Daraxt topologiyasi
Daraxtsimon topologiya - bir nechta yulduz topologiyalarining
kombinatsiyasi hisoblanadi. Ushbu topologiya passiv yoki faol
kommutatorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulashni ta’minlaydi. Daraxt har bir
yuqori darajadagi tugunni yulduzlarning birlashmasidan tashkil
etuvchi, past darajadagi yulduz shaklidagi tugunlar bilan bog‘langan
tarmoqlarning topologiyasi. Bundan tashqari, daraxt ierarxik yulduz
deb ham ataladi. Daraxt nomi grafik nazariyasidan kelib chiqqan.
Daraxtning birinchi tuguni ildiz deb ataladi. Daraxtlar faol va passiv
bo‘lishi mumkin. Faol daraxtlarda kompyuterlar tugun sifatida
ishlatiladi,
passiv
daraxtlar
esa
kommutatorlarda
ishlatiladi.
Topologiya ko‘pincha mahalliy tarmoqlarni kichik hajmdagi
qurilmalar bilan o‘rnatish uchun asosan korporativ kommutatorlarni
yaratishda ishlatiladi. Daraxtsimon topologiya katta tarmoq bo‘lgani
uchun, barcha kompyuterlar tarmoqqa yaxshi kirish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Bu, aslida, bir nechta kompyuterni bitta daraxtga ulashning
eng samarali usuli hisoblanadi.
6.4- rasm. Daraxt topologiyasi asosida ulangan tarmoq
6.3. Ma’lumotlar kommutatsiyasi va marshrutlash mexanizmi
Telekommunikatsiya tarmog‘i klassifikatsiyasi
Telekommunikatsiya tarmog‘i bir nechta parametrlar bo‘yicha
toifalanishi mumkin.
Tarmoq hajmi bo‘yicha:
Lokal tarmoqlar (Local Area Network, LAN) – tarmoq binosi
yoki tashkilot;
Hududiy tarmoq (Metropolitan Area Network, MAN) –
shahar va milliy darajadagi tarmoq;
Global tarmoq (Wide Area Network, WAN) – o‘n minglab va
yuz minglab kompyuterlarni o‘z ichiga olgan va katta hududlarni
qamrab olgan tarmoq;
Kommutatsiya turi bo‘yicha:
Paketlikommutatsiyaasosidagitarmoq
(masalan,
TCP/IP,
IPX/SPX, ATM, 3Gmobilaloqatarmog‘i);
Kanallar kommutatsiyasi asosidagi tarmoq (1G va 2G mobil
aloqa tarmog‘i, UfTT);
Aralash turdagi tarmoq (masalan, 2,5G mobil aloqa
tarmog‘i).
Virtual kanallarni o‘rnatish bo‘yicha:
Virtual kanallarni o‘rnatishli (masalan, X.25, Frame Relay,
ATM tarmog‘i UfTT);
Virtual kanal o‘rnatishsiz bog‘lanish (masalan, TCP/IP,
IPX/SPX);
Protokol stekidan foydalanish bo‘yicha.
Tarmoq orqali aloqani tashkil etish muammosi
Aloqa tarmog‘ini loyihalashda quyidagi asosiy muammolarni hal
qilish kerak:
Nomlash va ruhsat. Ikki jarayon aloqa uchun bir-birini
qanday topadi?
Marshrutlash strategiyalari. Xabarlar tarmoq orqali qanday
yuboriladi?
Ulanish strategiyalari. Qanday qilib ikkita jarayon xabar
almashadi?
Nizolarni hal qilish. Tarmoq bu umumiy resurs. Uni ishlatish
bo‘yicha ziddiyatli so‘rovlar qanday hal qilinadi?
|