Elektron-teshik o‘tish tushunchasi




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/61
Sana04.12.2023
Hajmi2,84 Mb.
#110820
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61
Bog'liq
elektronika

2.1. Elektron-teshik o‘tish tushunchasi. 
Yarim o‘tkazgichli asboblarning ko‘pchiligi bir jinsli bo‘lmagan yarim 
o‘tkazgichlardan tayyorlanadi. Xususiy xolatda bir jinsli bo‘lmagan yarim o‘tkazgich bir 
sohasi p–turdagi, ikkinchisi esa n-turdagi monokristaldan tashkil topadi. 
Bunday bir jinsli bo‘lmagan yarim o‘tkazgichning p va n – sohalarining ajralish 
chegarasida hajmiy zaryad qatlami hosil bo‘ladi, bu sohalar chegarasida ichki elektr 
maydoni yuzaga keladi va bu qatlam elektron – kovak o‘tish yoki p-n o‘tish deb ataladi. 
Ko‘p sonli yarim o‘tkazgichli asboblar va integral mikrosxemalarning ishlash printsipi p-n 
o‘tish xossalariga asoslangan. 
P-n o‘tish hosil bo‘lish mexanizmini ko‘rib chiqamiz. Soddalik uchun, n– sohadagi 
elektronlar va p– sohadagi kovaklar sonini teng olamiz. Bundan tashqari, har bir sohada 
uncha katta bo‘lmagan asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar miqdori mavjud. Xona 
temperaturasida 
p–turdagi 
yarim o‘tkazgichda akseptor manfiy ionlarining 
kontsentratsiyasi N
a
 kovaklar kontsentratsiyasi p
r
 ga, n–turdagi yarim o‘tkazgichda donor 
musbat ionlarining kontsentratsiyasi N
d
elektronlar kontsentratsiyasi n
n
ga teng bo‘ladi. 
Demak, p- va n–sohalar o‘rtasida elektronlar va kovaklar kontsentratsiyasida sezilarli farq 
mavjudligi tufayli, bu sohalar birlashtirilganda elektronlarning p –sohaga, kovaklarning 
esa n-sohaga diffuziyasi boshlanadi. 
Diffuziya natijasida n– soha chegarasida elektronlar kontsentratsiyasi musbat donor 
ionlari kontsentratsiyasidan kam bo‘ladi va bu soha musbat zaryadlana boshlaydi. Bir 
vaqtning o‘zida p-soha chegarasidagi kovaklar kontsentratsiyasi kamayib boradi va u 
aktseptor kiritmasi bilan kompensatsiyalangan ion zaryadlari hisobiga manfiy zaryadlana 
boshlaydi (2.1.1 a–rasm). Musbat va manfiy ishorali aylanalar mos ravishda donor va 
akseptor ionlarini tasvirlaydi. 


Hosil bo‘lgan ikki hajmiy zaryad qatlami p-n o‘tish deb ataladi. Bu qatlam 
harakatchan zaryad tashuvchilar bilan kambag‘allashtirilgan. Shuning uchun uning 
solishtirma qarshiligi p- va n–soha qarshiliklariga nisbatan juda katta. Ba’zi adabiyotlarda 
bu qatlam kambag‘allashgan yoki i – soha deb ataladi. 
Hajmiy zaryadlar turli ishoralarga ega bo‘ladilar va p-n o‘tishda kuchlanganligi 
ga teng bo‘lgan elektr maydon hosil qiladilar. Asosiy zaryad tashuvchilar uchun 
bu maydon tormozlovchi bo‘lib ta’sir ko‘rsatadi va ularni p-n o‘tish bo‘ylab erkin harakat 
qilishlariga qarshilik ko‘rsatadi. 2.1.1 b-rasmda o‘tish yuzasiga perpendikulyar bo‘lgan, X 
o‘qi bo‘ylab potentsial o‘zgarishi ko‘rsatilgan. Bu vaqtda nol potentsial sifatida 
chegaraviy soha potentsiali qabul qilingan. 


2.1.1– rasm. Yarimo’tkazgichni xarakterlovchi chizma 
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, p-n o‘tishda voltlarda ifodalanadigan kontakt 

Download 2,84 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish