• Birrangli tarmoqda operatsion tizim
  • Ajratilgan serverli tarmoqda operatsion tizim
  • Taqsimlangan ilovalar va tarmoq xizmatlari modellari
  • Tarmoq OT larining turlari




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/16
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #150717
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    a5

    Tarmoq OT larining turlari 
    Kompyuterlar o‘rtasida funksiyalarni taqsimlanishiga qarab, ular 
    ajratilgan server yoki klient tuguni rolida namoyon bo‘lishadi. Tarmoq 
    quyidagi sxemalar asosida qurilgan bo‘lishi mumkin: 
     
    Server va klient funksiyalari birlashtirilgan kompyuterlardan 
    tashkil topgan tarmoq – birrangli tarmoq; 
     
    Klient va server asosida qurilgan tarmoqlar – ajratilgan 
    serverli tarmoq; 
     
    Barcha turdagi tugunlardan tashkil topgan tarmoq – gibrid 
    tarmoq deb nomlanadi. 
    Birrangli tarmoqda operatsion tizim 
    Birrangli tarmoqlarda barcha kompyuterlar bir-birlarining 
    resurslaridan foydalanishda tengdir. Har bir foydalanuvchi, uning 
    hohishiga binoan, kompyuteridagi har qanday resursni umumiy deb 
    e’lon qilishi, shundan so‘ng boshqa foydalanuvchilar undan 
    foydalanishlari mumkin. Birrangli tarmoqlarda barcha kompyuterlarga 
    operatsion 
    tizim 
    o‘rnatilgan bo‘lib, u tarmoqdagi barcha 
    kompyuterlarga teng imkoniyatlarni taqdim etadi. Ushbu turdagi 
    tarmoq operatsion tizimlari birrangli operatsion tizimlar deb 
    nomlanadi. 
    Shubhasiz, 
    birrangli 
    operatsion 
    tizimlar 
    tarmoq 
    xizmatlarining ham server, ham mijoz komponentlarini o‘z ichiga 
    olishi kerak. Birrangli operatsion tizimlar sifatida Windows 2000 
    Professional, Windows XP/Vista lar xizmat qilishi mumkin. O‘z 
    navbatida tarmoqda o‘z resurslarini bo‘lishishni istamaydigan 
    foydalanuvchilar ham uchraydi. Bunday holda, ularning operatsion 
    tizimlarining server imkoniyatlari faollashtirilmaydi va kompyuterlar 
    faqat mijoz rolini o‘ynaydi. 
    Ajratilgan serverli tarmoqda operatsion tizim 
    Ajratilgan serverlari bo‘lgan tarmoqlarda maxsus server roli 
    uchun optimallashtirilgan tarmoq operatsion tizimlari qo‘llaniladi. 
    Ushbu tarmoqlarda foydalanuvchi kompyuterlari mijoz operatsion 
    tizimlari boshqaruvida ishlaydi. Server sifatida ishlash uchun 
    ixtisoslashgan operatsion tizimlar, server operatsiyalari 


    samaradorligini oshirishning tabiiy usulidir. Agar tarmoqda 
    yuzlab va hatto minglab foydalanuvchilar bo‘lsa, umumiy 
    resurslarga yuboriladigan so‘rovlarning intensivligi juda katta 
    bo‘lishi mumkin va server ushbu so‘rovlar oqimini hech qanday 
    kechiktirmasdan bajara oladi. Ushbu muammoning aniq yechimi, 
    server sifatida kuchli qurilma platformasi va server funksiyalari 
    uchun optimallashtirilgan operatsion tizimga ega kompyuterdan 
    foydalanishdir. Ajratilgan serverli operatsion tizimlar sifatida 
    Windows server NT/2008/2012/2016/2019, Solaris, Linux, 
    FreeBSD va boshqalarni aytishimiz mumkin. 
    Taqsimlangan ilovalar va tarmoq xizmatlari modellari 
    Tarmoqlardagi ilovalar ishlashini tashkil etishga ko‘ra 
    uchga bo‘linadi: 
     
    Ilova qismlari turli tarmoq kompyuterlariga 
    taqsimlanadigan tarmoqlar; 
     
    Maxsus serverlarda barcha ilovalar uchun bir qancha 
    umumiy funksiyalar bajaradigan tarmoqlar; 
    Turli kompyuterlarda taqsimlanib bajariladigan funksiyalarni o‘zaro 
    birgalikdagi harakatli tarmoqlar.

    Download 0,55 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish