• Marshrutlash algoritmi
  • Tarmoqda nomlarni belgilash va ruxsat




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/16
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #150717
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    a5

    Tarmoqda nomlarni belgilash va ruxsat. Tarmoqdagi tizimlar 
    (mashinalar) nomlarga ega. Xabarlar jarayon raqamlari bilan 
    aniqlanadi. Masofadagi tizimda jarayon identifikatori> juftligi bilan aniqlanadi. Tarmoqdagi nomlarga global 
    ruxsat uchun domen nomi tizimi (DNS - Domain Name System) 
    ishlatiladi, bu mashinalarning nomlanish tuzilishini, shuningdek, 
    nomni 
    IP 
    manzilga 
    o‘zgartirishni ta’minlaydi. Internetdagi 
    mashinaning domen nomiga misol: tuit.uz bu Toshkent axborot 
    texnologiyalari universitetining domen nomidir. Protokol va DNS 
    xizmatlaridan foydalangan holda, domen nomlari tarmoqdagi maxsus 
    mashinalarning raqamli IP manzillariga aylantiriladi, masalan, 
    100.200.150.2. 
    Marshrutlash algoritmi 
    Har bir tarmoq ma’muri uchun marshrutlash jarayoni eng muhim 
    ahamiyatga 
    ega. 
    Marshrutlash 

    bu 
    aloqa 
    tarmoqlarida 
    ma’lumotlarning yo‘nalishini aniqlash jarayoni. 
    Yo‘nalishlar 
    ma’muriy ravishda belgilanishi yoki marshrutlash protokollari 
    yordamida olingan topologiya va tarmoq holati to‘g‘risidagi 
    ma’lumotlarga asoslangan marshrutlash algoritmlari yordamida 
    hisoblanishi mumkin. Tarmoqlarda marshrutlash uchun maxsus 
    tarmoq qurilmalari marshrutizatorlar (routers) ishlatiladi. 
    Marshrutizator - bu asosan dasturiy ta’minot asosida 
    boshqariladigan tarmoqlararo qurilma bo‘lib, ikkita turli xil mahalliy 
    tarmoqlar yoki turli xil protokol manzillariga ega bo‘lgan ikkita 
    tarmoq segmentlari o‘rtasida trafikni yo‘naltiradi. 
    Bizga ma’lumki, marshrutlashning statik va dinamik turlari 
    mavjud. Kichik tarmoqlarda statik marshrutlashdan foydalanish ayni 
    muddao. Ammo tarmoq hajmining ortishi (ya’ni foydalanuvchilar soni 
    keskin oshishi) va katta tarmoqlarda statik marshrutlash tarmoq 
    ma’murlariga yetarlicha qiyinchilik tug‘diradi. Bunday hollarda 
    marshrutlashning dinamik usuli ancha samarali hisoblanadi. 

    Download 0,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish