73
Elementar hodisalar to„plami Ω ning ixtiyoriy qism to„plami (
)
tasodifiy hodisa deyiladi. Tasodifiy hodisalarni lotin alifbosining
A,B,D,..., bosh harflari bilan belgilaymiz.
tasodifiy hodisa ro„y berdi
deganda, Ω to„plamdagi
biror
⍵
elementar hodisa ro„y berishini
tushunamiz. Tajriba natijasida har gal ro„y beradigan hodisa muqarrar
hodisa deyiladi. Ω to„plam barcha elementar hodisalarni o„z
ichiga
olgani uchun muqarrar hodisani Ω deb belgilaymiz. Birorta ham
elementar hodisalarni o„z ichiga olmagan hodisa ‒ mumkin bo„lmagan
hodisa deyiladi. Mumkin bo„lmagan hodisalarni
bilan belgilaymiz.
Chunki
‒ bo„sh to„plam birorta ham elementga ega emas. Agar
elementar hodisalardan birortasi ham ro„y bermasa,
tasodifiy hodisaga
qarama-qarshi hodisa ro„y berdi deyiladi.
tasodifiy hodisaga qarama-
qarshi hodisa
kabi belgilanadi. O„rganilayotgan tajribani tasodifiy deb
hisoblash uchun, unga mos kelgan Ω ‒ elementar hodisalar to„plami eng
kamida 2 ta elementlardan iborat bo„lishi kerak.
Haqiqatdan ham, Ω
to„plam bitta
⍵
‒ elementar hodisadan iborat bo„lsa, tajriba natijasida
shu ω hodisa takrorlanish beradi
va hech qanday tasodifiylik
kuzatilmaydi.