• Xalqa topologiyasi
  • Tushunchalar




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/16
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #150717
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    a5

    Yulduz topologiyasi 
    Ba’zan konsentrator yoki markazlashtirilgan topologiya deb 
    nomlanadigan yulduz topologiyasida 6.2- rasmda ko‘rsatilganidek, 
    jo‘natuvchidan qabul qiluv-chiga o‘tish paytida barcha uzatiladigan 
    ma’lumotlar markaziy boshqaruvchidan o‘tishi kerak bo‘lgan 
    a’nanaviy yondashuvdir, chunki unda bitta markaziy kompyuterga 
    qolgan barcha kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining 
    alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi. 
    Yulduz turidagi topologiyalarning umumiy kamchiligi, boshqa 
    topologiyalarga qaraganda juda ko‘p kabel sarflanishi hisoblanadi. Bu 
    esa butun tarmoqning narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Yana bir 
    kamchiligi sifatida markaziy tugunning ishdan chiqishi butun 
    tarmoqning ishini to‘xtatib qo‘yadi. Topologiyaning bu ko‘rinishi 
    yuqori samarodorligi, tarmoqning to‘g‘ri loyihalashtirilganligi va 
    shikastlangan joylarning oson aniqlashligi bilan ajralib turadi. 


    6.2- rasm. Yulduz topologiyasi asosida qurilgan tarmoq 
    Xalqa topologiyasi 
    Xalqa topologiyasi har bir punktga faqat ikkita liniyalar 
    birlashtirilgan tapmoqni tavsiflaydi. Xalqa topologiyasi optik kabel 
    yordamida lokal kompyuter tapmoqlari, transport tarmoqlari va 
    abonent kirish tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. 
    Xalqa topologiyasida qurilma o‘z qo‘shnisiga ikkita vosita orqali 
    ulanadi. Ma’lumotlar paketi to‘qnash kelmasligi uchun qurilmadan- 
    qurilmaga bir yo‘nalishda uzatiladi. Har bir qurilma ma’lumotlar 
    uzatish uchun o‘z navbatini kutadi. Tizimdagi barcha qurilmalardan 
    istalgan birining rad etilishi chiqishda muammolar keltirib chiqaradi 
    va shikastlangan joyni topish qiyin. 
    6.3- rasm. Xalqa topologiyasi asosida qurilgan tarmoq 
    Xalqa topologiyada aloqa liniyalari orqali har bir kompyuter 
    faqat ikkita boshqalari bilan bog‘lanadi: Faqat u biridan axborot oladi, 


    ikkinchisiga esa – faqat uzatadi. Har bir aloqa liniyasida, yulduz 
    holatiga o‘xshab, faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi ishlaydi. 
    Bu narsa tashqi terminallarni qo‘llashdan ozod qiladi. Halqani 
    kamchiliklaridan (yulduzga taqqoslanganida) shuni hisoblash kerakki, 
    tarmoqdagi har bir kompyuterga ikkita kabel olib kelinishi kerak. Ikki 
    qavat xalqa oraliq punktlar o‘rtasida fizik ulanishni juftliklari bilan 
    tashkil qilinadi, bunda axborot oqimi ikki yo‘nalishda yo‘naltiriladi, 
    ulardan biri asosiy, boshqasi esa –zahira bo‘ladi. 

    Download 0,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish