0 dan 255 gacha oraliqda) va tarmoq orqali xabarda qabul qiluvchi
manzili va paket raqamini o‘z ichiga olgan belgilangan o‘lchamdagi
paketlarni yo‘naltirishni ta’minlaydi. TCP/IP
protokoli tarmoq
paketlarini tashishni ta’minlaydi, xabar jo‘natuvchi tomonidan
paketlarga bo‘linadi va xabar qabul qiluvchi tomonidan paketlardan
yig‘iladi. IP manzil kompyuter foydalanuvchisiga Internet provayder
tomonidan doimiy ravishda belgilanishi (statik) mumkin, yoki,
Internetga kirishda dinamik (har safar har xil) ravishda tayinlanishi
mumkin. TCP/IP uchun eng keng tarqalgan zamonaviy nom Internet
protokol to‘plami (Internet Protocol Suite) hisoblanadi. TCP/IP
stekida 4 ta pog‘ona belgilangan.
TCP/IP stekining
amaliy pog‘onasi OSI modelining eng yuqori
uchta pog‘onasiga mos keladi: amaliy, taqdimot va seans.
Tizim
tomonidan taqdim etilgan xizmatlarni foydalanuvchi dasturlari bilan
birlashtiradi. Turli mamlakatlar va tashkilotlarning tarmoqlarida ko‘p
yillar davomida ishlatilgan TCP/IP stek ko‘plab protokollar va amaliy
pog‘onadagi xizmatlarni o‘z ichiga olgan. Bularga FTP, telnet, SMTP,
HTTP va boshqalar kiradi.
TCP/IP stekining
transport pog‘onasi yuqori pog‘onaga ikki
turdagi xizmatni ko‘rsatishi mumkin:
kafolatlangan yetkazib berish, TCP (Transmission Control
Protocol) protokoli tomonidan ta’minlanadi;
imkon darajasida yetkazib berish (ya’ni, yetkazib berish
kafolatlanmagan),
yoki maksimal kuch bilan, UDP (User Datagram
Protocol) protokoli bilan ta’minlanadi.
TCP protokoli ma’lumotlarning ishonchli uzatilishini ta’minlash
uchun mantiqiy aloqani o‘rnatishni ta’minlaydi, bu unga paketlarni
raqamlash, qabul qilib olinganligini tasdiqlash, yo‘qotilgan taqdirda
qayta uzatishni tashkil etish, dublikatlarni tan olish va yo‘q qilish,
paketlarni ular joylashgan tartibda amaliy pog‘onaga
yetkazish
imkonini beradi. Ushbu protokol, yuboruvchi va qabul qiluvchi
kompyuterlarining obyektlariga, ma’lumotlarni ikki tomonlama
(dupleks) almashish imkonini beradi. TCP kompyuterlardan birida
hosil bo‘lgan bayt oqimini tarmoq
tarkibiga kiradigan boshqa
kompyuterga xatosiz yetkazish imkonini beradi. TCP baytlar oqimini
bo‘laklarga ajratadi va ularni ishlov beriladigan pog‘onaga o‘tkazadi.
Ushbu bo‘laklar belgilangan joyga yetkazilgandan so‘ng, TCP yana
ularni doimiy ravishda baytlar oqimiga to‘playdi.
Ushbu darajadagi ikkinchi protokol - UDP - bu eng oddiy
datagrammali protokol bo‘lib, ma’lumotlar ishonchli almashinuvi
vazifasi umuman qo‘yilmagan yoki yuqori pog‘onada - amaliy
pog‘ona yoki foydalanuvchi ilovalari
yordamida hal qilinadigan
hollarda undan foydalaniladi.
TCP va UDP protokollarini amalga oshiradigan
dastur
modullari, amaliy pog‘ona protokoli modullari kabi, xostlarga
o‘rnatiladi.
4
Amaliy
3
Transport
2
Tarmoq
1
Tarmoq
interfeysi
6.6- rasm. TCP/IP modeli
Tarmoq pog‘onasi, shuningdek Internet pog‘onasi deb ham
ataladi, bu butun TCP/IP arxitekturasining asosi hisoblanadi. Aynan
shu pog‘ona funksiyalari OSI modelining tarmoq pog‘onasiga to‘g‘ri
keladi, ko‘pgina birlashgan tarmoqlarda paketlarning harakatlanishini
ta’minlaydi. Tarmoq pog‘onasining asosiy protokoli bu IP (Internet
Protocol). Uning vazifasi paketni tarmoqlar o‘rtasida tarqatishdir.
TCP/IP tarmoq pog‘onasi ko‘pincha
IP ga nisbatan yordamchi
funksiyalarni bajaradigan protokollarni o‘z ichiga oladi. Avvalo, bu
tarmoq topologiyasini o‘rganadigan, marshrutlarni aniqlaydigan va
marshrutlash jadvallarini tuzadigan RIP, OSPF, IS-IS va BGP
marshrutlash protokollari, ular asosida IP protokoli paketlarni to‘g‘ri
yo‘nalishda harakatlantiradi. Xuddi shu sababga ko‘ra tarmoq
Ma’lumot
Segment
Paket
Bitlar va
kadrlar
22 bit
24 bit
Interfeys
identifikatori
Ishlab chiqaruvchi
identifikatori
pog‘onasiga yana ikkita protokollar tayinlanishi mumkin: ICMP
(Internet Control Message Protocol) bu marshrutizator paketni uzatish
paytida yuz bergan xatoliklar to‘g‘risida resursga ma’lumot uzatish
uchun mo‘ljallangan va IGMP (Internet Group Management Protocol)
esa bir vaqtning o‘zida bir nechta manzilga paketlarni yo‘naltirish
uchun ishlatiladi.
OSI modelining pastki pog‘onalari (kanal va fizik)
uzatuvchi
vositaga kirish, kadrlarni shakllantirish va elektr signallari darajalarini
muvofiqlashtirish,
kodlash,
sinxronizatsiya
va
ba’zi boshqa
funksiyalarni amalga oshiradi. TCP/IP stekining pastki pog‘onasida
vazifa ancha sodda - u faqat tarmoq tarkibiga kiritilgan tarmoq
texnologiyalari bilan o‘zaro aloqani tashkil qilish uchun javobgardir.