Taqdimot pog‘onasi - uning nomidan ko‘rinib turibdiki, tarmoq
orqali uzatiladigan ma’lumotlarning tarkibini o‘zgartirmasdan taqdim
etilishini ta’minlaydi. Taqdimot pog‘onasi tufayli, bitta tizimning
amaliy pog‘onasi tomonidan uzatiladigan ma’lumotlar, har doim
boshqa tizimning amaliy pog‘onasi tomonidan tushuniladi (ya’ni
tarjimon vazifasini bajaradi). Shu yerda axborot shifrlanadi va
deshifrlanadi, va kerak bo‘lgan taqdirda axborotni zichlashtiradi
(siqadi). Buning natijasida barcha amaliy
xizmatlar
uchun
ma’lumotlar almashish mahfiyligi darhol ta’minlanadi. Bunga misol
qilib, TCP/IP stekidagi amaliy pog‘ona protokollari uchun maxfiy
xabar almashishni ta’minlaydigan SSL (Secure Socket Layer)
protokolini keltirishimiz mumkin.
Amaliy pog‘ona - bu pog‘ona tarmoq foydalanuvchilariga
fayllar, printerlar yoki gipermatnli veb-sahifalar kabi umumiy
resurslarga kirish, shuningdek, qo‘shma ishlarni tashkil qilish
imkonini beradigan turli xil protokollar to‘plami, masalan, elektron
pochta protokoli. Amaliy pog‘onada ishlaydigan ma’lumotlar birligi
odatda xabar deb nomlanadi. Bu pog‘onada juda ko‘p turli xil
protokollar va tegishli amaliy dastur xizmatlari mavjud. Eng keng
tarqalgan tarmoq fayllarini xizmatlarining ba’zi bir turlari: TCP/IP
stekidagi NFS va FTP, Microsoft Windowsdagi SMB, Nowell
Netware operatsion tizimidagi NCP.