-rasm. ―Web dasturlash asoslari‖ fani bo‗yicha ta‘limiy mobil ilova yordamida tashkil etilgan o‗quv faoliyati modeli




Download 11,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/85
Sana08.01.2024
Hajmi11,25 Mb.
#132231
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   85
2.20-rasm. ―Web dasturlash asoslari‖ fani bo‗yicha ta‘limiy mobil ilova yordamida tashkil etilgan o‗quv faoliyati modeli. 


99 
Yuqorida sanab o‗tilganlarni hisobga olgan holda ushbu model nafaqat 
auditoriyada, balki undan tashqarida ham qulay ta‘lim faoliyatini amalga oshirish 
imkonini beradi deb aytish mumkin. Bundan tashqari talabalarning mobil qurilmalar 
bilan o‗tadigan bekorchi vaqtlarini ta‘limga yo‗naltirish, loyihaviy yondashuv asosida 
individual va guruh bo‗lib ishlash konikmalarini shakllantirish, raqamli texnologiyalar 
va qurilmalar bilan ishlash madaniyatini rivojlantirish, fanga oid yangi ma‘lumotlarni 
tezkor yetkazish, talaba ushun o‗z faoliyati natijalarini muntazam kuzatib borish, 
ta‘lim bilan bog‗liq talaba va o‗qituvchi munosabatini auditoriyadan tashqarida ham 
davom ettirish imkoniyatini taqdim etadi. 
Ushbu modeldan foydalanish ta‘lim jarayonida faqat o‗qituvchini emas, balki 
oquvchini ham boshqaruvchi vazifasida namoyon etadi. 
Talabalarga o‗quv materiallarini mobil qurilmalarda saqlash va foydalanish 
osonroqdir. Tadqiqot davomida ta‘limiy mobil ilovalardan foydalanib, talabalar 
auditoriyadan tashqarida ham bilim olishlari va darsga tayyorlanib kelishlari 
nisbatan yaxshilanganini kuzatdik. 
Bu o‗quv jarayoni sifatini yaxshilash bilan birga talabalarning fan bo‗yicha 
muvaffaqiyati darajasini va ularning ijobiy bahoga intilish dinamikasini ham 
oshirdi [96]. 
Odаtda, ―Web dаsturlash asoslari‖ fani о‗quv dаsturidа dаsturlаshga oid 
mavzulаr keltirilgаn bо‗lib, unda talabalar HTML tili, CSS, Javascript, PHP va 
ma‘lumotlar bazasi bо‗yichа bazаviy tа‘lim olishаdi. 
Birinchidan, talabalar keltirilgan dasturlash va razmetkali tillar hamda 
ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash operatorlarini yodlashlari yoki yozib olishlari va 
ularni faqatgina dars tugagandan keyin bajarib ko‗rishlari mumkin edi. Bir soatlik 
ma‘ruzadan so‗ng yangi ma‘lumotlar miqdori ko‗pligi sababli talabalar uchun 
o‗zlashtirish juda qiyin bo‗lardi. 
Ikkinchidan, ma‘ruzalarda talabalarning faolligi yetishmas edi. Talabalar bir 
vaqtning o‗zida berilgan ko‗rsatmalarga amal qila olmaydilar, shu bois uchun ular 
munozara mavzusiga aylanishi mumkin bo‗lgan dasturlash jarayonining mantiqiy 
muammolarga duch kela olmaydi. 


100 
Uchinchidan, mashg‗ulot davomida talabalar passiv rolda bo‗lganligi sababli 
tabiiyki zerikish yoki boshqa muhim bo‗lmagan narsalarga chalg‗ishi kuzatilgan va 
ko‗pincha buning aybdori mobil qurilmalar hisoblangan. 
Biz esa ta‘limiy mobil ilovalardan foydalangan holda buning aksini taklif 
etamiz. Natijada mobil qurilmalar chalg‗ituvchi vositadan o‗quv materialini 
o‗zlashtirishga yordam beruvchi vositaga, an`anaviy sinf xonasi aralash ta‘limni 
amalga oshirish mumkin bo‗lgan auditoriyaga aylanadi [27]. 
Mazkur usul dars jarayonida talabalarga yo‗naltirilgan amaliy harakatlarni, 
masalan, interfaol ta‘lim harakatlarni o‗z ichiga oladi. 
Tadqiqot bo‗yicha tajriba ishlarini amalga oshirish davomida ta‘limiy mobil 
ilovadan foydalangandan so‗ng, o‗quv jarayonini tashkil qilishda o‗zgarishlar yuz 
berdi va shu bilan birga, talabalarning natijalari sezilarli darajada yaxshilanganligi 
kuzatildi. 
An‘anaviy ta‘limda talabalar ma‘ruza taqdimotini kuzatadilar. Ma‘ruza 
odatda bir soat yoki ikki soat davom etadi. Shunday holatlar ko‗p bo‗lganki, 
ma‘ruza paytida namoyish etilgan web dasturlashga oid tushunchalar yoki uning 
bosqichlari talabalar tomonidan amaliy mashqlar boshlanishidan oldin butunlay 
unutilib ketgan. Bunday hollarda o‗qituvchi xona bo‗ylab harakatlanishi, 
talabalarga dasturlash jarayonida o‗tkazib yuborilgan elementlarni eslatishi kerak 
edi. Muammo shundaki, bu takrorlashning barchasi asosiy dasturlash texnikasi 
bilan bog‗liq. Bu dasturlashdagi zamonaviy metodologiyalarini muhokama qilish 
imkonini kamaytiradi. Tа‘lim jаrаyonida axborot texnologiyаlaridan foydаlanish 
faqat tа‘lim-tarbiyaning tashkiliy shаkllariga emas, balki, tа‘lim metodlаrining 
о‗zgаrishiga va hatto yangi metodlarning shаkllаnishiga olib keladi [84]. 
Ta‘limiy mobil ilovalardan foydalangan holda yangicha yondashuvni 
amalga oshirishga qaror qabul qilishimizga asosiy sabablar qu‘yidagilardir: 
• talabalar ba‘zida mashg‗ulotlarga biron-bir dastlabki bilimlarsiz 
qatnashishdi. Web dasturlash asoslarini tushuntirishga vaqt sarfi oshdi; 
• ma‘ruzalar vaqtida talabalar passiv va zerikib o‗tirishardi. Bu o‗quv jarayoni 
uchun katta to‗siq hisoblanadi; 


101 
• ma‘ruzalarda muvaffaqiyatli o‗quv jarayoni uchun zarur bo‗lgan interfaollik, 
o‗qituvchi va o‗quvchi orasida o‗zaro ta‘sirlashish yo‗q edi;
• ma‘ruzalarda tushuntirilgan aksariyat ko‗rsatmalarni ko‗p hollarda 
keyinchalik amaliy mashg‗ulotlar davomida qayta takrorlanishi talab qilindi; 
• sust rivojlanish sababli talabalar tezda fanga bo‗lgan qiziqishlari yo‗qolardi. 
Bizning asosiy vazifamiz bo‗lib web dasturlash asoslarini o‗qitishni sinfdan 
tashqariga olib chiqish zarurati bo‗ldi. Shuningdek, talabalarni asosiy 
tayyorgarliklarini sinfga kelishdan oldin bajarishga undash; bazaviy bilimlarni 
talabalarga kuniga 24 soat, internet mavjud bо‗lgan istаlgan jоyda tаqdim qilish; 
talabаlаrga mаshg‗ulotlar dаvomida munozarаlаrga tayyorlаnishlаrigа yordam 
berish; amаliy topshiriqlаrni bаjаrishda faqаt kompyuterga bog‗lanib qolmaslik; 
ularni fanga qiziqtirish va ulаrda raqobаtchilik ruhini uyg‗otish; ularga eng maqbul 
bо‗lgan о‗qitish metodikasini taqdim qilishdan iborat [97; 64-bet].
O‗quv jarayonidagi birinchi sezilarli yaxshilanish – bu talabalarning 
mashg‗ulotlarga tayyorgarlik ko‗rib kelganlari bo‗ldi. 
Ular o‗tilishi kutilayotgan mavzu bo‗yicha terminlar, web dasturlash muhiti 
va asosiy buyruqlar bilan tanish edilar. Bu ma‘ruza mashg‗ulotini mutlaqo yangi 
darajaga olib chiqdi. Asosiy narsalarni o‗rganish uchun vaqtni sarflash o‗rniga, 
deyarli har safar dars boshlangandan so‗ng dinamik munozaralar boshlandi. 
Talabalar nazariy ma‘lumotlarda keltirilgan muammolarga o‗zlarining kreativ 
yechimlarini berishdi. 
Umumkasbiy fanlar blokidagi ―Web dasturlash asoslari‖ fanini o‗qitishda 
ta‘limiy mobil ilovalardan foydalanishnish metodikasini takomillashtirishdan 
maqsad mavjud axborot-metodik ta`minotda va fanlar kontentida web dasturlashga 
oid mavzularni tushunishda abstrakt holatlar kuzatilganligi va ularni bartaraf 
etishdan iborat [114; 664-bet]. Bunday holatlarni odini olish uchun talabalarni 
o‗rgangan mavzulari mohiyatidan kelib chiqqan holda, ushbu bilimlаrdаn kasbiy 
faoliyаtlаrida qanday foydаlаnishlari mumkinligini tаsаvvur qilishlari hаmda 
yetarli bilim va kо‗nikmalаrga ega bо‗lishlari zarur. Buni amalga oshirishda texnik 
yo‗nalishdagi oliy ta‘lim muassasalari ta‘lim jarayonida loyihaviy yondashuv 


102 
asosida ishlab chiqarish muhitiga yaqin holatni emulyatsiyalashda ta‘limiy mobil 
ilovalardan foydalanish eng maqbul hisoblanadi. 

Download 11,25 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   85




Download 11,25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. ―Web dasturlash asoslari‖ fani bo‗yicha ta‘limiy mobil ilova yordamida tashkil etilgan o‗quv faoliyati modeli

Download 11,25 Mb.
Pdf ko'rish