«turon-iqbol»




Download 0,89 Mb.
bet6/10
Sana31.05.2024
Hajmi0,89 Mb.
#258251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Burg\'ilash mashinalari va uskunalari (A.Aminov va b.)


§. Energetik qurilmalar

Neftgaz quvurlarini burg‘ilash sohasida va burg‘ilash uskuna- laridagi mashina va mexanizmlar ushbu uzatmalar bilan ishlaydi:


Mexanik transmissiyali ichki yonuv dvigatellari; Gidrouzatmali ichki yonuv dvigatellari; O‘zgaruvchan uch fazali elektr uzatma;
Dizel-elektr uzatma; Gazotrubinali uzatma; Bug‘li (kuchli).
Hozirda boshqa sanoatlar singari neftgaz quduqlarini burg‘i- lashda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar elektrodvigatel yoki ichki yonuv dvigatellari yordamida ish bajariladi. Yuqoridagi uzat- malarning qaysi biri bo‘lishidan qat'iy nazar, mustahkam, pishiq ishlangan, yong‘in xavfsizligi va mehnat muhofazasi munosabati yaxshi, oddiy konstruksiyada, boshqarish qulay va ta'mirlash oson bo‘lishi kerak.
Neftgaz quduqlarini burg‘ilash texnologiyasi o‘zining boshqa sohalardan ajralib turadigan, o‘xshamas, qiyin va murakkab ma'- lum talablariga ega. Quduq chuqurligi ortib borgan sari tog‘ jinslarini qazib yuvib chiqarish, oddiy va murakkab holatlarda ko‘tarib-tushirish, mexanizm va uskunalarni tez yoki sekin ishlatishda uskuna qismlari jihozlari sinishi, buzilishi, uzilishi va boshqa hodisalarga bardoshli quvvatni ta'minlash zarur. Biror- bir murakkab yoki halokatli vaziyatning oldini olishda dvigatellar zo‘riqishi mumkin. huning uchun aylanish chastotasi, aylanish lahzasi yoki ularning teskarisiga katta e'tibor berish kerak.
95
Dvigatellarning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri uning o‘zga- ruvchan xarakteristikasi bo‘lib, u avtomatik yoki mexanik, ya'ni mexanizmlarni harakat tezligi va aylanish lahzasi holatda ishlay olishidir. O‘zgaruvchan xarakteristikasi zo‘riqish imkoniyati λ va dvigatelni tartibga solish diapazoni hisobida aniqlanadi.
Tartibga solish diapazoni, bu — dvigatelning ishchi holatida valning eng katta tezligi, dvigatel eng kichik ishchi holatida zo‘riqishda ishlashi va h.k.

,
k max
nom

bu yerda: ymax — aylanish lahzasining maksimum holati;


ynom — aylanish lahzasining nominal quvvat holati. Zo‘riqish va tartibga solish diapazoni zo‘riqishda foydalani-
layotgan dvigatel va energiyaning turiga bog‘liq.
Zo‘riqish qobiliyatining eng yaxshisi — o‘zgarmas tokli elektrodvigatel bo‘lib, unda λ=1,6÷4 ga teng, trubouzatmadan tashkil topgan ichki yonuv dvigatelining sun'iy qobiliyati X =1,5— 3,5 ni tashkil etadi. O‘zgaruvchan tokli elektrodvigatellarining yuqori zo‘riqish qobiliyati X = 1,5—2,2, aylanish tezligi uncha o‘zgarmas, k=1ga teng.
Burg‘ilash nasoslarini tez qo‘shish lahzasi talab etilmaydi va nasosni qo‘shishda qo‘shish krani ketma-ket zo‘riqish paydo qiladi.
huning uchun aylantirishni boshqa yo‘nalishda o‘zgarishiga hojati yo‘q.
Yuqoridagi talablarni qoniqtiradigan bug‘ mashinalari, ichki yonuv dvigatellari, turbotransformatorli ichki yonuv dvigatellari, elektrodvigatellarni ishlatsa bo‘ladi.
13.1. ICHKI YONUV DVIGATELLI (IYOD) UZATMALAR

Barcha ichki yonuv dvigatellari yoqilg‘ini silindrda ishlab, issiqlik energiyasini mexanik energiyaga o‘tkazadi. IYOD larning, asosan, elektr energiyasi bilan ta'minlangan neftgaz quduqlari burg‘ilanadigan (rayonlari) maydonlarida qo‘llanilishi ularning asosiy xususiyati hisoblanadi.


IYODlarining FIK yuqori, suv va yoqilg‘i kam sarflanadi va boshqa xususiyatlarga ega. IYODlarining ham ancha kamchilik-
96
lari mavjud, masalan, qadamlar aylanishiga doim maxsus qarab turish kerak.
IYODga ulanadigan burg‘ilash mexanizmida mashinalar ora- sida friksion mufta bo‘lib, u zo‘riqishsiz holda ishga qo‘shiladi. Dvigatel ma'lum vaqtda keraksiz holatda ishlatilib, so‘ng friksion mufta yordamida transmissiya qadami bilan chig‘ir, nasos va boshqalarga ulanadi.
Burg‘ilash maydonlarida ishlatiladigan dizellar bir necha tur- da ko‘pgina davlatlarda ishlab chiqariladi.
B2—400 — quvvati 294 kW, 160 ayl/min dagi ko‘rsatkichligi quyidagi modifikatsiyalari ishlab chiqarilmoqda: B2—400 A; B2— 400 AB (ventilatorli); va B2—400 AF (ventilatorsiz). Dizel B2— 450 A, B2—400 A dan farqi — quvvat 320 kW 1600 ayl/min ortiqligi. Agar dizel tropik bo‘lsa, shifrda T harfi qo‘shimcha qo‘yiladi.
B2—450:

  • silindrlar soni — 12;

  • silindrlarning joylanishi — V ko‘rinishda;

  • silindr diametri — 150 mm;

  • siqish darajasi — 14—15;

  • yoqilg‘ining solishtirma sarfi — 230 gramm/kW.soat;

  • aylanish chastotasi 310 kW 1300 ayl/min.

FPH-21/21, N=423 kWda 1200 ayl/min, FPH-26/26, N=736
kW eng yaxshi dizellar hisoblanib, uskunaning ishlashi samarali olib boriladi. Hozirda bir necha turda dizellar ishlab chiqaril- moqda.

NAZORAT SAVOLLARI





  1. Ichki yonuv dvigatellarining ishlash prinsipini aytib bering.

  2. Quduqlarni qazishda qanday dvigatellar ko‘p ishlatiladi?

  3. IYOD bilan burg‘ilashdagi samaradorlik.



7— Burg‘ilash mashinalari va uskunalari 97

  1. Download 0,89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,89 Mb.