2.19-rasm. Ta‘limiy mobil ilova ishtirokidagi ta‘lim jarayoni modeli.
95
Ta‘limiy mobil ilovalar ishtirokidagi ta‘lim jarayonini modellashtirish uchun
uni yaratishning asosiy manbalarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bizning
holatimizda bu manbalar quyidagilardir:
a) oliy ta‘lim tizimida ta‘limiy mobil ilovalardan foydalanib yuqori malakali
kadrlar tayyorlashning me`yoriy asoslari, ijtimoiy buyurtma hamda jamiyat va
shaxsning malakali kadrlarga bo‗lgan ehtiyojlari;
b) oliy ta‘lim o‗quv jarayonini mobil texnologiyalardan foydalanib tashkil
etishning xalqaro va milliy tajribasi, uni rivojlantirish yo‗nalishlari, istiqbollari,
innovatsiyalar va an‘analari;
c) mutaxassislarning mobil texnologiyalarni qo‗llaganda kasbiy faoliyati
sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlar;
d) o‗rganilayotgan fanlarni ta‘limiy mobil ilovalardan foydalanib o‗qitishning
hozirgi va istiqbolda kutilayotgan holati;
e) mobil ilovalar ishtirokidagi ta‘lim jarayonini modellashtirishning hozirgi
rivojlanish darajasini belgilovchi nazariy tushunchalar;
Ko‗rinib turibdiki, barcha sanab o‗tilgan manbalar ma‘lum darajada
modellashtirish jarayonining o‗zini ham, uning mahsuloti - ta‘lim faoliyatining
o‗quv modelini ham oldindan belgilab beradi.
Oliy ta‘limda ta‘limni sikllilik, uzluksizlik, kasbiy ahamiyatga egalik kabi
xususiyatlardan foydalangan holda tavsiflash mumkinligi sababli, ta‘limiy mobil
ilovalar ishtirokidagi o‗quv jarayonining modelini yaratish bir qator o‗ziga xos
shartlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
1) mutaxassislarni kasbga yo‗naltirilgan ta‘lim sharoitlari uchun universal
xarakterga ega bo‗lgan modellashtirish ob'yektlarini tanlash;
2) ma‘lum vaqt oralig‗ida takrorlanadigan va murakkabroq darajaga o‗tib
boradigan ta‘lim jarayonining siklik va muntazam tarkibiy qismlarini aniqlash;
3) kuzatish imkoniyatini ta`minlash va agar kerak bо‗lsa, tuzatish a)
ma‘muriyat tomonidan - vaqt va texnik kо‗rsatkichlarga nisbatan; b) о‗qituvchi
tоmоnidan - dasturiy-metоdik komponentlar va о‗quv materialiga nisbatan; c)
96
tinglovchilar tоmоnidan - imitatsiya qilingan faoliyatning kasbiy tarkibiy qism
elementlariga nisbatan.
Yana shuni ta‘kidlash joizki, oliy ta‘limda amalga oshirilayotgan o‗quv
jarayoni modeli o‗ziga xos dastur bo‗lib, uning yordamida o‗quv faoliyati
jarayonini turli bosqichlarida: diagnostika, rejalashtirish, amalga oshirish,
baholash vazifalari va usullarini aniqlash mumkin [105].
Oliy ta‘limda amalga оshirilayоtgan ta‘limiy mоbil ilovalar ishtirоkidagi
о‗quv jarayоnini mоdellashtirishning ahamiyati ham shundan ibоratki, bu
jarayon mavjud yutuqlardan foydalanish asosida bo‗lajak mutaxassislarni
kasbga tayyоrlаsh tizimining mаqsаdlari, mаzmuni, tаshkiliy tuzilmasini
bosqichma-bosqich tuzatish imkonini va istalgan natijalar prognozini beradi. Bu
esa, о‗z navbatida, о‗rganishni yanada moslashuvchan qiladi hamda muqobil
yondashuvlarni taklif etadi. Shu bilan birga turli xil ta‘lim sharoitlarini yaratadi
va maksimal individual ijodiy traektoriyalarni ta`minlaydi.
Mobil ilovalarning afzalliklaridan yana biri bu maxsus fan yoki kurs uchun maxsus
yozilganligi va turli xil harakatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi ma‘lum
funksiyalarga ega ekanligidadir.
Tadqiqotimizda ―Web dasturlash asoslari‖ fani bo‗yicha ta‘limiy mobil ilovadan
foydalanib tashkil etilgan o‗quv faoliyat modelini (2.13-rasmga qarang) taklif qilamiz.
Unga ko‗ra model to‗rtta asosiy blokdan iborat: kirish, nazariy bilimlar, malaka va
ko‗nikmalarni shakllantirish hamda attestatsiya bloklaridan iborat. Ushbu modelda
asosiy e‘tibor talabaning o‗quv materiallarini mustaqil o‗zlashtirishi va loyihaviy
topshiriqlarni o‗z darajasiga muvofiq tanlagan holda bajarishiga qaratilgan va uning
kursni muvaffaqiyatli tugatishi uchun qulay sharoit yaratishga harakat qilingan [61].
Ushbu modelga asosan talaba quyidagilarni amalga oshiradi:
O‗quv kursi (fan) bo‗yicha ro‗yxatdan o‗tib, login va parolga ega bo‗ladi;
Avtorizatsiya muvaffaqiyatli amalga oshirilganda, kurs bo‗yicha sillabus,
nazariy ma‘lumotlar, lаboratoriyа va mustаqil tа‘lim topshiriqlari (bilim darajasiga
mos: oson, о‗rta, qiyin), video mаteriallаr va havolаlar, maslаhat, nаzorаtlar (test),
forum va interfaol onlayn doska elementlaridan foydalanish imkoniyati paydo bо‗ladi;
97
Sillаbus kurs bо‗yicha tegishli ma‘lumotlarni beradi. Masalan: kurs о‗qituvchisi,
ta‘lim tili, auditoriya soatlari va h.k.
Mavzu boyicha nazariy ma‘lumotlar bilan tanishgach, talabadan shu mavzu
bo‗yicha qisqa testdan o‗tish so‗raladi. Test muvaffaqiyatli topshirilganda navbatdagi
mavzu bo‗yicha test tugmasi faollashadi. Joriy mavzu bo‗yicha teslarni qayta
topshirishda urinishlar soni cheklanmagan, chunki har bir urinishda mavzu bo‗yicha
ko‗ sonli test savollari tarkibidan ehtimoliy 5 tasi tanlanadi;
Laboratoriya topshiriqlari loyiha (fayl) ko‗rinishida tizimga yuklanganda
bajarilgan hisoblanadi. Buning uchun talabaga uslubiy ko‗rsatma va dastur kodini
mobil ilovaning o‗zida tekshirib ko‗rish imkoni yaratilgan;
Mustaqil ta‘lim topshiriqlari turli darajalarga ajratilgan va talaba imkoniyatidan
kelib chiqib ulardan birini tanlashi mumkin.
Laboratoriya va mustaqil ta‘lim topshiriqlari kurs o‗qituvchisi tomonidan
tekshiriladi va baholanadi;
Kurs davomida o‗qituvchi tomonidan umumiy maslahatlar berib boriladi;
Nazorat testlari ikki (tayyorgarlik va yakuniy) turglariga ajratilgan bo‗lib,
tayyorgarlik testiga doimiy, yakuniy nazorat testiga kurs o‗qituvchisi ko‗rsatgan
muddatda ruxsat etiladi;
Kurs davomida resurslar (adabiyotlar, videolar, havolalar)ga murojaat qilish
imkoni beriladi. Kurs o‗qituvchisi ushbu resurslarni muntazam yangilab boradi;
Kursni o‗zlashtirish davomida yuzaga kelgan muammolarni forum qismida
o‗zaro muhokama qilishlari va yechimlarni izlashlari mumkin;
Interfaol onlayn dosdan foydalanib o‗qituvchi ba‘zi yozuv-chizuv harakatlari
bilan bog‗liq tushuntirishlarni olib borishi, talaba esa o‗qituvchining ruxsati bilan
bevosita jarayonda ishtirok etishi mumkin. Yakunda barcha yozuv-chizuv ishlarini
fayl sifatida xotirada saqlash va talabalarga tarqatish mumkin. Bu o‗z navbatida
darsga qatnasha olmagan talabalar uchun o‗tkazib yuborilgan imkoniyatni qisman
qaytarish deganidir.
|