22 bit - ishlab chiqaruvchining identifikatori hisoblanadi;
24 bit - tarmoq qurilmasining har bir interfeysi uchun
mustaqil ravishda ishlab chiqaruvchi tomonidan tanlanadi.
Odatda, MAC manzil «-» yoki «:» belgisi bilan ikkitadan
guruhga ajratilgan 12 ta o‘n olti xonali raqamlar ko‘rinishida yoziladi.
Misol:
000100001111000100001110001000111010001011010000
10-F1-0E-23-A2-D0
yoki
10:F1:0E:23:A2:D0
IP-manzil
Bugungi kunda IP (Internet Protocol) manzillarning ikki turi
mavjud, ular IPv4 (Internet Protocol version 4) va IPv6 (Internet
Protocol version 6). Bu protokol orqali nafaqat Internet tarmog‘i
elementlarini
manzillash,
balki
mahalliy
tarmoqda
ham
foydalanuvchilarga noyob manzillarni berish mumkin. Manzillash
orqali tarmoq foydalanuvchilari bir-biridan farqlanadi va paketlar aniq
belgilangan foydalanuvchiga yetib borishi kafolatlanadi.
IPv4 protokoli. IP protokolining 4-versiyasida (IPv4) tarmoq
manzili 32 bit uzunlikka ega. Mavjud bo‘lgan manzillar soni 2
32
darajasini tashkil etadi. O‘qish qulay bo‘lishi uchun IPv4 tarmoq
manzillari nuqtalar yordamida 4 baytga (oktetga) ajratiladi,
shuningdek, IP-manzildagi har bir bayt o‘nlik sanoq tizimidagi sonlar
bilan yoziladi.
Misol:
11000000 10101000 00001010 00000001
11000000.10101000.00001010.00000001
192.168.10.1