§. Otilish (1avvora)ga qarshi uskunalar jamlamasi




Download 0,89 Mb.
bet5/10
Sana31.05.2024
Hajmi0,89 Mb.
#258251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Burg\'ilash mashinalari va uskunalari (A.Aminov va b.)


§. Otilish (1avvora)ga qarshi uskunalar jamlamasi




    1. NEFT VA GAZLARNI OTILISH (FAVVORA)DAN SAQLASH USKUNALARI

Otilishga qarshi bo‘lgan uskunalar quduq ustini yoki yuzasini germetik saqlash maqsadida, ya'ni ochiq favvoralardan va burg‘ilash vaqtida hosil bo‘ladigan grifon, otishlarni tekshirish- da, sinashda va quduqni o‘zlashtirishda ishlatiladi.


Favvora hosil bo‘lishining asosiy sabablaridan biri qatlam bosimining burg‘ilash suyuqligining ustun bosimidan yuqori bo‘lishidir.
Qatlam bosimi har 10 metrda taxminan 0,1 mPa ga ortadi, lekin shunday qatlamlar mavjud bo‘lib, ular o‘zgaruvchan (ano- mal) past bosimli yoki anomal yuqori bosimli qatlamlar bo‘lishi mumkin.
Ochiq favvoralar va otilishlar xizmat ko‘rsatayotgan shaxsga xavf tug‘diradi va atrof-muhit ifloslanishini hamda yong‘in sodir bo‘lishini keltirib chiqaradi. huning uchun favvoraga qarshi uskunalar ishonchli va doim yuqori darajada tayyor holatda turishi lozim.
Favvoraning oldini olish uchun quyidagi texnologik jarayon (operatsiya)lar bajarilgan bo‘lishi lozim:
muftali mustahkamlovchi quvurlar va qulf birikmali burg‘i- lash quvurlari aylanishga o‘tishda ularni tortib olish sharoitiga ega bo‘lish;
qatlamga qarshi bosim hosil qilib, yopiq sirkulatsiya hosil qilish;
qatlamga burg‘ilash suyuqligini burg‘ilash nasoslari bilan haydash.
Favvoraga qarshi moslashtirilgan uskunalar tarkibiga quyida- gilar kiradi:
Preventorlar;
Krestovina;
Preventor ustiga o‘rnatiladigan katushka;
87
Kengaytirilgan (ajraladigan) metall nov.
Burg‘ilash suyuqligi tarkibida neft, gaz hosil bo‘lganda boshqarish qulay bo‘lishi uchun preventor va manifoldlarni boshqarish stansiyasi mavjud.
Neft, gazlarni otilishdan saqlovchi uskuna quduq usti bilan burg‘ilash minorasining poli ostida joylashadi. Neft-gaz sanoati- da xavfsizlikni saqlash uchun favvoraga qarshi uskuna qidiruv maydonlarini burg‘ilashda, gaz-kondensatli va gazli konlarda hamda anomal yuqori qatlam bosimli quduqlarda o‘rnatilishi shart.
Quduq yuzasi konduktori va oraliq tizmalarni sementlanib bo‘lgandan keyin, preventor bilan jihozlanadi.
Favvoraga qarshi uskunalarning germetik va mustahkamligini quduq ustiga joylashtirilgandan keyin tekshirib ko‘riladi.
Mustahkamlikka sinayotganda sinov bosimi P ruxsat etilgan ishchi bosim Pish ga qarab aniqlanadi:
P = 2Pish.
Preventorlarning o‘tish oralig‘i diametri 300 mm (13,7795 duym) dan yuqori bo‘lgan va ishchi bosimi 70 MPa dan yuqori bo‘lgan preventorlar uchun mo‘ljallangan.
Plashkali preventorlar
Germetiklikka sinash uchun favvoraga qarshi uskunalarning boshqarish pulti quduqdan 10 metr (32,81 fut) masofadan kam bo‘lmasligi, yordamchi boshqaruv pulti burg‘ilovchining oldida joy- lashgan bo‘lishi kerak. Quduq yuzasini germetik saqlash uchun plashkali (32-rasm), universal va aylanuvchi preventorlar ishlatiladi. Bu preventorlar quduqda burg‘ilash quvurlari bo‘lgan va bo‘lmagan holda quduqni germetik saqlash uchun mo‘ljallangan (28-jadval).

28- jadval


Plashkali preventorlar haqida ma'lumot





Turi va kat- taligi

O‘tish teshigining
diametri, mm

Ishchi bosim, MPa

Himoya quvurining
diametri, mm

Balandligi, mm



Og‘irligi, kg



MMF 180×200

180

21

33—114

310

700

MMF 180×350

180

35

33—127

350

750

MMF 180×700

180

70

33—127

400

1000

MMF 230×350

230

35

33—168

350

900

88
davomi



MMF 230×700

230

70

33—168

430

1500

MMF 280×210

280

21

33—168

430

1000

MMF 280×350

280

35

48—219

500

1400

MMF 280×700

280

70

48—219

550

1700

MMF 350×210

350

21

114—219

450

1500

MMF 350×350

350

35

60—273

500

1700

MMF 350×700

350

70

60—273

600

3000

MMF 425×140

425

14

60—340

450

1300

MMF 425×210

425

21

60—340

500

1800

MMF 520×140

520

14

60—425

590

2100

MMF 520×210

520

21

60—425

640

2400

I z o h: bu yerda preventorning qisqartmasi MMF—180 quyidagicha o‘qiladi: MM — preventor plashkali, F — gidravlik, 180 — o‘tish diametri, 200 MPa bosimga chidaydi.

S2-rasm. Plashkali preventor.


89

    1. UNIVERSAL PREVENTORLAR

Bu preventorlar quduqda burg‘ilash quvurlari bo‘lgan va bo‘lmagan holda hamda agar quduqda burg‘ilash tizmalari mavjud bo‘lsa, germetik saqlagan holda burg‘ilash quvurlarini tortib olishga mo‘ljallangan (33-rasm). Universal preventor quduq yuzasini germetik saqlayotganda predmetning diamet- ri va shaklidan qat'iy nazar quduqni germetik saqlab turish qobiliyatiga ega.




SS-rasm. Universal preventor.


Universal preventorlarning ayrim ko‘rsatkichlari haqida ma'- lumot bilan 29-jadval yoki adabiyotlar orqali tanishishingiz mumkin.
90
29-jadval



Turi va kattaligi



O‘tish teshigining diametri, mm

Ishchi bosim, MPa

Himoya quvuri diametri, mm



Balandligi, mm

Og‘irligi, kg



MY1—180×210

180

21

127

830

1300

MY 1—180×350

180

35

127

970

2000

MY 1—180×70

180

70

127

1200

6000

MY 1—230×350

230

35

146

1170

3300

MY 1—230×700

230

70

146

1500

9500

MY 1—280×210

280

21

194

1050

2700

MY 1—280×350

280

35

194

1270

4000

MY 1—280×700

280

70

194

1700

1300

MY 1—350×210

350

21

273

1200

4400

MY 1—350×350

350

35

273

1430

8000

MY 1—350×700

350

70

273

1900

18000

MY 1—425×140

425

14

340

1300

6200

MY 1—425×210

425

21

340

1420

8200

MY 1—520×210

520

21

426

1700

15000

Universal preventordagi zichlovchi manjetlarning o‘rtacha ish- dan chiqish vaqti belgilangan.


Quduqda bosim 10 MPa bo‘lgan vaqtda universal preventor- dan 2000 metrgacha bo‘lgan burg‘ilash quvurlarini germetik saqlangan holda ko‘tarib chiqarish mumkin. Hozirgi kunda barcha neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda universal preventor boshqa preventorlar bilan birgalikda ishlatiladi.



    1. AYLANTIRUVCHI PREVENTORLAR

Bunday preventorlar quduq yuzasi germetik saqlangan holda, quduq yuzasi bilan burg‘ilash tizmalari orasidagi halqa oralig‘ini germetik saqlash va tushirib-ko‘tarish hamda aylanish sharoiti bilan ta'minlash vazifasini bajaradi. Ular, asosan, anomal bo- simlar mavjud joylarda va gidrostatik bosim o‘zgaruvchan quduqlarda ishlatiladi. Ushbu preventorlar qatlamni sinashda va


91
bir xil bosimda ushlab turishda ishlatiladi. Aylantiruvchi preventorlar bilan qazish ishlari amalga oshirilsa, mahsuldor qatlamlarning ifloslanishi kam sodir bo‘ladi.
Burg‘ilash quduqlarini qazishda aylantiruvchi preventorlar (34-rasm) dan tashqari plashkali preventorlar ham keng qo‘lla- nilishini yuqorida aytib o‘tgan edik.

S4-rasm. Aylantiruvchi preventor.



    1. BURG¹ILASH NASOSIDAN KELGAN TARMOQ

O‘tish oralig‘i 180—680 mm va ishchi bosim 14—105 MPa da 1 va 2 OQU (otishga qarshi uskuna) lar quduq mustahkamlovchi quvurlar diametri 127—500 mm uchun ko‘p hollarda qo‘llaniladi (35-rasm). 1 va 4-sxemada OQU lar chuqur oraliqli qatlamlarning ishchi bosimi 35—70 MPa va quvurlar diametri 127—346 mm gacha jihozlangan.


Misol uchun 2-sxemada o‘tish oralig‘i diametri 350 mm, ishchi bosim 70 MPa bo‘lsa, bunda GO T 13862-80 normasiga muvofiq OP2-350×70 holida yoziladi.
92

S5- rasm. Otishga qarshi uskunalar (OQU) ulanish sxemasining ko‘rinishi:


1 — yordamchi pult; 2 — gidravlik boshqarish stansiyasi; S — tarqatish novi; 4 — flanesli katushka; 5 — universal preventor; 6 — plashkali preventor; 7 — tarqatish va tiqinli tashqariga chiqaruvchi manometrli qurilma; 8 — qo‘l bilan boshqariladigan surgi; 9 — qo‘l bilan boshqariladigan drossel; 10 — chiqarish kamerali turkum qurilma; 11 — separator; 12 — gidravlik boshqariladigan surgi; 1S — yuz krestovinasi; 14 — teskari klapan; 15 — flanes; 16 — gidravlik drossel boshqarish pulti; 17 — kran; 18 — krestovina; 19 — ququq usti.
I — blok drossel; II — gazni yoqish sistemasi; III — tozalash sistemasi; 1V — to‘g‘ri chiqarish (preventorni chiqarib yuborish); V — drossel liniya VI — quduq yuzasi; VII — o‘chirish liniyasi.


xemadagi 1—3 ga universal preventorga qo‘shimcha plashkaga almashtirish ruxsat etiladi.
93
Preventorlarning o‘lchami va teshiklarining diametri ochila- yotgan qatlamdan kutilayotgan bosim va burg‘ilashdagi burg‘i hamda quvurlar diametriga qarab tanlanadi.
OQU larning ko‘rsatkichi va tarkibi 30-jadvalda keltirilgan.
S0 -jadval





tvol o‘tish qismida shartli

Ishchi bosim, mPa



Namunaviy sxema



Plashkadagi yuk, kN



OQUning o‘tishida truba-
ning eng katta diametri

tvol qismining balandligi, n.m, sxemadagiga muvofiq

1

2

3

4

Kolonna og‘irligi

Ta'siri


1

2

3

4

180

35

+

+







1000

500

127

2,9

3,8








70




+

+




1600

800

127



4,7

4,9



230

35




+

+




1250

600

146



4,4

4,5






70




+

+

+

2000

1250

146



4,8

5,0

5,0

280

21

+

+







2000

1000

194

2,9

3,7








35

+

+

+

+

2000

1000

194

3,6

4,8

5,0

5,0




70







+

+

2500

2000

194





5,8

5,8




105

+

+







2500

2000

194





6,7

0,7

350

21

+

+







1600

1250

273

3,4

4,5








35

+

+

+

+

2500

1600

273

3,7

4,7

4,8

4,8




70







+

+

2800

2000

273





0,5

6,5

425

21

+

+







2000

1600

346

3,7

5,0








35

+

+

+

+

2800

1600

346



5,0

5,8

5,8

540

14

+

+







1250

1000

426

3,0

5,9








21

+

+







2000

1600

426

4,1

5,4





68

14

+










2500

2000

560

4,0







94
NAZORAT SAVOLLARI



  1. Otilishga qarshi uskunalarning vazifasi nimalardan iborat?

  2. Plashkali preventorlarning tuzilishi va vazifasini tushuntirib bering.

  3. Universal preventorlarning tuzilishi va vazifalarini tushuntirib bering.

  4. Aylantiruvchi preventorlar qanday ishlaydi?

  5. Qanday holatlarda favvora sodir bo‘ladi?

  6. Chuqurlik oshgan sari qatlam bosimi qanday o‘zgarib boradi?

  7. Favvoralarning oldini olish uchun qanday choralar ko‘riladi?

  8. Favvoraga qarshi moslashtirilgan uskunalar tarkibiga nimalar kiradi?

  9. Favvoraga qarshi uskunalarning boshqarish pulti qayerda joylashgan bo‘ladi?

  10. Otilishga qarshi uskunalar sxemasini chizib, tushuntirib bering.




  1. Download 0,89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Otilish (1avvora)ga qarshi uskunalar jamlamasi

Download 0,89 Mb.