha, neft va gaz uzoq o‘tmishda ham uchrab turgan. Miloddan avvalgi IV asrda Aleksandr Make- donskiy (Iskandar Zulqarnayn) va uning lashkarlari Markaziy Osiyo, Kavkaz hududlarida qora moy uchratgan. Ammo, undan foydalanishni yaxshi bilishmagan.


O‘zbekiston neft va gaz sanoati 120 yillik tarixga ega. Oktabr to‘ntarilishiga qadar O‘zbekiston hududida neft konlarini qidirish va ishlatish bilan sanoqli shaxsiy korxona va artellar shug‘ullan- gan.
1880—1883-yillari Farg‘ona vodiysidagi Qamishboshi deb atalgan maydonda chuqurligi 20—30 metrli to‘rtta quduq qazilgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, bu quduqlardan sutkasiga 5—10 ton- nagacha neft olingan. Bu quduqlar zarb-arqonli usulda kovlangan. 1898-yilda muhandis . A. Kovalevskiy boshchiligidagi bir guruh tadbirkorlar va mashhur geolog-paleontolog G. D. Roma- novskiy tavsiyalariga tayanib, Chimyon, Yerqo‘tan (Farg‘ona vodiysida) qishloqlari atrofida neft konini qidirishga kirishishdi. 1901-yilda Moylisoy maydonida 168 metr chuqurlikdan neft otilib chiqqan (sutkasiga 25 tonnadan). 1904-yilda qazilayotgan quduq
278 metrga yetganda neft qatlami ochilib, sutkasiga qariyb 130 tonnadan neft otilib chiqa boshlagan. Mazkur kon asosida 1904-
6
yilda «Chimyon neft jamiyati» tuzildi. Neftdan olingan kerosin va qoldiq qora moy O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Xitoy bozorlarida sotilgan.
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda IX asrning oxiri XX asr- ning birinchi yillarida 1000 metrgacha chuqurlikda zarbli-po‘lat arqonli mashinalar bug‘ yordamida ishlatildi. Keyinchalik ichki yonuv dvigatellaridan foydalanildi. Mashinalarning quvvati 1000 ot kuchigacha ortib bordi.



    1. BURG¹ILASH USKUNALARINI TA'MIRLASH, TIKLASH VA ISHGA TUSHIRISH

O‘sha uzoq o‘tmishda yerni burg‘ilanib, teshish juda qiyin kechgan, chunki burg‘ilash uchun minora yog‘ochdan yasalgan. Ishni yuritishda ot, ho‘kiz va odam kuchidan foydalanilgan.


1930-yillarning boshlaridan leytenant hmidt nomidagi «Бa- kинckий paбouий», Boku shahridagi «Kpacный Moлoт», Grozniy shahridagi mashinasozlik zavodlarida bir necha turdagi 2 va 4 tezlikli burg‘ilash mashinalari, rotorlar, burg‘ilash nasoslari, chig‘ir va zanjirli uzatmali uskunalar ishlab chiqarila boshlandi. Boku va Grozniy neft sanoati korxonalari uskunalarni elektrlashtirish choralarini ko‘rib chiqib, ularni elektr manba bilan ta'minlashdi. Yog‘ochdan tayyorlangan burg‘ilash minoralari
o‘rnini asta-sekin metall qismlar egallay boshladi.
1930-yillarda ishlab chiqarilib, ketma-ket yig‘ilib majmua holida ishlatilgan uskunalarning ayrim ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
1-jadval



qazish chuqurligi, m

1200

ilgakka tushadigan yuk, MN

250

quvurlar tizmasi majmuasining uzunligi, m

16

nasosga beriladigan quvvat, ot k

75

nasoslar soni, dona

2

minora balandligi, m

28

yerdan burg‘ilash poligacha bo‘lgan oraliq, m

1

sirkulatsion sistema

omborga to‘g‘ridan to‘g‘ri oqizish

7
hu ko‘rsatkichlar yanada takomillashib, o‘zgarib boraverdi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Ural og‘ir mashinasozlik (YЗTM) zavodi (Ypaлmam) ko‘p qirrali burg‘ilash uskuna va qismlarini yangi bosqichda ishlab chiqara boshladi (chig‘ir, rotor, nasoslar, agregatlar va h.k).
Volgograd shahrida joylashgan «Бappиkaдa» burg‘ilash usku- nalari zavodida birinchi majmua holida БY-40 uskunasi ishlab chiqarila boshlandi. Kungur mashinasozlik zavodi (БA-40 «Boc- тok») va boshqa ko‘pgina og‘ir sanoat zavodlarida burg‘ilash uskuna jihozlari — elevator, balkalar, metall burg‘ilash minora- lari, dizellar va boshqa ko‘pgina yangi avlod burg‘ilash majmualari jihozlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
1953-yilga kelib, «Ypaлmam» zavodida takomillashgan «Ypaл- mam — 3Д» ishlab chiqarila boshlandi. Ushbu uskuna ham rotor va yer osti dvigatellari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quduq qazish chuqurligi 3000 metrni tashkil etadi.
Zavod «Ypaлmam — 3Д» stanogini ishlab chiqib, uning qazish chuqurligini 5000 metrga yetkazdi. Keyinroq shu tartibda yangi modifikatsiyalangan «Ypaлmam — 4E» va «Ypaлmam — 6E» elektr ta'minotli uskunalar ishlab chiqarila boshlandi va hozirda ham keng ko‘lamda ishlatilmoqda.
1959-yilda «Бappиkaдa» zavodida БY—75 Бp majmuali bur- g‘ilash uskunasi ishlab chiqarila boshlandi. Ushbu uskuna o‘ta zamonaviy, kam ishchi kuchi sarf bo‘ladigan hamda dizel- gidravlik, zanjirli uzatmali, tashishga qulay (og‘ir zirhli mashinada tashish mumkin) bo‘lgan stanokdir.
1960-yillarda sobiq butunittifoq neftmashinasozlik ilmiy- tekshirish instituti (BHNNHeфтmam) va «Ypaлmam» zavodlari hamkorligida tushirib-ko‘tarish jarayoni avtomatlashtirilgan majmua mexanizmli uskuna (ACM) ishlab chiqarila boshlandi. Ushbu yangilik 3000 metrli qazishda ishlatilib, burg‘ilash briga- dasining ish hajmini kamaytiradi hamda qazish va tushirib- ko‘tarish (CMO) jarayoni tezligini oshiradi.
Neftgaz quduqlarini qazishni ta'minlaydigan majmua holda uskunalar yaratildi va ishlab chiqarildi, uning qismlaridan; AKБ — 3 avtomat ochg‘ich, bikrli ushlagich, mexanik yechish-mahkamlash, quvurlarni rotorda ushlab turish sharoitiga ega yangi avlod yara- tildi.
Quduq qazishni avtomatlashtirish uchun maxsus boshqaruvlar, boshqariluvchi yuklar, rotorli va quduq tubi dvigatelli qazish
8
usullariga o‘tildi, ushbu masalani «Ypaлmam» zavodi mutaxassislari uddaladi va mexanik o‘tish tezligi hajmini oshirdi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan vaqtda neftgaz sanoa- tidagi qazish ishlari olib borish uchun nafaqat Rossiya, MDH davlatlarida, balki rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda ishlab chi- qarilgan asbob-anjomlar, burg‘ilashda ishlatiladigan mexanizmlar qo‘llanila boshlandi, ya'ni O‘zbekistonda neft va gaz sanoatining yangi qirralari takomillashib, jahon andazalariga javob beradigan
texnika va texnologiyalarni ishlatishga erishildi.

  1. jadvalda 1945—2005-yillarda burg‘ilash uskunalarining qisqacha texnologik ko‘rsatkichlari keltirib o‘tilgan.

2-jadval




Ko‘rsatkich



Birligi

Yillar

1945

1985

2005

ilgakka tushadigan yuk

MN

1,3

6,3

7,0

qazish chuqurligi

m

3000

15000

15000

uzatish quvvati

kW

450

3000

5000

nasosning quvvati

kW

220

1200

1200

nasosning bosimi

MPa

10

40

60

Neftni qazib olish jarayonida qatlamlar bir-biridan ajratilma- gan. Neftni yer ostidan chiqarish uchun so‘rish usuli amalga oshi- rilgan, buning uchun nasoslar ham ishlatilgan, lekin ularning teb- ratkichlari yog‘ochdan yasalgan. Bunday nasoslar Amerikaning


« impliks» firmasi tomonidan yasalgan. Bu dastgohlar Chimyon va Yerqo‘tan konlarida 1946-yillargacha ishlatilgan. Hozir bunday dastgohlar, texnologik jarayonlarni muzeylarda uchratish, ko‘rish yoki adabiyotlardan o‘qish mumkin.
Texnikani takomillashtirish sohasiga o‘zbek olimi texnika fan- lari doktori, professor A.K. Rahimov ham o‘z hissasini qo‘shdi va qazishni optimallashtirish uchun «O‘zbekiston-2» avtomat uskunasini yaratdi.
O‘zbekistonning zamonaviy neftgaz ishlab chiqarish sanoati — yirik og‘ir industriya tarmoqlaridan biri bo‘lib, vatanimizning muhim energetik bazasidir. O‘zbek mutaxassislari gaz bo‘yicha yarim asrlik ilmiy va amaliy bilimga, tajribaga egalar. Bu o‘z navbatida bir qator
9
o‘zbek olimlari yetishib chiqishiga asos bo‘ldi. Bu sohaning yetuk olimlari O‘. J. Mamajonov, A. K. Rahimov, P. K. Azimov, . N. Na- zarov, O. A. Zokirov, E. K. Irmatov, A. X. Agzamov, B. L. teklya-

. Mahmudov
nov, , T. K. Qoraboyev, A. M. Aminov, E. A. Likov,
R. J. Po‘latov, O. . Omonov, V. Yakshibarov va boshqalar tomo- nidan bu tarmoqda sezilarli darajada ilmiy-texnik salohiyat yaratil- gan va uni rivojlantirishda yuqori yutuqlarga erishilgan. obiq Ittifoqning tarqalishi va respublikamizning mustaqil bo‘lishi natija- sida uning oldidagi muhim vazifalardan biri yoqilg‘i energetika bazasini yaratish va iqtisodiy mustaqillikka erishish edi. obiq res- publikalarni chuqur iqtisodiy inqiroz qamrab olgan va ular o‘rtasida iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalari tang ahvolga kelgan, narx-navo keskin o‘sgan hamda inflatsiya oshgan bir davrda mamlakatimizda bu vazifa ijobiy amalga oshirildi.
1.4. KURSNING MOHIYATI

Burg‘ilash uskunalarini ta'mirlash, tiklash va ishga tushirish kursini o‘rganishdan maqsad bo‘lajak kollej o‘quvchilari bosh- lang‘ich bilim olish va kelajakda oliy o‘quv yurtlariga kirish, ish- lab chiqarish va ilmiy izlanishlar olib borish hamda neft va gaz sanoatining hozirgi holati, rivojlanishi va tutgan o‘rni, neft va gaz sanoatidagi uskuna va jihozlarni, o‘zlashtirishda qo‘llani- ladigan zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan yaqindan ilmiy- nazariy hamda amaliy jihatdan tanishish va tayanch mutaxassis sifatida jarayonlarni mukammal o‘rganishdan iborat.


Burg‘ilash uskunalarini ta'mirlash, tiklash va ishga tushirish deganda, quduqdagi jihozlar, uskunalar va mexanizmlar ishlashlari tushuniladi. Bu ishlarni bajarishdan maqsad burg‘ilash ishlarida ishlatiladigan barcha mexanik vosita va avtomatik jihozlarni o‘r- ganishdir.
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash jarayoni burg‘ilash mino- rasi va yordamchi uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Agre- gat komplekslari, mexanizmlari va qurilmalari yer ustki qismida joylashgan bo‘ladi.
Burg‘ilash minorasi burg‘ilanuvchi quduq ustida burg‘ilash jihozlari, moslamalarini joylashtirish va quvurlarni tushirish, ko‘tarish va boshqa ishlarni amalga oshiradi.
10
Burg‘ilash minorasi jamlamasi quyidagilardan tashkil topgan: tal sistemasi; burg‘ilash quvurlari joylashishi; burg‘ilash jihozlarini tushirib-ko‘tarib olish uskunalari; uskunalarning aylanishini ta'minlovchi qurilmalar; burg‘ilash suyuqliklarini haydash uchun ishlatiladigan nasoslar; kuchli uzatma; burg‘ilash suyuqliklarini tayyorlash va tozalash mexanizmlari; mexanik va avtomatlashti- rish va yuqoriga ko‘tarib tushirish jarayoni mexanizmlari, nazorat o‘lchovchi asbob va yordamchi qurilmalar.

NAZORAT SAVOLLARI





  1. O‘zbekistonda neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixini bilasizmi?

  2. O‘zbekistonda birinchi bor neft qaysi hududlarda qazib olina bosh- langan?

  3. Hozirga qadar erishgan yutuqlarimiz to‘g‘risida gapirib bering.

  4. Burg‘ilash minorasi jamlamasi deb nimaga aytiladi?

  5. Neft va gaz sanoatida burg‘ilash mexanizmlarining kirib kelish tarixi qanday?

  6. Ikkinchi jahon urushi davrigacha bo‘lgan vaqtda uskunalarning qo‘l- lanish holati to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  7. Zarbli-po‘lat arqonli uskunalar nega ishlab chiqarishda ishlatilmay qoldi?

  8. O‘zbek olimlarining burg‘ilash mashina va mexanizmlarini takomillash- tirishga qo‘shgan hissalari qanday?


  1. Download 0,89 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,89 Mb.