lmaganligisababli)
o‘noltiliksanoqtizimidagisonlarbilanyoziladi.
Masalan,
8000:0000:0000:0000:0127:AB68:CD45:EF15
IPv6 protokolini yaratishdan asosiy maqsad quyidagilardan
iborat:
Tarmoqdagi milliardlab qurilmalarni manzillash;
Marshrutizatorlarni ishlashini tezlashtirish uchun protokolni
soddalashtirish;
Xavfsizlikni ta’minlash;
Sifatli xizmat ko‘rsatish.
IPv6 protokolida manzillarning uchta turi mavjud:
Unicast – tarmoqdagi xost manzili (ma’lumotni faqat bitta
xost qabul qiladi).
Anycast – guruhli manzil (ma’lumotni guruhdagi faqat bitta
xost qabul qiladi).
Multicast – guruhli manzil (ma’lumotni guruhdagi barcha
xost qabul qiladi).
IPv6 protokolida nol bitlik manzillar yozuvini qulayroq qilish
uchun, ortiqcha nollarni olib tashlash uchun maxsus sintaksis nazarda
tutilgan. « :: » yozuvidan foydalanish 16 ta nollik bitlardan iborat
guruhlar borligiga ishora qiladi. « :: » kombinatsiyasi faqatgina manzil
yozilishida paydo bo‘lishi mumkin. « :: » ketma-ketligi, shuningdek,
yozuvdan manzildagi boshlang‘ich va yakunlovchi nollarni olib
tashlash uchun foydalanilishi mumkin.
Masalan: 8000:0000:0000:0000:0127:AB68:CD45:EF15
8000::0127:AB68:CD45:EF15