• Ko‘chkisimon teshilish
  • U. U. Iskandarov, O. S. Rayimdjanova, M. A. Akbarova, S. J. Yo‘lchiboyeva




    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/61
    Sana04.12.2023
    Hajmi2,84 Mb.
    #110820
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61
    Bog'liq
    elektronika

    2.4 Buzilish turlari. 
    Yuqorida aytib o‘tilganidek, uncha katta bo‘lmagan teskari kuchlanishlarda I
    0
     
    qiymati katta emas. Teskari kuchlanish ma’lum chegaraviy qiymatga U
    ChYeG
     
    yetganda, teskari tok keskin ortib ketadi, o‘tishning elektr teshilishi yuz beradi. 
    O’tishning teshilish turlari ikki guruhga bo‘linadi: elektr va issiqlik. Elektr 
    teshilishining ikki mexanizmi mavjud: ko‘chkisimon va tunnel teshilish. 
    Ko‘chkisimon teshilish nisbatan keng p-n o‘tishlarda sodir bo‘ladi. Bunday 
    o‘tishda teskari kuchlanishda elektron va kovaklar zarba ionizatsiyasi uchun yetarli 
    bo‘lgan energiya oladilar va natijada qo‘shimcha elektron-kovak juftlar hosil 
    bo‘ladi. Bu juftliklarning har bir tashkil etuvchisi, o‘z navbatida, elektr maydonida 
    tezlashib, yana yangi juftlikni yuzaga keltiradi va h.k Zaryad tashuvchilarning 
    bunday ko‘chkisimon ko‘payishi natijasida o‘tishdagi tok keskin ortadi. 
    Tor p-n o‘tishga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichlarda tunnel effektiga 
    asoslangan tunnel teshilish sodir bo‘ladi. U
    TYeS
     
    U
    ChYeG
    yetganda zaryad 
    tashuvchilarning bir sohadan ikkinchisiga energiya sarf qilmasdan o‘tishiga imkon 


    59 
    yaratiladi (tunnel effekti). U
    ChYeG
    ning yanada ortishi bilan shuncha ko‘p zaryad 
    tashuvchilar tunnel o‘tishi sodir etadilar va teskari tok keskin ortib boradi. 
    P-n o‘tishda issiqlik teshilishi teskari tok o‘tish natijasida o‘tishning qizishi 
    hisobiga sodir bo‘ladi. Teskari tok, issiqlik toki bo‘lib, u ortgan sari qizish ham 
    ortadi. Bu holat tokning ko‘chkisimon ortishiga olib keladi, natijada p-n o‘tishda 
    issiqlik teshilishi yuz beradi va u ishdan chiqadi. 

    Download 2,84 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61




    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U. U. Iskandarov, O. S. Rayimdjanova, M. A. Akbarova, S. J. Yo‘lchiboyeva

    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish