• Tarmoq qobig‘i
  • Tarmoq OT lariga qo‘yiladigan talablar
  • O‘rnatilgan tarmoq xizmatlari va tarmoq qobiqlari




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/16
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #150717
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    a5

    O‘rnatilgan tarmoq xizmatlari va tarmoq qobiqlari 


    Amaliyotda tarmoq operatsion tizimlarini qurishda bir nechta 
    yondashuvlar ishlab chiqilgan, ular operatsion tizimda tarmoq 
    xizmatlarini amalga oshirishda quyidagilar bilan farqlanadi: 
     tarmoq xizmatlari to‘plam sifatida birlashtirilgan - qobiq;
     tarmoq xizmatlari alohida mahsulot sifatida ishlab chiqariladi 
    va yetkazib beriladi;
     tarmoq xizmatlari OTga chuqur joylashtirilgan.
    Birinchi yondashuv mavjud mahalliy operatsion tizim va uning 
    ustiga o‘rnatilgan tarmoq qobig‘ining kombinatsiyasi sifatida 
    yaratilgan birinchi tarmoq operatsion tizimlariga xos edi. 
    Tarmoq qobig‘i - bu mustaqil dasturiy mahsulot sifatida ishlab 
    chiqilgan, qoida tariqasida, o‘zaro muvofiqlashtirilgan tarmoq 
    xizmatlari to‘plamidir. Tarmoq qobiqlarini mijoz va serverga bo‘lish 
    mumkin. Qobiq tarmoq xizmatlarining mijoz qismlarini o‘z ichiga 
    olsa, mijoz qobig‘i deyiladi. Server qobig‘i kamida ikkita asosiy 
    tarmoq xizmatlarining server komponentlarini o‘z ichiga oladi – fayl 
    va chop etish xizmatlari. Hozirda faqat tarmoqda ishlash uchun 
    yaratilgan maxsus operatsion tizimlar mavjud. Ushbu operatsion 
    tizimlarning tarmoq funksiyalari tizimning asosiy modullariga 
    joylashtirilgan, bu operatsion tizimning mantiqiy uyg‘unligini, 
    shuningdek, yaxshiroq ishlashini ta’minlaydi. Agar barcha tarmoq 
    xizmatlari yaxshi integratsiyalangan bo‘lsa va operatsion tizimning 
    ajralmas qismi deb hisoblansa, unda bunday operatsion tizimning 
    barcha ichki mexanizmlari tarmoq funksiyalarini bajarish uchun 
    optimallashtirilishi mumkin. 
    Tarmoq OT lariga qo‘yiladigan talablar 
    1. 
    Masshtabiylik; 
    2. 
    Moslashuvchanlik; 
    3. 
    Oxirgi qurilmalardagi turli OT larni qo‘llab-quvvatlash; 
    4. 
    Protokollar 
    stekini qo‘llab-quvvatlash (TCP/IP, IPX/SPX, 
    NetBIOS, DECnet, AppleTalk, OSI); 
    5. 
    Ko‘p serverli tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa OT lar 
    bilan samarali integrallashish; 
    6. 
    Markazlashgan ma’lumotnomalar xizmatini bo‘lishi; 
    7. 
    Servislar 
    tizimini 
    rivojlanishi: 
    fayl-servis, 
    print-servis, 
    ma’lumotlar xavfsizligi, arxivlash, ma’lumotlar bazasi va boshqalar; 


    8. 
    Turli standartlardagi tarmoq qurilmalarini (Ethernet, Token 
    Ring, ARCnet, FDDI) va tarmoqni boshqarish standartlarini qo‘llab- 
    quvvatlash. 

    Download 0,55 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘rnatilgan tarmoq xizmatlari va tarmoq qobiqlari

    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish