Demak,
p-n o‘tish to‘g‘rilovchi harakat bilan xarakterlanadi va uni o‘zgaruvchi
tokni
to‘g‘rilashda qo‘llashga imkon beradi.
Eksponentsial tashkil etuvchi
e
qU0 /
kT
temperatura
ortishi bilan kamayishiga
qaramay VAX to‘g‘ri shaxobchasidagi qiyalik ortadi. Bu hodisa
I
0
ni temperaturaga kuchli
to‘g‘ri bog‘liqligi bilan tushuntiriladi. To‘g‘ri kuchlanish berilganda
temperatura ortishi
bilan tok ortishiga olib keladi. Amaliyotda
p-n o‘tish VAXga temperaturaning bog‘liqligi
kuchlanishning temperatura koeffitsienti (KTK) deb ataladigan kattalik bilan baholanadi.
KTKni aniqlash uchun temperaturani o‘zgartirib borib, o‘zgarmas
tokdagi p-n o‘tish
kuchlanishini o‘zgarishi o‘lchab boriladi.
Odatda KTK manfiy ishoraga ega, ya’ni
temperatura ortishi bilan o‘tishdagi kuchlanish kamayadi. Kremniydan yasalgan
p-n o‘tish
uchun KTK 3 mV/grad darajani tashkil etadi.
(1.4.1) ifoda ideallashtirilgan
p-n o‘tish VAX sini ifodalaydi. Bunday o‘tishda
r va
n-sohalarning hajmiy qarshiligi nolga teng va tok o‘tish
vaqtida p-n o‘tishda
rekombinatsiya jarayoni sodir bo‘lmaydi deb hisoblanadi. Real o‘tishda
esa baza
qarshiligi o‘nlab Omga teng bo‘ladi. Shu sababli (1.4.1)
ifodaga p-n o‘tishdagi va
tashqi kuchlanish
U
0
orasidagi farqni hisobga oluvchi o‘zgartirish kiritiladi